Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

3.
 
Dunyo axborot makonida davlatlarning o’zaro hamdo’stligi va kurashi 
Bugungi kunda butun dunyo yaxlit bir axborot makoniga aylandi, chunki Internet 
shunday vazifani uddalashga qodir bo’lib chiqdi. Shu tufayli sayyoramiz misoli turli 
mamlakatlar ma’lum chiziqlar bo’ylab har xil tezlikda, tegishli belgilarga rioya qilib 
harakatlanadigan yagona axborot shox yo’liga o’xshab qoldi.
Butun jahon bugun o’zaro axborot yo’llari, chorrahalari va svetoforlar orqali 
birlashtirilgan yaxlit axborot makonida yashamoqda. Ushbu yo’llardan yo’l xavfsizligi 
qoidalariga (ya’ni Internetning texnik protokollariga) amal qilmasdan yurish mumkin 
emas.
Elektron axborot olami cheksiz va keng imkoniyatli bo’lib, axborot sohasida milliy 
xukumatlarning har qanday qarshiligini enga oladi. Axborot oqimlarini to’xtatib yoki 
taqiqlab bo’lmaydi. Yopiq davlat dunyo axborot makonida (DAM) faqat vaqtinchalik 
bir orolga aylanishi mumkin. Ammo axborot biribir turli yo’llar orqali ushbu orolga 
kirib keladi, chunki u moddiy jism emas, efirdir.


43 
DAM cheksiz, texnologiyalar esa o’ta kuchli va beadabdir. Hayo, or-nomus ularni 
qo’llanadigan odamlarda bo’lmog’i darkor. Shuning uchun texnologiyalarni ishlatish 
madaniyati bugungi kunda birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Kurrai zaminga o’xshab axborot makoni ham yaxlitdir. Ammo er sharining usti 
suv, tuproq, qum, tog’lar va o’rmonlardan iborat bo’lgani kabi, DAM ham turli ranglar 
(axborot jadalligi)dagi qismlardan iborat. Ular orasida eng yorqin buyoqlar AQSh va 
G’arbiy Evropa hududlariga tegishli bo’lsa, texnologiyalar bilan eng kam ta’minlangan 
go’sha – er kurrasining eng katta qit’asi sanalmish Afrikadir.
Bunday global miqyosdagi tengsizlik ko’plab har taraflama natijalarga, jumladan, 
salbiy oqibatlarga ham olib boradi. Texnologiya jihatidan baquvvat davlatlar kompyuter 
tarmoqlari orqali, sun’iy yo’ldoshli va simli bog’lanishlar natijasida o’z axborot 
oqimlarini bemalol katta miqdorlarda sayyoramizning turli joylariga, jumladan,
texnologiyalarga ega bo’lmagan mamlakatlar hududlariga yuborib turishlari mumkin. 
Bunday imkoniyatlarga esa er yuzi aholisining etti milliardidan faqatgina bir milliardi 
(“oltin milliard” nomini olgan qismi) ega, xolos. Qolganlarning ruhiy dunyosi va 
ma’naviy hayoti esa ushbu bir milliardning istaklariga bog’liq bo’lib qolmoqda. 
Shu bilan bir qatorda er yuzidagi davlatlarning axborot bilan ta’minlanish 
intensivligi o’zgarib boryapti. Masalan, u juda katta hududlarga ega bo’lgan Xitoy va 
Rossiyada asta-sekinlik bilan oshmoqda
.
Ammo AQSh va G’arbiy Evropa ham bir 
joyda to’xtab qolgani yo’q. Ular ushbu poygada oldingi saflarda borishayotir va bunday 
peshqadamlikni boy bermoqchi emaslar. Buning oqibatida sayyoramiz mamlakatlari 
o’rtasidagi raqamli tengsizlik kundan-kunga kuchaymoqda. 
DAM – bu kurrai zamindagi real holat tasviri. Ammo bu erda gap faqat virtual 
tushunchalar, elektron shaklidagi ifoda haqida ketmoqda. Elektron jismlar o’ta kichik 
bo’lganligi sababli unda aks etgan ifodaning keng qamrovligini tasavvur qilish ham 
qiyin. Mutaxassislardan biri Internetning global tizim sifatidagi umumiy fizikaviy 
sig’imini shartli ravishda hisoblab chiqib, unga 600 mln tarmoqni joylashtirish mumkin, 
degan xulosaga keldi. Bu er yuzida yashovchi har bir odam Internetda o’z saytiga ega 
bo’lishi mumkinligini bildiradi. Demak, Internet haqiqatdan ham dunyo axborot 
makonidir. 
DAM davlat chegaralariga mos keladigan milliy sektorlardan iborat. Internetning 
tabiiy va qulay tarzda shakllangan ko’rinishi ana shunday. Bu erda har bir davlat, uning 
barcha institutlari, turli guruh va shaxslar o’z materiallarini joylashtirishi mumkin. 
Internetda axborotni erkin, cheksiz, birovga hisobot bermasdan tarqatish 
mumkinligi sababli virtual maydonda nafaqat boshqalarga kerak bo’lgan, shu bilan bir 
qatorda tarqatuvchi nuqtai nazaridan foydali deb topilgan, aslida esa ikkinchi darajali 
ma’lumotlarni yoyish amaliyoti ham keng uchrab turadi. Gohida ayrim axborot 
tarqatuvchilar shu kabi ikkilamchi ma’lumotlarni boshqalar uchun foydali va hatto 
majburiy deb ham hisoblaydilar. Bunday siyosat davlatlar miqyosida ham bemalol olib 
boriladi. Shunday davlatlar borki, boshqa mamlakatlar ham bizning milliy 
qadriyatlarimizni o’zlashtirishlari shart deb hisoblashadi. Ularning fikrlashicha, 
boshqalar bu qadriyatlar afzalligini tushunmaydilar yoki mahalliy hukumatlar ularning 
o’z xalqlari tomonidan o’zlashtirilishiga yo’l qo’ymaydilar. Axborot tarqatuvchi 
davlatlar shunday bahona bilan o’z qadriyatlarini boshqa mamlakatlar aholisiga 
majburiy ravishda singdirishga harakat qiladilar. Guyoki boshqa mamlakatlar o’z 
rivojlanishida orqada qolib, demokratik tuzum yutuqlaridan foydalana olmayotgan 
emishlar. Shu tariqa inson xuquqlari imperializmi deb nom olgan tajovuz yuzaga keladi. 


44 
Axborot davri texnologiyalarining rivojlanishi sayyoramiz hududining geosiyosiy 
kurash maydoniga aylantirilishi, texnikaviy jihatdan ustun davlatlar o’z qadriyatlarini 
keng tarqatishlari uchun imkoniyat yaratdi. Ushbu maydonda o’zgalar g’oyasi rad 
etiladi, qabul qilinmaydi (masalan, Rossiya g’oyalari AQSh tomonidan yoki aksincha) 
va bu normal holat deb tushuniladi. Aslida, er kurrasi bundan avval, “sovuq urush” 
davrida ham geosiyosiy kurash maydoniga aylangan edi. “Sovuq urush” tugashi bilan 
kommunistik va kapitalistik mafkuralar o’rtasidagi raqobatga yakun yasalgan bo’lsa-da, 
milliy dunyoqarash hamda tsivilizatsiyalar o’rtasidagi kurash davom etdi. Boshqacha 
aytganda, global miqyosda qarama-qarshilik saqlanib qoldi, faqat endi u avvalgidek 
yaqqol mafkuraviy bo’linishdan iborat bo’lmay, endi tafovutlar madaniy, tamadduniy 
mazmun kasb etdi. 
“Kimki bizning ustimizga qilich ko’tarib kelsa, o’sha qilichdan halok bo’lg’usi”,
deyiladi Injilda. Ammo axborot globallashuvi bu dono so’zlarni ma’lum darajada inkor 
qilmoqda, chunki so’z quroli ko’zga unchalik tashlanmasligidan o’sha qurolni 
boshqalar ustiga ko’tarib kelganlar undan jazo topmay qolyaptilar.
Zamonaviy xalqaro munosabatlar turli xavf-xatar va tahdidlardan iborat. Ularning 
ta’siri ham turlicha. Nazarimizda, eng tezkor xavflar jumlasiga siyosiy va mafkuraviy 
tahdidlarni kiritsak, mantiqan to’g’ri bo’ladi. Chunki bunday xavf-xatarlar bevosita 
inson manfaatlari, xohishlari va ehtiroslari bilan bog’liq. Texnikaviy va iqtisodiy 
rivojlanish bilan vobasta xavflar oldini olish uchun esa ancha vaqt talab qilinadi. 
Tahdidlar ta’sir o’tkazish ob’ekti nuqtai nazaridan ham bir-biridan farqlanadi. Bunday 
ob’ektlarning eng zaifi insondir, chunki uning psixikasi ochiq, turli ta’sirlarga tez va 
to’liq beriluvchan tizim hisoblanadi. 
DAM notinchlik holatining yana bir sababi – har bir mamlakat dunyo miqyosida 
o’z qadriyatlarini o’tkazishga harakat qilishidir. Bunday intilishlarning boshida AQSh 
turibdi. DAMning faol a’zolari sifatida yana Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, 
Germaniyani keltirish mumkin. Sayyoramizdagi aksariyat mamlakatlar aholisi 
ommaviy axborotni passiv qabul qiluvchi, muayyan g’oyaga ishonuvchi yo 
ishonmaydigan o’quvchi, tinglovchi va tomoshabinlardan iborat auditoriyadir. 
Boshqacha aytganda, dunyo aholisi u yoki bu tarzda axborot devlari (monstrlari) kurashi 
doirasiga tortilgan. 
Xalqaro geosiyosiy maydonda hech bir davlat boshqa bir davlat siyosatini 
to’laligicha va so’zsiz qabul qilmasligi hamda amalga oshirmasligi ravshan. Har qaysi 
mamlakat xalqaro munosabatlarda eng avvalo o’z manfaatlarini ko’zlashga va DAMda 
o’z nuqtai nazarini o’tkazishga harakat qiladi. Buning natijasida xalqaro geosiyosiy 
maydonda tabiiy ravishda karama-qarshilik vujudga keladi. Hozirgi sharoitda ko’pgina 
davlatlar o’z qadriyatlarini dunyo hamjamiyati hayotiga tatbiq etish uchun an’anaviy 
quroldan voz kechib, axborot qurolini ishlatishga o’tgan.
G’oya va fikrlar bilan “kaynab” turgan DAM O’zbekistondek mamlakat uchun bir 
qator xavflarni tug’diradi. Bugungi kunda DAM davlatimiz mustahkamligini siyosiy
iqtisodiy, moliyaviy, mafkuraviy, texnikaviy, ilmiy, ta’limiy, milliy va boshqa 
ko’rsatkichlar orqali sinab kelmoqda. Ushbu ko’rsatkichlarning har biri bo’yicha 
O’zbekiston haqida xorijiy OAV va Internetda ko’pgina maqolalar chiqib turibdi. 
Ularning kuchi yoki zaifligi nimalardan iborat? Bu savolga to’g’ri javob berish muhim 
ahamiyatga ega. 
Ushbu materiallarning kuchliligi yoki zaifligi tanlangan mezonlarga asosan 
aniqlanadi. Rivojlangan mamlakatlar kuchi ular qo’lidagi texnologiyalarda bo’lsa, 


45 
bizning kuchimiz – noyob madaniyatga ega ekanligimizdadir. Agar vaziyatni 
texnologiyalar jihatidan ko’rib chiqmoqchi bo’lsak, aytish mumkinki, taraqqiy etgan 
mamlakatlar O’zbekistonni axborot oqimlariga ko’mib tashlay oladi. Mazkur 
munosabatlarni madaniy-tarixiy yutuqlar nuqtai nazaridan o’lchasak, unda O’zbekiston 
dunyoda uncha ko’p bo’lmagan – Xitoy, Xindiston, Eron, Gretsiya, Italiya qatori – 
noyob madaniyat va turmush tarzi egasi bo’lib chiqadi. Bugungi kunda axborot 
jihatidan kuchlilik hali AQSh, Buyuk Britaniyaga o’xshagan davlatlar tarixiy 
musobaqani qaytarib bo’lmas darajada yutib chiqdi degani emas. 
DAMda faol bo’lgan axborot egalarining maqsadi – o’z siyosiy normalari, 
madaniyati va turmush tarzini dunyo hamjamiyati hayotiga singdirishdir. Bu 
peshqadamlar fikricha, ular juda to’g’ri yashashayapti, boshqalar esa ularning hayotini 
o’rganib, xuddi shu zaylda yashashlari shart. Lekin ularning turmush tarzida nima 
yaxshi-yu, qancha vaqt davomida yaxshiligicha qoladi, nimani o’zlashtirsa bo’ladi-yu, 
nimadan voz kechish kerak – shu kabi savollarni ko’pchilik o’ziga bermaydi va ularga 
javob ham qidirib o’tirmaydi. Holbuki, mazkur masalani chuqur o’rganish bugungi 
kunda turli xalqlarning turmush tarzini baholash mezonlarini jiddiy o’zgartirishi 
mumkin. 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish