Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
34 
library.ziyonet.uz/ 
etmoqqa ishorat qiling. 
Shayx dedilar: -Koʻz yoshimdan oʻzga suvim yoʻq, bagʻrimdan har dam koʻzlarimga qon 
yoshlari keladir. 
...birlari dedilar: - Afzali gʻusl qilmoqlikdir, u koʻngilni pok etishdan tashqari gʻamdan 
ham qutqarajak. 
Shayx dedilar: - Men yoʻqlik dengizida gʻarq boʻldim. Mendan yana nima istaysan? 
...birlari dedilar: - Tasbehga mashgʻul boʻling-da, bu parishon holatdan oʻzingizni 
qutqaring. 
Shayx dedilar: - Tasbehimning tori uzildi, uning oʻrniga zunnor ipini bogʻladim... 
...yana dedilar: -Safarimiz tamom boʻldi, Vatan sari yoʻlga tushsak durustroq boʻlardi. 
javob qildilar: - Ehsonli Alloh oʻzi muruvvat koʻrsatib, bu butxonani menga haqiqiy 
vatan etibdir. 
...yana dedilar: -Sizning avvalgi vajhu holatingiz - e’tiqodingiz qani? Zuhd va ibodatda 
oʻtkazgan pokiza vaqtlaringiz qani?! 
javob qildilar: - Holatim - butxonada turmoqdan iborat, bordi-yu vaqtu soatim yuzta 
boʻlsa ham hammasi shundayligicha kechardi. 
Qavm oʻsha kechasi yuz bor kuyina-kuyina Shayx ahvolidan iztirob chekdi. Ular 
Shayxga ta’nalar qilishar, ammo Shayx bularga parvo qilmasdilar. Ular Shayxga oʻgitlar 
berishar, ammo ul zot bularni fahmlamas edilar. 
Ertalabgacha butxonadagi kishilar gʻavgʻo qilib, din ahlining bu holini tomosha qildilar. 
Ular din ahli rasm-rusmlarini masxara qilish bilan oʻz dinlari tariqatidan lof urib
maqtanib qoʻyishardi. Shayx hamrohlarining baxtsizlikka duchor boʻlganlari bir fojia 
boʻlsa, butxona ahlining bu savdodan sevinishi fojia ustiga fojia boʻlib tushmoqda edi. 
Butxona ahli ular bilan diniy qoidalar xususida bahs yuritishganda Shayx oʻz qavmlariga 
e’tibor bermay, butxona ahli yonini ola boshladilar. Bunday mudhish hol musulmonlarga 
koʻp malollik yetkazdi. 
Tongda butparastlar oʻzlarining katta qoʻngʻiroqlarini chaldilar. Butxona ahli Shayx ishqi 
va ahvoli haqida mojaro qoʻzgʻab, millatiga quvvat bagʻishlovchi bu holdan shod 
boʻlishardi. Musulmonlarning esa bundan hijolatlari tobora oshib boraverdi. Bechora 
Shayx butxonadagi bolalarga ham masxara boʻldilar. Oshiqu zor, gʻarib bir holda 
koʻzlarini tarso qizi tomon tikkancha yoʻl uzra yuztuban boʻlib yotaverdilar. Kishilar 
tahqirlab, va masxaralab bosib oʻtsalar ham mutlaqo parvo qilmas edilar. Chekkan 
azoblaridan gʻoyibu hozirlarning ham, ingrashlaridan moʻ'minu kofirlarning ham rahmi 
kelardi. Oqibat shu boʻldi-ki, muridlar nomusga chiday olmay pirlarini yolgʻiz tashlab, 
turli tomonlarga tarqab ketishga majbur boʻldilar. 
Shayxning kunduz kunini shu tariqa qaro qilgan va uni din yoʻlidan chiqarib, kofirlar 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish