Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
50 
library.ziyonet.uz/ 
Ey Allohim, meni mendan ayirma, 
Meni aslo jamolingdan ayirma. 
Baliq joni tirik erur suv ichra
Ilohi, baliqni koʻldan ayirma. 
«Meni ishqing daryosidan tashqariga chiqarma. Baliq suv bilan tirik boʻlgani kabi Ishq 
ahli Allohning sevgisi, jamoli bilan tirikdir», degan ma’noni uqamiz mazkur satrlardan. 
Ishq ahlining zimmasida ikki vazifa mavjud boʻladi: 
Allohni bandalarga sevdirmoq. 
Bandalarni Allohga sevdirmoq. 
Albatta, bandalarga Allohni sevdirmoq goʻzaldir. Masalan, bolaga biron shirinlik 
bersangiz, totib koʻrgach, uni yoqtirib qoladi. Bandalarga Allohni sevdirmoq unchalik 
qiyin emas. Aytadilarki, banda haqiqiy komillik yolgʻiz Allohga oid ekanligini, oʻz 
nafsida yoki boshqalarda koʻrinadigan komillik esa yolgʻiz Allohdan kelishini idrok 
etayotganda Allohni sevgan boʻladi. Ammo bandalarni Allohga qanday yoʻl bilan 
sevdirmoq mumkin? Ta’kid etamizki, buning uchun banda Rasulullohga (s.a.v.) 
ergashadi, Rasulullohning sunnati saniyyalariga tobe’ boʻladi, sunnati saniyyaga muvofiq 
kamolga yetishadi. Sunnati saniyyaga ergashmoq har xil bid'atlardan saqlanmoq, hazar 
qilmoqlikni talab etadi. 
Avvalgi bobda ibrat xususida aytib edik. Rasulullohni (s.a.v.) qanday sevish lozimligi 
borasida ham tarixda biz uchun ibratlar koʻp. Hazrati shayx Uvays Qaroniy 
(qoddasallohu sirrahul aziz) ibratlarini eslashning oʻzi kifoya. Uvays Qaroniy hazratlari 
Rasulullohni koʻrmay turib ham sevganlar. Kofirlar Uhud jangida paygʻambarimiz 
Muhammad Mustafo (s.a.v.) janobimizning tishlarini sindirgani xabarini eshitib, bundan 
gʻoyat qalban kuyib, oʻz ogʻizlaridagi barcha tishlarini sindirgan ekanlar. Hazrati Uvays 
avval bir tishlarini tosh bilan urib sindirib, «Paygʻambarimizning (s.a.v.) singan tishlari 
balki bu oʻrindagisi emasdir», deb boshqasini sindirdilar. Shu zaylda barcha tishlarini 
sindirib chiqdilar. Ikki jahon quyoshi - Paygʻambarimiz salavotullohu alayhi va salomuhu 
janobimiz Uvays Qaroniy hazratlarining madhida «Yamandan menga Alloh oshigʻining 
isi kelur», - deb marhamat etganlar. Bu moʻ'jizani qarangki, Rasululloh (s.a.v.) bu oshiqni 
koʻrmay turib, u haqda eshitmay turib bilganlar. Sahobai guzin (suyukli sahobalar) 
Rasululloh janobimizdan Uvaysning qaerda ekanini soʻraganlarida «Yaman viloyatining 
Qarn qishlogʻida», - deb marhamat etdilar. 
-Yo Rasulalloh! Uvays zoti risolatpanohlarini (ya’ni Sizni) koʻrganmi? - deb soʻradilar. 
-Koʻrgan va lekin zohirda koʻrmagan, - deb marhamat qildilar. 
-Bul qanday oshiqdirki, Sizni koʻrmas? 
-Ikki sababi bor: birinchisi - hol gʻalabasidan, ikkinchisi - shariat azamatidan, ya’ni koʻzi 
ojiz onasi bor uyni yolgʻiz qoldirib kelmadi. Shariat amrini tutdi, onalik haqiga rioya etdi. 
Rasuli akram janobimiz oxirat dunyosiga rihlat qilar ekanlar, hazrati Umar va hazrati 
Aliga (r.a.) muborak muraqqa’larini (kiyimlarini) berib, Uvays hazratlariga eltmoqlikni 
vasiyat qildilar va hazrati Uvaysning koʻrinishlarini ta’rif etdilar: «Badani yunglidir, oʻng 
qoʻlining panjasida oppoq, bir tangachalik xol bordir. Mendan salom aytingiz. 
Muraqqa’ni kiyib, ummatimni duo qilsin...» 
Oʻrni keldikim, ulugʻlarning Alloh rasulini sevmoqlik haqida aytganlarini eslamoq lozim: 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish