Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
39 
library.ziyonet.uz/ 
oldilar. Qiz oʻziga kelib, Shayxni koʻrgach, xasrat yoshlarini toʻka boshladi. Zaiflikdan 
uning nolasi ogʻzidan bilinar-bilinmas chiqar, yuzi uzra bagʻridan sizgʻigan parcha-
parcha qonlar oqar edi. Qiz Shayxga dedi: 
-Ey shiori taqvo va panohi din boʻlgan kishi! Sizdan qaysi til bilan kechirim soʻray 
olaman?! Agar menga shum baxtim bebosh bolalardek tosh otsa ham boshimga siz kabi 
oliy daraxt soya solib turibdi. Garchi gunohim haddan tashqari koʻp boʻlsa-da, sizdagi 
lutfu ehson undan ham ortiqroqdir. Qilgan beadabliklarimni bilib, sizning uzringizni 
istab, qora yuz bilan huzuringizga keldim. Oʻsha paytda nimaiki yomon ish qilgan 
boʻlsam, bular mening oʻzimning yomonligim, yurtim va dinimning yomonligi tufaylidir. 
Huzuringizda yana ancha sirlar aytmoqchi edim, ammo umr oshiqib shoshilmoqda, fursat 
esa nihoyatda oz... 
Shu taxlit u oʻzining Islom diniga boʻlgan shavqini bayon etib, Iso alayhissalom aytgan 
nishonalarni birma-bir bayon qildi va nihoyat dedikim: 
-Poyma-poy soʻzlarimni shu yerda tugataman. Tezroq iymonimni keltiring, bir nafaslik 
vaqtim qoldi. 
Shayx yuziga koʻz yoshlarini oqizib, tarso qiziga iymon arz etdi. Qiz iymonga oshno 
boʻlgach, oh urgancha oʻz jonini topshirdi. 
Alqissa, Shayx qizni ishq ayvonida dafn etib, din va iymon ahli goʻristoniga qoʻygach, 
Ka’baga qaytdilar. Allohga oʻtmishdagi ishlaridan uzr soʻrab, arz qildilar va nihoyat 
uzrlari qabul boʻlib, qazo ul zotni oʻz yorlariga qoʻshdi... 
Qissadan hissa: Erkak va ayol orasidagi ishqning beqarorligi xususida hayotda koʻp 
misollarga duch kelganmiz. Bugun «sevamano sevaman, sensiz menga dunyo qorongʻu!» 
deb oh-voh qilib yurganlar ertaga qarasangiz «beting qursin!» deb bir-biriga teskari 
qaraydi. Ba’zan esa oila buziladi. Ishqning bu kabi beqarorligi bizni unchalik 
ajablantirmaydi. Ammo Allohning Ishqidan yuz oʻgirishni fojia deb bilamiz. Albatta 
valiylar yoki ularning muridlariga xos boʻlgan Ishq martabasi hammaga ham nasib 
etavermaydi. Chunki har bir odamning zehni, toqati, qobiliyati har xil. Agar bir xilda 
boʻlganida edi, barcha baravariga hofizi Qur'on, valiyulloh darajasiga yetar edi. 
Erkak va ayolning ishqi bir-birini koʻrish bilan boshlanadi. Ya’ni, tashqi koʻrinish 
birlamchi boʻladi. Tashqi koʻrinishga maxliyolik ichki olamdagi qusurlar yuzini toʻsadi. 
Allohga boʻlgan Ishq butunlay oʻzgacha: banda hali Allohni koʻrmay turib unga oshiq 
boʻladi. Ta’kid etamiz: har bir banda oʻzining imkoni darajasida oshiq boʻladi. Birlari 
oʻzlaridagi nafsni yengishga kuch topa oladi, birlari esa bu borada ojizligicha qoladi. 
Birlarining toqati yarim yil yo undan koʻproqqa yetadi, birlari soʻnggi nafasigacha Alloh 
Ishqi bilan yashaydi. Allohga qul boʻlmoq zavqini totish baxtiga erishadi. 
«Allohga yoʻl ikkitadir: xavosniki (xoslarniki) va avomniki», -deydilar. 
Muso alayhissalom yaylovda bir choʻponga duch kelibdilar. Choʻpon butun vujudi bilan 
Allohga sigʻinib, munojot qilib der ekankim: «Ey Xudojon! Sen qaerdasan? Kel, 
sochlaringni tarayin, choriqlaringni tikib berayin, nainki oʻz jonim, balki qoʻylarim, 
farzandlarim ham senga fido boʻlsin. Qaerdasan, borib, dastyoring boʻlsam, sut-
qaymogʻim bilan qorningni toʻydirsam. Boshing ogʻrisa boshingni silasam, yuz-
qoʻlingdan oʻpsam, oyoqlaringni uqalasam...» 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish