5.-chizma. Mandell-Flemingning Y-e modeli
Y
Daromad, ishlab chiqarish
6.-chizma. Mandell-Flemingning Y-e modeli
6.-chizmada LM egri chizig’i gorizontal liniya bilan belgilangan jahon foiz stavkasi r* ga teng bo’lgan holatda aks ettirilgan. Bu egri chiziqlar birgalikda almashinuv kursiga bog’liq bo’lmagan daromad darajasini aniqlab beradi.
7. chizmada LM* egri chizig’i qanday qilib vertikal liniya ko’rinishini olishi aks ettirilgan.
e
Y
Daromad, ishlab chiqarish
7-chizma. LM* egri chizig’ining vertikal liniya ko’rinishi.
Y-e modeli almashinuv kursi darajasi iqtisodiy siyosatga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi.
Mandell-Fleming modelini tahlil qilish kichik ochiq iqtisodiyotda davlatning har qanday iqtisodiy siyosati natijasi qayd qilingan va suzib yuruvchi valyuta kursiga bog’liq degan xulosaga olib keladi. Masalan, suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida daromadga faqat pul- kredit siyosati ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda rag’batlantiruvchi byudjet-soliq siyosatining ta’siri, valyuta kursining ko’tarilishi sababli, nolga teng bo’ladi.
Qayd qilingan valyuta kursi sharoitida daromadga faqat byudjet-soliq siyosati ta’sir ko’rsatadi. Bunday sharoitda pul-kredit siyosati daromadlarga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi, chunki Markaziy Bankning pul taklifini o’zgartirishdan maqsadi
almashinuv kursini belgilangan darajada saqlab turishdan iborat bo’ladi. Bu o’zgartirish ichki iqtisodiy siyosat maqsadlariga to’g’ri kelish-kelmasligi e’tiborga olinmaydi.
4. Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari bo’yicha kichik ochiq iqtisodiyot.
Valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini o’rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to’g’ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko’rsatilsa, bunga to’g’ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 3975 so’mga, 1 Rossiya rubli 52 so’mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to’g’ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o’rnatiladi. Dunyoning ko’p mamlakatlarida, shu jumladan,
O’zbekistonda ham to’g’ri kotirovkalash qabul qilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi. O’zbek so’mining kursi O’zbekiston valyuta birjasida o’rnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo’lgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o’rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog’liq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud.
Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi.
Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o’zbek so’mining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (8-chizma)
. P
3
2
1
Q
Do'stlaringiz bilan baham: |