Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик


Takrorlash uchun savollar



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

Takrorlash uchun savollar 
1.
Inson – ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy tizimlar asosi. 
2.
Insonning psixologik holati uning bilimi, tajribasi, ishonchi va moddiy 
farovonligiga bog’liqligi. 
3.
Axborot asrida ommaviy axborotni qabul qilish va uni o’zlashtirishda inson 
mustaqilligining oshishi. 
4.
Inson ongi uchun kurash geosiyosatning yo’nalishi sifatida. 
5.
Inson ruhiyatida onglilik va beixtiyoriy ongning nisbati va ko’rinishlari. 
6.
Shaxs – axborot yordamida ko’rsatilayotgan ta’sirning asosiy ob’ekti. 
7.
Shaxsning axborot xurujlaridan davlat va jamiyat tomonidan himoyalanishi 
zarurligi. 
8.
Shaxsning o’z-o’zini himoyalash mexanizmlari va ularni amalga oshirish 
yo’llari. 
Seminar uchun savollar 
1. Axborot asrida shaxsning axboriy mustaqilligi. 
2. Shaxsga axborot-psixologik ta’sir etish yo’llarining ko’pligi va imkoniyatlari. 
3. Axborot asrida shaxsga ta’sir etish yo’llari ko’pligi sababli uni axborot 
xurujlaridan davlat va jamiyat himoyalashi zarurligi.
4. Shaxsni himoyalash usullariga tavsif. 


88 
7-bob. AXBOROT ASRINING MAFKURASI. MILLIY MUSTAQILLIK
G’OYASI – O’ZBEKISTONDA AXBOROT–PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNING 
ASOSI 
1. Mafkura tushunchasiga talqinlar. Globallashuv davrida mafkuraning o’rni 
va roli 
Axborot sohasida kurash asosan mafkuraviy shaklda amalga oshiriladi, chunki 
axborot-psixologik xavfsizlikning markazida mafkura masalasi turadi. Shuning uchun 
yangi zamonda mafkuraning mazmuni, o’rni va ahamiyatini aniqlamasdan, axborot-
psixologik xavfsizlikni ta’minlab bo’lmasligini anglab olish o’rinli bo’lardi. 
Ayrim olimlar axborot asrida mafkura tugaydi deb ta’kidlaganining o’zi bir 
mafkuradir. Masalan, postindustrial jamiyati nazariyasining asoschisi Deniel Bell 1960 
yilda “Mafkuraning intihosi” deb nomlangan kitobini chop etdi. Lekin turli mamlakatlar 
xalqlari, umuman kishilik jamiyati ongli inson paydo bo’lganidan beri mafkurasiz 
yashamagan va yasholmaydi. Xamma gap mafkura so’ziga qanday ma’no bag’ishlashda 
va undan qanday foydalanishda. 
Mafkura tushunchasi atrofida mulohazalar ko’p. Turli davrlarda turli 
donishmandlar, mutafakkirlar mafkura tushunchasini turlicha qabul qilgan va unga har 
xil ta’rif berishgan. Ularni umumlashtirilgan holda quyidagicha tasniflash mumkin: 
- ijtimoiy hayotda qadriyatlar, milliy xususiyatlar va tafakkur tarzining shakllanish 
jarayoni; 
- konkret ijtimoiy guruh yoki sinf uchun muhim bo’lgan g’oyalar tizimi; 
- hukmron hokimiyat tizimini legitimlashtiradigan g’oyaviy qurol; 
- ijtimoiy manfaatlarni o’zida ifoda etgan tafakkur shakli; 
- ijtimoiy zaruriyat darajasidagi illyuziya; 
- e’tiqodlar tizimini muvofiqlashtiruvchi g’oyaviy faoliyat va boshqalar. 
Demak, mafkura mazmun-mohiyatiga ko’ra jamiyatda ma’lum bir maqsadni 
ko’zlagan, jamoatchilikni unga ishontiradigan, yo’naltiradigan, safarbar etadigan 
g’oyalar tizimidir. Mafkura odamlar ongiga yo’naltirilgan so’zlar, ya’ni axborot uzatish 
yordamida amalga oshiriladi. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, mafkura bir qator 
jamoaviy vazifalarni bajaradi. Jumladan: 

kognitativlik
(anglash) vazifasi. Bunda mafkura ijtimoiy guruhlar yoki ma’lum 
bir aholi qatlami ongiga ta’sir etish yo’li bilan ilgari surilayotgan g’oya mazmunini, 
mohiyatini va maqsadini anglashga da’vat etadi; 


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish