Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
64
library.ziyonet.uz/
«Shunday qilgan boʻlsang, men bunga guvoh boʻla olmayman, boshqa odamlarni guvoh
qil», - dedilar. Keyin: «Oʻzingning farzandlaringning hammasi senga bir xilda yaxshilik
qilishlarini xohlaysanmi?» - deb soʻradilar. U kishi: «Albatta shunday boʻlishini
xohlayman», - degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): «Unday boʻlsa, Noʻ'monning oʻzigagina
berib, boshqalarini mahrum qilishing durust emas», -dedilar. Imom Buxoriy hazratlari
«mazkur hadisdagi Rasulullohning (s.a.v.) «Men bunga guvoh boʻlmayman», degan
soʻzlaridan «boshqalar guvoh boʻlgan taqdirda bolalaringdan bittasiga berib, boshqalariga
bermasang ham boʻlaveradi», degan ma’noni anglamaslik kerak», - deb izoh beradilar.
Agar biz mazkur tarbiyaga amal qilmasak, qariganimizda «Bitta ota oʻnta bolani boqishi
mumkin, bitta otani oʻnta bola boqa olmaydi», degan hikmatga roʻpara kelib qolishimiz
hech gap emas. Ziyrak bola oʻziga nisbatan akasi yoki ukasi koʻproq erkalatilayotganini
sezadi va bu sezgi uning qalbida ogʻriqli iz qoldiradi. Ulgʻayganida ham bu ogʻriq uni
tark etmaydi. Oʻsha ogʻriq unga «ota-onam buni koʻproq yaxshi koʻrardi, ana endi oʻsha
yaxshi koʻrganlari koʻproq qarasin», degan xato fikr asosida yashaydi. Afsusli yeri shuki,
bu xatolik keyinchalik avloddan avlodga oʻtaverishi ham mumkin.
Farzandning hayotiga sabab boʻladigan birinchi quvvat - ona jismidagi qondir. Chaqaloq
shu qondan oziqlanib, hayotini saqlaydi. («Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi» degan
maqolni «Qon bilan kirgan jon bilan chiqadi» deganimiz toʻgʻriroq boʻladi.) Bola
birinchi soʻzni onadan eshitadi va undan oʻrganadi. Shuning uchun ham biz «ota tili»
demay «ona tili» deb sifatlaymiz. Bolani oʻstirishda, tarbiya qilishda otaga qaraganda ona
koʻproq hissa qoʻshadi. Shuning uchun boʻlsa kerak, yosh bolalar otadan koʻra onaga
koʻproq mayl etadilar. Ulgʻayganlaridan keyin ham sirlarini avvalo onaga aytib, maslahat
soʻraydilar. Ona farzandi uchun oʻzini fido qilishga tayyor turadi. Muoviya ibn Hayyida
(r.a.) aytadilar: «Rasululohdan (s.a.v.) «Ey Rasulalloh, men yaxshiligimni kimga qilsam
boʻladi?» - deb soʻradim. «Onangga», - dedilar. Men bu savolni uch marta qaytarsam
ham Rasululloh «Onangga», deyaverdilar. Toʻrtinchi marta soʻraganimda: «Otangga va
yaqin boʻlgan qarindoshlaringga», - dedilar. Farzandda onaning haqi otanikidan koʻproq
boʻlishi bejiz emas, «...onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan koʻtaradi» (Luqmon, 14),
degan oyati karimaga diqqat qilsak buning sababini yanada oydinroq anglaymiz. Ya’ni
ona homiladorlik paytida ham emizish davri deb belgilagan ikki yil mobaynida ham katta
qiyinchiliklarni boshdan oʻtkazadi. Shoirlarning ilhomiga ham aynan shu holatlar quvvat
bersa kerak. Qadimdan to shu kungacha ona madhida yozilgan she’rlarning adogʻi yoʻq.
Shulardan bitta bayt eslash vaqti yetdi: Roʻdakiy hazratlari yozadilar:
Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,
Hayot toji erur oyogʻin gardi...
Agar ona qad-qomatini bir daraxtga oʻxshatsak, farzand shu daraxtning shirin bir mevasi.
Bir yigit ona qadriga yetmas edi. Ona koʻz yoshlari unga ta’sir etmas edi. Bir kuni ona
beshikni olib, oʻgʻli qarshisiga qoʻyib dedi:
-Ey yoshlik, chaqaloqlik paytini unutgan noinsof! Mana bu beshikni koʻryapsanmi?
Chaqaloq chogʻingda shu beshikka mixlanib, tungi uyqularni men oʻzimga harom etdim.
Beshikda yotganingda yuzingga bitta pashsha yoki chivin qoʻnsa uni quvishga imkoning
boʻlmay yigʻlar eding. Men seni xira pashshalardan asrab, beshigingni tebratar edim.
Yigʻidan toʻxtamasang, seni yechib olib, bagʻrimga bosardim. Seni deb barcha
mashaqqatlarga chidadim. Kuch-quvvatimni sening kamoling uchun sarf etdim. Mana
endi katta boʻlib, kuch-quvvatga toʻlding. Chaqaloqlik, bolalik, yoshlik paytlaringni
Do'stlaringiz bilan baham: |