Ochiq iqtisodiyotda mandell -fleming modeli


Qayd etilgan valyuta kurslari ostidagi kichik ochiq iqtisodiyot



Download 422,57 Kb.
bet10/11
Sana09.06.2022
Hajmi422,57 Kb.
#645961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16-mavzu. Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat. Mondel-Fleming modeli. (1)

5. Qayd etilgan valyuta kurslari ostidagi kichik ochiq iqtisodiyot.


Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o’zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi.
Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog’liq bo’lgan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llash o’zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog’liq:

  • zahiralarning mavjudligi;

  • o’z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini yo’qqa chiqarishi mumkin.

Qayd etilgan valuta kursi ostida valuta kursi uchun qiymatni e’lon qiladi va e’lon qilingan darajadagi valuta kursini saqlagan holda milliy valutani oldi- sotdisiga tayyor turadi.
Qayd etilgan valyuta kursi tizimi ostida markaziy bank qayd etilgan narxda xorijiy valyuta uchun mahalliy valyutani sotib olish va sotish uchun doim tayyor turadi. Masalan, Markaziy bank bir AQSh dollari uchun 3975 so’m belgilanishini e’lon qildi. 3975 so’m uchun 1 AQSh dollari yoki 1 AQSh dollari uchun beris 3975 so’m hi uchun barcha imkoniyatlarni tayyorladi. Ushbu siyosatni amalga oshirish uchun Markaziy bank so’mni (uni ishlab chiqarishi mumkin), shuningdek dollarni (oldin sotib olingan) jamlashiga to’g’ri kelar edi.
Qayd etilgan valyuta narxining yagona maqsadi, mamlakatning pul muomilasi siyosatiga, ya’ni kurs valyutasini e’lon qilingan darajada ushlab turish hisoblanardi. Pul muomilasini bir me’yorda saqlab turish uchun markaziy bankka imkoniyat yaratish uchun e’lon qilingan xorijiy valyuta kursi bozordagi valyuta kursiga tenglashib muvozanatini saqlashga majburdir.
Bundan tashqari, markaziy bank qayd etilgan valyuta kursida xorijiy valyutani sotib olish va sotishga tayyorlanar ekan, pul muomilasi balansi o’z - o’zidan zaruriy darajada bir maromga tushadi.
Pul hajmini ko’tarish LM* chizig’i o’ng tomonga qarab o’zgaradi va kurs valyuta muvozanati ham pasayadi. Shu tariqa pul muomilasi, valyuta kursi muvozanati e’lon qilingan darajaga tushgunga qadar ko’ratarilishda davom etadi.

Valyuta kursi tizimi nominal (shartli) valyuta kursini belgilab berishini tushunish muhim hisoblanadi. Bundan tashqari u haqiqiy valyuta kursi narxini belgilab beradi va bu hisobga olingan gorizont vaqtiga bog’liq bo’ladi. Agar narxlar barqaror bo’lmasa, oxir oqibatda, shartli valyuta kursi belgilab qo’yilgan holatda ham haqiqiy valyuta kursi o’zgarishi mumkin. Qayd etilgan nominal valyuta kurslari narxi faqat pul ta’minotiga va narx darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek qisqa muddatli boshqaruv Mandell-Fleming modeli asosida tasvirlangan bo’lib, bunda narxlar aniq belgilanib olinadi, shuning uchun qayd etilgan shartli valyuta kurslari aniq qayd etilgan valyuta kurslarini ham o’z chiga oladi.


Qayd qilingan valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosatining samaradorligi kapitalning mobilligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.. Davlat xarajatlarining ko’payishi foiz stavkasining o’sishini keltirib chiqaradi ( fond bozorida qarzga mablag’ olib, davlat xususiy sektor foydalanadigan pul massasini kamaytiradi) . Bu esa o’z navbatida xorijdan kapital oqib kelishini rag’batlantirapdi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida davlat xarajatlarining ko’payishi bilan bog’liq savdo balansi taqchilligi kapital harakati schyotining musbat (ijobiy) qoldig’i bilan amalda qoplanadi. Markaziy Bank esa yuzaga kelgan almashinuv kursining o’sish tendentsiyasini bartaraf qilish uchun xorijiy valyutani sotib olish va muomalaga milliy valyutani ko’p miqdorda chiqarishga, bu bilan esa pul taklifini oshirishga
majbur bo’ladi. Bu tadbir (davlat xarajatlarining o’sishi bilan birgaldikda) daromadlarning kengayishi uchun qo’shimcha rag’bat yaratadi.
Shunday qilib, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosati pul- kredit siyosatidan farli ravishda daromad darajasiga, o’z navbatida ichki muvozanatga muvaffaqiyatli ta’sir ko’rsata oldadi. Tasir darajasi kapitalning mobilligi o’sishi bilan ortib boradi.

Download 422,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish