Ochiq dars ishlanmasi



Download 323,52 Kb.
bet3/5
Sana02.05.2020
Hajmi323,52 Kb.
#48554
1   2   3   4   5
Bog'liq
TAYYOR ONA VATAN MUQADDAS
biznes reja baliqchilik, CAE 3-Laboratoriya ishi hisoboti, Э ва С фанидан №3 топширик, Э ва С фанидан №3 топширик, Э ва С фанидан №3 топширик, Mustaqil ish Ganiev F 212, 17.03.2020 kimyo.uz, 17.03.2020 kimyo.uz, New Zealand test, New Zealand test, New Zealand test, 1-mavzu, 1-mavzu, 1-mavzu
Darsning borishi

Tashkiliy qism.

A) salomlashish, davomatni aniqlash.

B) o‘quvchilarni darsga tayyorlash.

Vatan tuyg`usi shunchalar muqaddaski, bu so`zni eshitganingda qalblarimiz g`urur va iftixorga to`ladi. O`z navbatida “Muqaddas” so`zi – sajdagoh maqomini anglatadi. Davlat madhiyasi shunchalar ta’sirliki, u yangraganda beixtiyor qaddingni roslaysan va qo`ling ko`ksingga intiladi. Millat bayrog`i shunchalar ulug`vorki, u boshing uzra hilpiraganda osmon sari mag`rur boqasan va ko`zingda yosh qalqiydi. Davlat timsoli shunchalar teranki, unda sening ezguliging va bag`rikengliging in’ikosini sezasan.

Yurtboshimizning istiqlolni asrash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilish, farzandlarimizni dunyoda hech kimdan kam bo`lmaydigan hartomonlama sog`lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash borasidagi da’vatlari doimo qalbimizda aks sado berib, bizni yuksak marralar sari chorlab, barcha intilishlarimiz uchun tog`dek tayanch bo`lib turadi.. Ushbu hayajonlar vujudingni kezarkan, demak sen VATANINGNI so`zsiz SEVASAN va SADOQAT bilan xizmat qilasan. Mardlik – elga sadoqat. Bu baxtdir...!    

El-yurt ozodligi va obodligi, xalq farovonligi va Vatan ravnaqini o`ziga dasturulamal qilib olgan xalqimiz, o`z milliy, tarixiy, ma’naviy va diniy an’analari, urf-odatlari va e’tiqodlariga sadoqat ila 28 yil mobaynida yangilash va yaratish yo`lidan bormoqda. Davlatimiz, siyosatimiz va islohotlarimizning ilhomchisi, bosh me’mori va rahnamosi hisoblanmish muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov boshchiligida xalqimiz buyuk kelajak yo`lida, hech kimdan kam bo`lmagan, ta’bir joiz bo`lsa mana-man degan buyuk millatlarga ham o`rnak bo`lib, o`zining eng yangi tarixi zarvaraqlariga yangi-yangi yutuqlar va rejalarni oltin harflar bilan yozib kelmoqda. Zero, biz buyuk davlat va millat vorislarimiz, va yanada buyukroq davlat quramiz va bugungi buyuk millatlar qatoridan qayta o`rin olishimiz muqarrardir!

Mana, yigirma uch yildirki, halqimiz buyuk taraqqiyot yo`lidan og`ishmay bormoqda. Mehnatkash va mehmondo`st, saxovatli, bag`ri keng, ma’naviyati yuksak va olijanob xalqimiz o`z oldiga, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining muqaddimasida belgilanganidek, demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyati barpo etish maqsadini qo`ygan. Bu ulug` maqsad yo`lida barcha sohalarda keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Vatanimiz bosib o`tgan 28 yil tarixan juda qisqa bo`lishiga qaramay, uning xalqimiz, millatimiz va davlatimiz taqdirida tutgan o`rni beqiyosdir. Mamlakatimiz hayotining biror-bir jabhasi yo`qki unda mustaqillikning o`rni, ahamiyati va shukuhi sezilmasa, jamiyatimizning biror-bir a’zosi yo`qki uning hayotida mustaqillikning ijobiy samarasi, uning orzu-umidlarida mustaqillikning ilhomi va kelajak rejalarida mustaqillikning daxli aks etmagan bo`lsa. Binobarin, mustaqillik bugungi tinch va osuda hayotimiz, to`kin va farovon dasturxonimiz, xalqaro maydondagi nufuz va e’tiborimizning bosh mezoniga aylandi. Ushbu g`urur va iftixor tuyg`usi esa uning qo`lga kiritilishi va mustahkamlanishida barchamiz va har birimizning daxldor ekanligimiz bilan yanada teran, yanada ma’nodor va yanada beg`ubordir.



Ma’naviy sohada ham sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi : tilga, tarixga, milliy an’ana va qadriyatlarimizga, ma’naviy merosimizga, dinga, adabiyot va san’atga, urf-odatlarimizga bo’lgan munosabatlar o’zlikni anglash, milliy mafkuraning shakllanganligidan dalolatdir. Bunday keng ko’lamli ishlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar zamirida Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning mehnati beqiyosdir!



2016-yil 2-sentyabrda Vatanimiz, butun o‘zbek xalqi o‘ta og‘ir judolikka uchradi…

Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov  o‘z xalqini cheksiz mehr-muhabbat bilan sevar edi va o‘zining kunlariga qadar butun hayotini O‘zbekistonga xizmat qilishga bag‘ishladi.




“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.

Shavkat Mirziyoyev




Qani aytingchi bolalar mustaqillikdan keyin qanday yutuqlarga erishdik?

Javoblaringiz uchun rahmat.

Haqiqatdan ham 28 yildirki, ota-bobolarimiz orzu qilgan, kimlardir yetib, kimlardir yetolmagan ozod va obod mustaqil Vatan bag‘rida tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz. O‘zbekiston tarixan juda qisqa vaqt mobaynida o‘z kuchi va salohiyatiga ega, o‘z yeri, tinch va osoyishta hayotini himoyalashga qodir, jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy, mustaqil, suveren davlatga aylandi! Bu esa har birimizning qalbimizni faxr va iftixorga to‘ldiradi…

Dars musobaqa tarzida o‘tkaziladi. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Mavzudan kelib chiqib, o‘z guruhlariga «Mustaqillik», «Tinchlik», «Bolalik» kabi nomlarni tanlashlari mumkin. Guruh ichida sardorlar tayinlanadi va shiorlar e’lon qilinadi.


Download 323,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti