Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

Birinchidan

bevosita texnika tufayli ularning iste’molchiga ro’para bo’lish imkoniyati keskin oshadi. 
Kimningdir hududida ommaviy axborot tarqatilishiga asrlar davomida to’siq bo’lib 
kelgan davlat chegarasi endi bu vazifani bajara olmay qoldi. Jarayon davomida radio va 
televidenie yoki Internet materiallariga aylanadigan elektr signallari har qanday g’ovni 
osongina engib o’tadi. 
Ikkinchidan
, axborot sifat jihatidan ham turli-tuman bo’lib borayapti. Axborot 
etkazish texnologiyasi va axborot sifati uni ishlab chiqaruvchilarga aynan o’z mahalliy 
auditoriyasini topishga va davlat hamda uning tuzilmalarini chetlab o’tgan holda, shu
“mijozlari” bilan bevosita ish olib borishga imkon beradi. Bu borada ommaviy axborot 
va ishora-ma’lumotnoma materiallar shu darajada ko’pki, har qaysi iste’molchi o’zini 
qiziqtirgan manbani topishi va xohlagan axborotni olishi mumkin. Hozirgi paytda 
ommaviy axborotni ishlab chiquvchilar istalgan mamlakatdagi har qanday siyosiy 
qatlamni: talabalar, o’rta yoshdagilar, pensionerlar va boshqa toifalarni o’z mahsuloti 
bilan ta’minlashga qodirdirlar. 


79 
Turli mamlakatlardagi auditoriyaning turli segmentlariga ommaviy axborotni bu 
tarzda tabaqalashtirib, aniq manzilni mo’ljallab etkazib berish zamonaviy 
geosiyosatning muhim unsuri bo’lib qoldi. Ilgari fuqarolar ongi uchun kurash asosan 
har kimning o’z mamlakati doirasi bilan chegaralangan edi. Bugungi kunda bunday 
kurash globallashib ketdi. Bunga zamonaviy axborot texnologiyalari hal qiluvchi hissa 
qo’shdi. Natijada texnologiyalarga egalik qiluvchi mamlakatlar o’z qadriyatlari keng 
qamrovli va hammabob mazmunga ega ekanligi haqidagi fikrga borib, ularni butun 
dunyo bo’ylab ochiqdan-ochiq targ’ib qilishga kirishdilar. Bunday ish barcha kanallar: 
televidenie, radio, gazeta, jurnallar orqali, axborot agentliklari va matbuot markazlari 
yordamida olib borilmoqda. Internet ommaviy axborotni joylashtirish uchun yangi, 
qudratli va haqiqatdan ham chegara bilmas vosita bo’lib qoldi.
Mamlakat o’z aholisini unga yot axborotdan himoyalashni tashkil etishi uchun 
inson xulqidagi onglilik va beixtiyoriy onglilik omillarining nisbati masalasini aniqlab 
olishi juda muhimdir. Uzoq davr mobaynida individdagi onglilik ustun hisoblanib 
keldiki, bu uning tabiatidagi beixtiyoriy ongni bilishga to’sqinlik qilib turdi. Albatta, 
bundan yuz yil muqaddam ham insonda beixtiyoriy ongning ustun ekanligini 
isbotlovchi asarlar, misol uchun, Gyustav Lebon asarlari chiqib turardi. Biroq toki 
Zigmund Freyd va Karl Yung inson psixikasidagi beixtiyoriy ong mohiyatini ochib, 
mazkur murakkab ilmiy muammoni uzil-kesil hal qilib bermagunlaricha mutaxassislar 
uzoq vaqt bu fikr bilan murosa qilmay keldilar. Endilikda inson psixikasida beixtiyoriy 
ong shak-shubhasiz etakchilik qilib, haqiqiy onglilik uchun zamin xizmatini o’tashi 
isbotlab berilgan fakt hisoblanadi.
Bundan tashqari, olimlar inson psixikasidagi onglilik va beixtiyoriy onglilikka doir 
turli nisbatlarni keltiradilar. Ba’zilar hatto beixtiyoriy ong haqiqiy ongga 90G’10 foiz 
nisbatda degan fikrdadirlar. Ushbu masalada biror aniq raqamni aytish, qiyin, albatta. 
Ustiga-ustak, bu aniq individlarga bog’liq hodisa. Biroq, o’ylashimizcha, inson 
xulq-atvoridagi beixtiyoriy unsur kamida uchdan ikki hissaga teng deb taxmin qilsak, 
xato bo’lmasa kerak. Bu, ayniqsa, Internet, audio-video vositalari va matbuot 
ma’lumotlarining ommaviy ong tomonidan qabul qilinishida yaxshi ko’zga tashlanadi. 
“Ommaviy ong – ijtimoiy ongning zamonaviy tipdagi jamiyatlarda keng yoyilgan 
va g’oyat muhim ahamiyatga ega o’ziga xos turi. Sinfiy, milliy, kasbiy va boshqa 
guruhiy ijtimoiy ong shakllariga o’xshab, ommaviy ong o’zining gnoseologik 
xususiyatlari (mazmuni, darajasi hamda voqelikni aks ettirish jihati) bilan ajralmay, eng 
avvalo, uni tashuvchining, sub’ektning xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunda 
jamiyatning muayyan guruhlari (sinflar, millatlar va hokazo) tashuvchi ijtimoiy ongning 
yuqorida sanab o’tilgan shakllaridan farqli ravishda ommaviy ong holatida 
individlarning “omma” deb ataluvchi alohida majmui (ko’pligi, jamoasi) shunday 
sub’ekt sifatida maydonga chiqadi. Ommaning o’zi singari, ommaviy ong ham 
zamonaviy tipdagi jamiyatlarda birinchi navbatda asosiy shart-sharoitlarning, odamlar 
hayotiy faoliyati shakllarining (ishlab chiqarish, iste’mol, muloqot, ijtimoiy-siyosiy 
ishtirok, dam olish sohalari) ommalashuvi jarayonida vujudga keladi va shakllanadiki, 
bunday ommalashuv bir xil yoki shunga o’xshagan intilishlar, qiziqishlar, ehtiyojlar, 
ko’nikmalar, moyilliklar va hokazo jihatlarni yuzaga keltiradi”
1

1
Новая философская энциклопедия. 4 жилдлик. Таҳрир кенгаши: Стёпин В.С. (раис) ва бошқ. 2-ж. – М.: “Мысль”, 
2001. – Б. 503-504. 


80 
Shundan xulosa qilish mumkinki, individ omma orasida bo’lganida, uning 
ommaviy kommunikatsiya vositalari xabarlarini tanqidiy qabul qila boshlashi sezilarli 
darajada pasayadi. Psixik yuqtirish jarayoni sababli boshqa kishilar ta’siri ostida u 
axborot mazmunini o’shalarga o’xshab qabul qiladi, garchi mazkur masalada ancha 
mustaqil bo’lishi lozim esa-da. Har holda inson tabiati va uning OAV xabarlarini qabul 
qilishidagi qonuniyat ana shunday. 
Individga axborot-psixologik ta’sir ko’rsatish yo’llari va shakllari juda ko’p bo’lib, 
ularga bitta mavzu doirasida ta’rif-tavsif berish imkonsizdir. Ularning asosiylarini sanab 
o’tamiz. Ta’sirning barcha turlari universal shaklda hissiy va ratsional, ifodali va 
mantiqiy ta’sirlarni o’zida umumlashtiradi. Hissiy ta’sir obrazlar, hissiyotlar, 
tasviriy-ifodali va satirik-yumoristik vositalar yordamida amalga oshiriladi. O’z 
navbatida, ratsional ta’sir fikr yurgizish mantiqi va bayon etish mantiqiga bo’linadi. 
Yuqorida zikr etib o’tilgan ta’sir ko’rsatish uslublarining har biriga oid ko’plab 
adabiyotlar mavjud, shuning uchun ular haqida to’xtalib o’tirmaymiz. 
Shunday qilib, biz individga ta’sir ko’rsatishning ko’plab uslublaridan ayrimlari 
haqida so’z ochdik, xolos. Bundan tashqari, “mayin” targ’ibot, manipulyativ 
texnologiyalar va allaqancha hokazo uslublar mavjud. 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish