Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
66 
library.ziyonet.uz/ 
koʻrsatildi. Shu tomoshada bir voqea bor: Hamzaning rus xotini homilador boʻladi. 
Oʻzbek ayollari uni oʻrab olishib qiynashadi... Bu fojiani koʻrib dahshatdan seskanib 
ketdim. Dahshat oʻzbek ayollarining zulmida emas, dahshat yolgʻonning ekranda bu 
qadar uyatsizlarcha aks etishida edi. Men oʻsha paytda Moskvada, rus adiblari bilan 
dasturxon atrofida oʻtirgan edim. Yer yorilmadi, yerga kirib ketmadim. Hamkasblarga bu 
voqeaning tuhmatdan iborat ekanini aytmoqqa chogʻlanganimda ulardan biri 
mushkulimni oson qildi: «Homilador ayolni faqat aqldan ozgan erkak qiynashi mumkin. 
Aqldan ozgan ayol ham homiladorga bunaqa zulm qilmaydi», dedi. Bu voqeani 
eslashimdan maqsad: fitratida mehr boʻlgani uchun onalardan zulm kutmaymiz. 
Ammo... Qani edi, hayotda shu «ammo» boʻlmasa... Hayotda farzandidan kechuvchi 
nopok onalar ham bor, onalik huquqidan mahrum qilinuvchilar ham bor. Jamiyat faqat 
oʻz nafsi uchun yashayotgan, aroqxoʻr yoki fohishalarni «ona» degan sharafli nomdan 
mahrum qiladi. Ayrimlar bolani tugʻib 
soʻng undan yuz oʻgiradilar. Ayrimlar esa bolani tugʻilmasidan avval oʻldiradilar. Buni 
tibbiy tilda «abort» deyishadi, biz «qotillik» desak toʻgʻri boʻladi. Otasini oʻldirganlar 
«padarkush» deyiladi, farzandini oʻldirganlar-chi? «Farzandkush»mi? Afsuski 
farzandkushlarga bu hayotda, bu jamiyatda jazo yoʻq. Qiyomatdagi jazo esa tayin. 
Farzandini oʻldiruvchilar yoki kechuvchilar oʻz gunohlarini, aniqroq aytsak 
buzuqliklarini berkitish uchun shunday yovuzlikni amalga oshiradilar. Johiliyat zamonida 
arablar koʻp farzand koʻrsalar «boqa olmaymiz», deb oʻldirar ekanlar. Alloh bunday 
bandalarga qarab: «...bolalaringizni qashshoqlikdan (qoʻrqib) oʻldirmangiz. Biz sizlarni 
ham ularni ham rizqlantiramiz», deb amr qiladi. Bu oyati karima faqat oʻtmish arablariga 
emas, bugun «abort» deb atalmish qotillikdan qaytmayotgan ayollarga ham taalluqli. Ana 
shunday iymonsiz ayollarga Sahl ibn Hanzaliyaning (r.a.) soʻzlarini ibrat sifatida 
eslatsak: u zot hech farzand koʻrmagan ekanlar. Allohga munojot qilib der ekanlarki: 
«Alloh taolo menga chala tugʻilsa ham bir farzand bersa-yu, keyin uni rahmatiga olsa va 
men farzand dogʻiga sabr etib, shunga Allohdan boʻladigan savobni umid qilsam, bu men 
uchun butun dunyodan va undagi hamma narsalardan ham yaxshiroq boʻlar edi...» 
Oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida bir she’r ancha mashhur edi. Sharq afsonasi asosida 
yozilgan bu she’r hatto toʻylarda ham oʻqilardi. Afsuski, keyin-keyin unutildi. She’rning 
mazmuni bilan qisqa tarzda boʻlsa-da, tanishsak: 
Koʻp nasldan naslga oʻtgan bir afsona bor, 
Yolgʻiz ona va oʻgʻil yashar edi baxtiyor. 
Balogʻat yoshiga yetgan yigit kunlardan bir kun goʻzalga oshiq boʻlib oʻzini yoʻqotadi. 
Qiz yigitning sevgi izhorini eshitib: Qiz dediki yigitga: Sevging boʻlsa haqiqat, shuni 
albat qilib kel: onangning yuragini menga olib kel! ...yigit boʻldi sarsari, toʻrt tomonga 
yugurdi, choʻldan topib bir hayvon yuragini sugʻurdi! Shoshib, boʻlib umidvor, yoʻllarda 
oqizib qon, yana qiz qarshisida boʻlgan edi namoyon. Qiz anoyilardan emas ekan
yigitning nayrangini fahmlabdi-da: qiz oʻshqirdi va dedi: keltirmabsan menga keragini, 
ket, koʻrinma koʻzimga, keltirmasang menga onangning yuragini! Yigit yana sarsari 
kezadi. 
Oxiri onaga boʻlgan muhabbatidan qizga boʻlgan sevgisi ustun chiqadi-da, ona koʻksiga 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish