chizma. Xorijiy valyuta bozori
Dollarga bo’lgan talabning kamayishi (D) to’g’ri chizig’ida berilgan. Bu shuni ko’rsatadiki, agarda dollar o’zbekistonliklar uchun arzon bo’lsa, amerika tovarlari ham ular uchun arzon bo’ladi va bu, o’z navbatida, ularning amerika tovarlariga bo’lgan talabini oshiradi. Dollarning taklifi (S) kamaysa, so’mda belgilangan dollarning qiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan so’mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko’proq o’zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki, so’mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o’z navbatida o’zbek tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko’proq o’zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo’ladi. O’zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valyuta bozoriga olib chiqadi, chunki, o’zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so’mga almashtirishadi.
Dollarga bo’lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning so’mdagi qiymatini bildiradi.
Agarda, dollarning so’mdagi qiymati oshsa, so’m qiymatining pasayganligini yoki qadrsizlanganligini ko’rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so’mdagi qiymati pasaysa, so’m qiymatining oshganligini yoki so’mning qimmatlashganligini ko’rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan so’m qadrsizlansa, dollar so’mga nisbatan qimmatlashadi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi bo’yicha, valyuta kursi bozor kuchlari tomonidan o’rnatiladi va o’zgaruvchan iqtisodiy holatlarga javoban u ham tebranib turadi. Bunday vaziyatda, tovarlar va pul bozorida muvozanatga erishish uchun valyuta kursi o’zgartiriladi. Bu muvozanatni o’zgartiradigan nimadir yuz bersa, valyuta kursi yangi muvozanat qiymatiga o’zgaradi. Keling shu muvanatni o’zgartira oladigan uchta siyosatni ko’rib chiqaylik: Fiskal siyosat, monetar siyosat va savdo siyosati. Bizning maqsad siyosiy o’zgarishlar ta’sirini ko’rsatish va iqtisodiyot bir muvozanatdan boshqa muvozanat nuqtasiga ko’chganda iqtisodiy kuchlarni tushuntirish uchun Mandell-Fleming modelidan foydalanishdir.
Faraz qiling, hukumat davlat xaridini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish orqali mahalliy xarajatlarni tartibga soladi. Bunday kengaytirilgan fiscal siyosat rejalashtirilgan xarajatlarni oshirgani uchun, u IS egri chizig’i 12-4 rasmda ko’rsatilgani kabi o’ngga ko’chadi. Natijada, valyuta kursi oshadi va daromad darajasi o’zgarmasdan qoladi.
Kengaytirilgan fiscal siyosat IS egri chizig’ini o’nga suradi, ...
Do'stlaringiz bilan baham: |