Ishni bajarish tartibi:
О‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan boshlang‘ich ma’lumotlar asosida amaldagi karyer kon ishlarida, ekskavator-avtomobil uskunalar kompleksidan foydalaniladigan ishchi gorizontlarda zahiralarni ochish, tayyorlash va о‘yishga tayyor zahiralarning hajmini aniqlash, planni nusxalash (plan uchastkasini) aniqlash.
Karyer bо‘ylab tayyorlab qо‘yilgan zahiralarni aniqlash uchun konning qabul qilingan tizimida ishchi maydonning minimal enini belgilab olish zarur. Ishchi maydonining minimal eni quyidagi ifoda bо‘yicha topiladi:
bunda BB - mashina g‘ildiragi diametri 1/3 past bо‘lmagan balandlikdagi ehtiyotkorlik valining eni, m; (BB= 3,5m):
ПE- elektr ta’minoti qurilmasini joylashtirish uchun avtomobil transportida 3-6 m ga teng qilib qabul qilinadigan tasmaning eni;
ШМ.П.- manyovrlash maydonchasining eni, m;
Mashina xalqali burilishda
Boshi berk burilishda
La- avtosamosval uzunligi, m (La = 8,1m qabul qilinadi);
Ba- avtosamosval eni, m (Ba = 3,8m qabul qilinadi);
Ca- avtosamosval va elektr ta’minoti tasmasi yoki tо‘suvchi val о‘rtasidagi 1-3m atrofida qabul qilinadigan minimal tirqish;
Ra- avtosamosvallar burilishidagi minimal radius (Ra = 10m).
1. 1-1', 2 - 2' -rasm. Ehtiyotkorlik supachalaridagi zahiralar:
1-1", 2'-2" - ishchi supachalardagi zahiralar;
1"-1'". 2"-2iv –tayyorlab qо‘yilgan zahiralar:
1"- 1"', 2"'-2iv – о‘yishga tayyor zahiralar
Ustki kavlash gorizonti bо‘yicha tayyorlangan zahiralar konturlarini ajratish quyidagi tarzda amalga oshiriladi. Ustki kavlash gorizontida karyer borti tomonidagi qirqimda ehtiyotkorlik supachasi quriladi (bП = 3-6m). sо‘ngra supachadan ishchi maydon minimal enining qiymati ajratib qо‘yiladi (5-rasm).
Ehtiyotkorlik supachasi va ishchi maydoni miqyosidagi foydali qazilma zahiralarini qoplama ishlari frontini surmasdan ishlatib bо‘lmaydi. Gorizont bо‘yicha foydali qazilma zahiralarining qolgan qismi tayyorlangan zahiralarga kiradi.
Kesimda ochilgan, tayyorlangan va о‘yishga tayyor zahiralar konturlari ajratilgandan sо‘ng ular planga kо‘chiriladi. Sо‘ngra о‘yishga tayyorlanganlik darajasi bо‘yicha foydali qazilma zahiralari aniqlanadi.
i-gorizont bо‘yicha foydali qazilmaning ochilgan zahiralari quyidagi ifoda bо‘yicha topiladi
Si- i-gorizont bо‘yicha foydali qazilmaning ochilgan zahiralari maydoni; - i-gorizont supachasining balandligi, m;
γ - foydali qazilmaning zichligi, t/m3 (γ = 2-3 t/m3);
Karyer bо‘yicha foydali qazilmaning ochilgan zahiralari quyidagiga teng:
Gorizont bо‘yicha foydali qazilmaning tayyorlangan zahiralari quyidagi formula bо‘yicha topiladi:
Sni- i-gorizont bо‘yicha foydali qazilmaning tayyorlangan zahiralari maydoni, m.
Karyer bо‘yicha foydali qazilmaning tayyorlangan zahiralari quyidagiga teng
Karyer bо‘yicha о‘yishga tayyor zahiralarni aniqlash quyidagi tarzda amalga oshiriladi.
Gorizont bо‘yicha о‘yishga tayyor zahiralarning miqdori quyidagi formua о‘yicha belgilanadi.
Sri- i-gorizont bо‘yicha foydali qazilmaning о‘yishga tayyor zahiralari maydoni, m.
Karyer bо‘yicha foydali qazilmaning о‘yishga tayyor zahiralari quyidagiga teng
Karyer bо‘yicha о‘yishga tayyor zahiralar quyidagiga teng
Ochilgan, tayyorlangan va о‘yishga tayyor zahiralar miqdorining topilgan qiymati ularni karyer unumdorligiga bо‘lish yо‘li bilan о‘rnatilgan normativlarga mosligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |