4.2. Bakteriofagning bakteriya hujayrasiga kirisihi va yerda ko‘payishining fazalari - Bakteriofag bakteriya hujayrasiga kirgandan keyin fagning nuklein kislotalarining ipi ko‘payib, juda ko‘p DNK iplarini hosil qiladi. Shu DNK iplari bakteriofaglarga aylanadi va bakteriya hujayrasini yemirib tashqariga chiqib, yangi bakteriya hujayralariga yuqa boshlaydi yoki fagning bakteriya tanasiga kirib, u yerda ko‘payishi 4 fazadan iborat ekanligi aniqlangan.
- 1-faza. Bunda fag zarrachasi bakteriyaning tanasiga kelib, dum qismi bilan yopishadi.
- 2-faza. Fag bakteriya hujayrasini teshik, o‘zining bosh qismidagi DNKni shprits singari hujayra ichiga yuboradi.
- 3-faza. Bakteriya ichiga kirgan fag bakteriya hisobida oziqlanib, u yerda ko‘paya boshlaydi va maxsus ferment hosil qilib, bakteriya hujayrasining oqsil moddalarini eritib hazm qiladi.
- 4-faza. Bakteriofag zarrachalari ko‘paygan sari bakteriya ichida bosim ortadi, bakteriya tanasi shishib, bakteriyaning shakli o‘zgaradi va nihoyat bakteriya hujayrasi yorilib o‘ladi. Yorilgan bakteriya ichidan yosh bakteriofag zarrachalari chiqib, boshqa bakteriyalarni zararlayveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |