Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик


Inson ongi uchun kurash – geosiyosatning bosh yo’nalishi. Individning



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

2. Inson ongi uchun kurash – geosiyosatning bosh yo’nalishi. Individning 
psixologiyasi ochiq tizim sifatida 
Ong murakkab mazmunga va tuzilishga ega sifat hisoblanadi. Ushbu tushunchani 
etarlicha anglab etmasdan turib, insonning yurish-turishidagi uning rolini tasavvur qilish 
qiyin. Mazkur masalani izohlab beruvchi ayrim manbalarga murojaat qilaylik. 
“Katta psixologik entsiklopediya” (“Bolshaya psixologicheskaya entsiklopediya”) 
mualliflari shunday yozishadi: “Ong – ob’ektiv voqelikka munosabat bildirishning 
insonga xos shakli bo’lib, bu ijtimoiy-tarixiy amaliyot unsurlari vositachi, oraliq omil 
sifatida qabul qilinishida ifodalandi, inson olamning ob’ektiv (umum tomonidan qabul 
qilingan) manzaralarini shularga asosan quradi. Falsafa nuqtai nazaridan ong inson 
faoliyatining ob’ektiv mazmuniga (moddiy shart-sharoitlar, narsalar, hamda 
vositalarga) qarama-qarshi ravishda bu faoliyatning sub’ektiv jihati (maqsadga 
muvofiqligi) hisoblanadi”
1

Bu erda ongni ta’riflashda psixologlar va faylasuflar o’rtasida ma’lum farq borligi 
bejizga eslatilmagan. Haqiqatan ham, faylasuflarning ongni tushunishida go’yoki ongga 
ega inson uni o’ziga bo’ysundirishda erkin ekanligi to’g’risidagi kuchli sub’ektiv jihat 
mavjud. Amalda esa garchi ong inson miyasining sifati bo’lsa ham, unga har doim va 
to’liq ravishda bo’ysunavermaydi. Psixologlar tomonidan qayd etilgan bu jihat butun 
ushbu darsligimiz uchun muhim nuqta hisoblanadi. Ongni to’g’ri tushunibgina 
qolmasdan, uni qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilish ham kerak.
Qiyoslash uchun “Falsafiy entsiklopedik lug’at” (“Filosofskiy entsiklopedicheskiy 
slovar”) mualliflarining fikrini keltiramiz: “Ong – falsafa, psixologiya va 
sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, ijtimoiy mavjudot bo’lgan 
insonning oliy darajadagi psixik faolligini bildiradi. Bu faollikning o’ziga xosligi 
shundan iboratki, reallikning o’ta ta’sirchan va aqliy timsollar shaklidagi ifodasi 
insonning amaliy xatti-harakatlarini oldindan sezib, ularga aniq bir maqsadga 
yo’nalganlik xarakterini baxsh etadi. Bu dastlab amaliyot sohasida, so’ngra esa ichki 
planda tasavvurlar, fikrlar, g’oyalarda hamda ongning mazmunini tashkil qiluvchi 
hokazo ma’naviy fenomenlarda voqelikning ijodiy qayta o’zgartirilishini taqozo 
qiladiki, bunda ong madaniyat mahsulotlarida (jumladan, til va boshqa muhim 
tizimlarda) gavdalanib, ideal shakl kasb etadi va bilim sifatida maydonga chiqadi”
2
.
Iqtibos keltirishni davom ettiraverish mumkin, lekin masalaning mohiyati ravshan 
bo’ldi, deb o’ylaymiz. Psixologlar bilan faylasuflar bosh masalada kelisha olmaydilar. 
Psixologlar ongni passiv-faol jihat deb bilsalar, faylasuflar ongni faol, zero, inson uning 
yordamida voqelikni qayta o’zgartiradi, deb hisoblaydilar. Bu erda insonlarning faol, 
qayta o’zgartiruvchilik sifatlarini turli darajalarga ajratish lozim ko’rinadi. Jamiyatning 
kamsonli a’zolarigina yuksak darajadagi qayta o’zgartiruvchilik faoliyatiga egadirlar. 
1
Большая психологическая энциклопедия. Муаллифлар жамоаси: Альмуханов А.Б., Гладков Е.С., Есина Е.В. ва 
бошқ. – М.: ЭКСМО, 2007. – Б. 433. 
2
Философский энциклопедический словарь. Бош муҳаррирлар: Ильичев Л.Ф., Федосеев Н.П., Ковалев С.М. ва 
бошқ. – М.: “Сов. Эниклопедия” , 1983. – Б. 622. 


78 
Insonlarning aksariyat ko’pchiligiga esa voqelikni o’zlarining shaxsan turmush 
kechirishlarini ta’minlaydigan darajada yashashlariga yordam beradigan tarzdagi passiv 
ong xosdir. Bundan amalda jamiyatning kichik bir qismigina yuksak ongli faollikka ega 
bo’lib, qolganlar esa faqat iste’molchilar, jumladan, ma’naviy mahsulot, xususan, 
ommaviy axborot iste’molchilari ekanligi kelib chiqadi. 
Bu fikrlardan inson psixologiyasi, yoki, kamida, aksariyat ko’pchilik kishilar 
psixologiyasi istalgan mazmundagi axborot ta’siriga duchor qilinishi mumkin bo’lgan 
ochiq tizimdir, degan muhim xulosa chiqadi. Individning ongi, modomiki u inson 
ijtimoiy faoliyatining natijasi, guruhiy izlanishlar va olingan bilimlar mevasi hisoblanar 
ekan, tashqi ta’sir uchun ochiq bo’lmasligi hech mumkin emas. Mutlaq ma’noda 
olganda, ijtimoiy axborot har doim individ tomonidan qabul qilinadi va unga so’zsiz 
ta’sir o’tkazadi. Ommaviy axborot turli darajada ijobiy yoki salbiy bo’ladi. O’z 
navbatida, insonning amalda yurish-turishini ko’p jihatdan individ muayyan holatda 
qabul qilgan va o’zlashtirgan aniq axborotning mazmuni taqozo qiladi. 
Bunday ahvol inson to’g’risidagi faol, o’z xatti-harakatlarini nazorat qila biladigan 
ongli mavjudot degan an’anaviy tushunchani o’zgartirib yuboradi. Bundan kelib 
chiqadiki, biz ishonch hosil qilganimizdek, ochiq, qabul qiluvchi ongga ega bo’lgan 
individlarni ham salbiy, buzg’unchi ommaviy axborot ta’siridan muhofaza qilish kerak 
ekan.
Axborot asrida individni va jamiyatni manfiy ma’lumotlardan muhofaza qilish 
zaruriyati keskin oshadi va murakkablashadi. Bunday davr ommaviy axborotni nazorat 
qilish ishining ahvolini tubdan o’zgartiradi. Axborot texnologiyalarining soni va sifati 
jadal oshib borishi ularga egalik qiluvchilarning nafaqat o’z mamlakatlari, balki butun 
dunyodagi fuqarolarga ta’sir o’tkazish imkoniyatlarini cheksiz-chegarasiz qilib qo’yadi.
Bugungi kunda ommaviy axborot hadsiz miqdorda ishlab chiqarilib, sayyoramiz 
bo’ylab juda katta tezlikda tarqatilmoqda. Biroq bu ishni faqat shunday 
texnologiyalarga ega bo’lgan mamlakatlar amalga oshira oladi. Boshqa davlatlar esa bu 
borada ularga bevosita bog’liq bo’lib qolishayapti. Shu boisdan inson ongi uchun, uning 
muayyan ideallarga tarafdorligi uchun kurash hozirgi zamon geosiyosatining eng 
muhim masalasiga aylandi.
Axborotlashgan davrda ommaviy axborot manbalari uchun individlar bilan 
to’g’ridan-to’g’ri ish olib borish imkoniyati sezilarli darajada yuksaladi. 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish