Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

sotsiologik yo’nalish
. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida 
jamiyat taraqqiyotida axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib, 
jamiyatda shakllanayotgan ijtimoiy ong yo’nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va 
oqimlarini o’rganishni yo’lga quyish, aholi turli qatlamlarining qarashlari, kasbiy va 
boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikrlash tarzini aniqlab borish zarur. 
Ikkinchidan, 
statistik yo’nalish
. Ko’pmillatli mamlakatda, xususan, 130 dan ortiq 
millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatayotgan 
O’zbekistonda millatlararo va dinlararo mojarolarni, turli siyosiy manfaatlar va 
buzg’unchi g’oyalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo’lgan siyosiy nizolarni o’rganib 
borish. Bu borada aniq hisob-kitoblarga, tahliliy echimlarga ega bo’lishi darkor. 
Uchinchidan, 
siyosiy konfliktologiya va siyosiy psixologiya
. Axborot-psixologik 
xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg’unchi g’oyalar inson ongi va tafakkuriga o’z 
ta’sirini o’tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqishi ehtimol bo’lgan 
manbalarni o’rganish, omillarni aniqlash hamda buning natijasida jamiyatda 
shakllanishi mumkin bo’lgan jamoatchilik fikri, siyosiy qarashlar, ruhiyat – ijtimoiy-
siyosiy psixologiya izchil ravishda o’rganib borilmog’i lozim. 
To’rtinchidan, 
mantiqiy-tizimiy va funktsional tahlil
. Axborot tizimi, xususan, 
axborot-psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi sifatida 
baholanishi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondashib, ilmiy-tahliliy, nazariy va 
amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig’iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi 
ta’sirida shakllanayotgan ijtimoiy fikrni fan nuqtai nazaridan izchil o’rganish, uning 
predmeti va metodologiyasini ishlab chiqish muhim bo’lib qoldi. 
Beshinchidan, 
axborot tizimida milliy istiqlol g’oyasining ustuvorligi.
Har 
qanday fuqaro axborot bozoridan “mahsulot“ tanlash jarayonida uning qalbida, 
ruhiyati, kayfiyati, fe’l-atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi xatti-harakati 
va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta’minlash lozim. 
Albatta, O’zbekistonda mustaqillikning o’tgan yillari mobaynida ommaviy axborot 
kommunikatsiyasi sohasida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo, har bir 
fuqaroning so’z va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitutsiya va 
tegishli qonunlar bilan kafolatlandi. Ommaviy axborot vositalari to’g’risida bir qator 
qonunlar yaratildi va amalda qo’llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko’paydi. 
Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o’ziga xos 
taraqqiyotidan dalolat beradi. 
Shu bilan birga O’zbekiston jahon axborot tizimidan foydalanishning eng 
zamonaviy va tezkor texnologiyasini joriy etmoqda. Bu nafaqat davlat va 
hokimiyatning, rasmiy idoralarning, balki nodavlat-notijorat tashkilotlar, hatto alohida 
fuqarolarning dunyo axborot bozoriga emin-erkin kirishi va undan bemalol 
foydalanishiga imkon beradi.


99 
Hozirgi zamon axborot tizimida shunday hodisalar mavjudki, unga qarshi chiqish u 
yoqda tursin, uni boshqarish, tartibga solish ham mumkin bo’lmay qolmoqda. Demak, 
bunday sharoitda eng maqbul va samarali usullarni ishlab chiqish zarur. Jumladan: 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish