1.-rasm. Bloklarni ishlashning navbat tartibini aniqlash uchu boshlang‘chi ma’lumotlar: a-bloklarning joylashishi, b- shart-sharoitlar matritsasi
Birinchi qator bо‘yicha bundan keyingi variantlarni tanlab olish har bir variantda bloklarning bitta yoki undan ortiq blokka kamayishiga olib keladi, bunga mustaqil ishonch hosil qilish taklif etiladi.
Sinovlarning birinchi seriyasi natijasida 1,4,6,8,10 bloklarning birikmasi aniqlandi, ularning maksimal (eng kо‘p) zaxirasi 117 ming t.
Hisob-kitoblarning ikkinchi seriyasini ikkinchi qator bо‘yicha о‘tkazamiz, chunki birinchi qator bо‘yicha variantlarni tanlab olish imkoniyatlari tugadi.
Ikkinchi seriyaning birinchi hisob-kitobi: 2,
6, 8, 10, 11, 13 bloklari 2, 4, 6, 8, 10 bloklarning yig‘indisini beradi, ularning zahirasi 118 ming. t va 2, 8, 10,13 bloklar, ularning zahirasi 94 ming. t. Ikkinchi seriyaning ikkinchi hisob-kitobi: 2, 5, 7, 9, 11 bloklar, ularning zahirasi 106 ming. t va 2, 7, 9, 11, 13 bloklar, ularning zahirasi 94 ming. t.
Ikkinchi seriyaning uchinchi hisob-kitobi: 2, 6, 8, 10, 11 va 2, 8, 10, 11, 13 bloklar, ularning zahirasi 115 ming. t va 94 ming. t.
Ikkinchi seryaining bundan keyingi hisob-kitoblarida ularda bloklar soni va foydali qazilmalar zahiralari kо‘paymaydi. Shunday qilib, 118 ming t. Tashkil etuvchi maksimal (eng kо‘p) zaxiralar 2,4,6,8,10 bloklar yig‘indisini ta’minlaydi.
3-14 qatorlar bо‘yicha о‘tkaziladigan uchinchi va undan keyingi seriyalar hisob-kitobi shakllanayotgan yig‘indilarda ham bloklar soniing kamayishi va ulardagi zahiralarning kamayishini kо‘rsatmoqda, shuning uchun keyingi hisob-kitoblarni bajarishni tо‘xtatamiz. Yakuniy hal etuvchi qilib 2, 4, 6, 8, 10 bloklar yig‘indisini tanlaymiz, ularning zahirasi 118 ming. t.
Birinchi navbatda ishlashga qabul qilinadigan bloklar yig‘indisini tanlagandan sо‘ng matritsada qatorlar va ustunlarning tegishli raqamlarini о‘chiramiz va bloklarning keyingi yig‘indilarini aniqlash (belgilash) uchun kerakli hisob-kitoblar seriyalarini qaytaramiz.
Bizning misolimizda birinchi navbatning ortidan ikkinchi navbat bloklari : 1,3,5,7,9 bloklari yig‘indisi ishlanadi, ularning zahirasi 116 ming t.; uchinchi navbat:11 va 13 bloklar; tо‘rtinchi navbat 12 va 14 bloklar, ularning zahirasi 21 ming t.
Bloklarni ishlash ketma-ketligining tarmoq jadvali 2- rasmda keltirilgan.
Bundan buyon bir vaqtda ishlanadigan bloklar sonini bir kecha kunduzlik qazib olishni ta’minlash shart-sharoitlari bо‘yicha hisob-kitob qilinadi va zahiralarni tayyorlash, kesish va ishlash jadvalini tuzishga о‘tiladi.
Birinchi bosqichda, kon ishlari sxemasi va lavalar, bloklar, qiyaliklarni ishlash jadvalidan foydalangan holda rejalashtirilayotgan yilda ishlanadigan va tayyorlanadigan qazib olish zaboylari rо‘yxati aniqlanadi. Zarur ishlarning nomlanishini kо‘rsatgan holda jadval tuziladi va har bir yangi tozalash zaboyini tayyorlash uchun lokal jadvallar tuziladi. Ikkinchi bosqichda lokal jadvallar yig‘ma javalga “tikiladi”, ushbu jadval yuqorida keltirilgan usullar bilan mazkur korxonada resurslar mavjudligiga muvofiq maqbullashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |