4.6. Bakteriofagning qo‘llanilishi - Bakteriofag tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Kasallikni bakteriofag bilan davolashga fagoterapiya deyiladi. Asosan dezinteriya, vabo, toun, tif kasalliklarini davolashda faglar ko‘p ishlatiladi. Fag yaralarga ishlatiladigan bo‘lsa, fagni yaraga sepish yoki dokani fag bilan ho‘llab yarani bog‘lash mumkin. Ayrim vaqtlarda fagni yaraning atrofiga ukol qilib ishlatish ham mumkin. Fagni kasalni davolashda kasal kishiga ichirish ham mumkin. Buning uchun avval kasal odamning oshqozonidagi HCIni neytrallash kerak. Buning uchun avval kasal odamga 5% sodadan 25 mg ichiriladi. Ichirilgan fag ichaklarda 7-8 kungacha saqlanadi. Shu usulda fag yordamida kasallikdan saqlanish mumkin.
- Xulosa qilib aytish mumkinki, viruslar hujayra ichiga kirish va faqat unda ko‘payish xususiyatiga ega hayotning hujayrasiz shakli. Odam, hayvon va o‘simliklarda yuqumli kasalliklarga sabab bo‘ladi.
- Bakteriofag - bakteriya virusilari: bakteriya hujayrasiga ta’sir etib, uni eritib yuboradigan ultramikroskopik tuzilma.
- 1.Гусев МюВ, Минеева Л..А Микробиология , М.,1985.
- 2. Мишустин Е.Н., Емцев В.Т Микробиология.,М.,1985
- 3. Работнова И.П. Общая микробиология., Высшая школа ,1986
- 4. Сухов К.С. Общая вирусология ,1988 .
- 5. Шлегель Г. Общая микробиология. М.,изд-во МГУ,1987.
- 6.Nazarav Mikrobiologiya ( Maruzalar matni) Qarshi-2000 y
- 7. M.Nnog’omova., A.H. Vahobov Mikrobiologiya va virusologiya asoslari T -2010 y.
- 8. http://video.yandex.ru
- 9. http://www.medved.com.ua/referatik/biology
- Vaksina – kuchsizlantirilgan yoki o‘ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan preparat.
- Virion –nuklein kislota va oqsil qobig‘idan (kapsid) tashkil topgan yetilgan, hujayradan tashqaridagi virus zarrasi
- Virulentlik – patogan mikrooganizmlarning kasallik tug‘dirish faolligini bildiradi.
- Bakteriofag – bakteriya viruslari: bakteriya hujayrasiga ta’sir etib, uni eritib yuboradigan ultramikroskopik tuzilma.
- Monovalentli fag – bir xil bakteriyalarda yashab, ularni eritib yuboradigan faglar.
- Polivalentli fag – bir nechta bakteriyalarda yashab, ularni eritib yuboradigan faglar.
- Mavzu yuzasidan savollar:
- 1. Viruslarning ochilish tarixi bo‘yicha D.I.Ivanovskiyning xizmatlarini tushuntiring.
- 2. Viruslarga xos xususiyat nimalardan iborat?
- 3. Viruslarning rivojlanishini tushuntiring.
- 4. Viruslarning klassifikatsiyasi va u nimalarga asoslanib tuzilgan?
- 5. Fitopatogen viruslarni tushuntiring.
- 6. Viruslarning spetsifiklik xususiyatlari nimalardan iborat?
- 7. Bakteriofaglarning kim tomonidan aniqlangan?
- 8. Bakteriofaglar qanday tuzilgan?
- 9. Fagning tarqalishi, ajratib olish usullarini tushuntiring.
- 10. Bakteriofag to‘g‘risidagi nazariyalar.
- Mavzu bo‘yicha test savollari
- 1. Bakteriofag tarkibida DNKning miqdori necha foizga yetadi?
- A. 45-50 %;
- B. 35-40 %;
- C. 37-42 %;
- D. 37-40 %.
- 2. Fagning bakteriya hujayrasida ko‘payishi necha fazadan iborat?
- A. 3 fazadan;
- B. 5 fazadan;
- C. 7 fazadan;
- D. 4 fazadan.
- 3. Quyosh nuri fagni necha soatda o‘ldiradi?
- 1-3 soatda
- 2-3 soatda;
- C. 3-4 soatda
- D. 5-4 soatda
- 4. Hayvonga ichirilgan fag ichaklarda necha kun saqlanadi?
- A. 7-8 kun;
- B. 6-7 kun;
- C. 9-10 kun;
- D. 5-6 kun.
- 5. Viruslarning yangi klassifikasiyasi qachon qabul qilingan?
- A. 1956-yilda;
- B. 1966-yilda;
- C. 1946-yilda;
- D. 1958-yilda.
- 6. Gripp virusi qaysi guruhga kiradi?
- A. Reoviruslar;
- B. Pikornoviruslar;
- C. Arboviruslar;
- D. Miksoviruslaг.
- 7. Odam va hayvonlarda uchraydigan yomon shish kasalligini qaysi guruhga viruslar keltirib chiqaradi?
- A. Miksoviruslar;
- B. Reovirurslar;
- C. Paksviruslar;
- D Arboviruslar.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! 2. Inson umid bilan yashaydi - 1. O‘zing va o‘zgalar umrini xazon etma!
- OITS haqida qisqa metrajli filmlar
- Orqaga qaytib davom etish
- Orqaga qaytib davom etish
- Orqaga qaytib davom etish
- Orqaga qaytib davom etish
Do'stlaringiz bilan baham: |