3.-chizma. Mandell-Flemingning Y-r modeli
Modelni tasvirlash uchun ikkita grafik tuzish taklif etiladi. Har bir grafikda o’zgaruvchi miqdorlardan bittasi konstanta deb olinadi va tahlil ikki o’zgaruvchining aloqadorligi bo’yicha o’tkaziladi.Mandell-Flemingning Y-r modeli 3. chizmada tasvirlangan. Chizmadan ko’rinib turibdiki IS egri chizig’i quyiga, LM egri chizig’i esa yuqoriga yo’nalgan. Gorizontal liniya jahon foiz stavkasini ifodalaydi. Grafik ikki xususiyatga ega.
IS egri chizig’ining holati almashinuv kursining darajasiga bog’liq.. Almashinuv kursining ko’tarilishi egri chiziqni chapga siljitadi.
Barcha uch egri chiziq bir nuqtada kesishadi.
Lekin bu uch egri chiziq bir nuqtada kesishmaydi deb tasavvur qilish mumkin ( 4.-chizma).
b)
R
LM
r=r*
r= r*
Y
Y
Daromad, ishlab chiqarish
Daromad, ishlab chiqarish
4.- chizma. Mandell-Flemingning Y-r modelida muvozanatga erishish mexanizmi. Bunday vaziyatda ikki variant yuzaga keladi:
Almashinuv kursi juda past bo’lganligi sababli IS va LM egri chiziqlari jahon foiz stavkasidan yuqorida kesishadi( 4, a chizma). Bunday vaziyat chet ellik investorlarni mazkur mamlakat iqtisodiyotiga kapital kiritishga rag’batlantiradi. Natijada mamlakatning valyutasi kursi ko’tariladi va IS egri chizig’i pastga siljiydi.
IS va LM egri chiziqlari ichki foiz stavkasi jahon foiz stavkasidan past bo’lgan nuqtada kesishadi( 4, b chizma). Bunday vaziyatda mazkur mamlakat investorlari kapitallarini xorijga olib chiqib ketishdan manfaatdor bo’lishadi. Natijada milliy valyutaning almashinuv kursi pasayadi va IS egri chizig’i yuqoriga siljiydi. Shunday qilib muvozanat LM egri chizig’ining gorizontal liniya bilan kesishish nuqtasida jahon foiz stavkasi darajasida o’rnatiladi. Mandell-Flemingning Y-e modeli 5. va 6. chizmalarda tasvirlangan. 5. chizmada vertikal o’qda almashinuv kursining turli darajalari, gorizontal o’qda esa daromadning miqdorlari tasvirlangan. Foiz stavkasi o’zgarmas va jahon foiz stavkasiga teng deb tasavvur qilinadi. Bunday vaziyatda grafikda ikki tnglama tasvirlanadi:
1) Y=C(Y-T)+I(r*) +G+Xn(e), IS;
2) M/P= L(r*,Y), LM*.
Iqtisodiyotda muvozanat IS va LM egri chiziqlarining kesishish nuqtasida ta’minlanadi. Bu kesishish nuqtasi almashinuv kursi va daromadning darajalarini aks ettiradi. Grafikda tovar bozoridagi (IS*) va pul bozoridagi(LM*) muvozanat tasvirlangan. Jahon foiz stavkasi belgilab berilgan sharoitda LM* tenglamasi yalpi daromadni almashinuv kursiga bog’liq bo’lmagan holda qayd etadi.
e LM*
Y
Daromadning muvozanatli Daromad, ishlab chiqarish darajasi
Do'stlaringiz bilan baham: |