Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/80
Sana10.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#909789
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik

Media, madaniy va kasbiy-ijtimoiy darajadagi nomutanosiblik.
Butun er kurrasini 
o’rab oladigan aloqa tarmoqlarining yoyilishi texnologik sabablar, xususan, sun’iy 
yo’ldosh aloqasini, telekommunikatsiya uskunalarini takomillashtirish taqozosidir. 
Boshqa tomondan, yuz berayotgan jarayonlar tahlili iqtisod, madaniyat va media 
mahsuloti o’zaro chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatmoqda. Korxonalar birorta 
muhitga kirib borishlari, yangi mintaqa, iste’molchilarni topishlari uchun o’zlari taklif 
qilayotgan tovarlar va xizmatlar yaxshi qabul qilinishini ta’minlaydigan ramziy shakl, 
imij aktsiyalaridan foydalanadilar. Reklama, kliplar, filmlar, musiqali lavhalar, 
hazil-mutoyiba, san’at, modalar namoyishi – bularning bari bozor, korxona, davlat 
manfaatiga xizmat qildirilgan. Brendlar, markalar, firma belgilari muayyan 
korporatsiya, tashkilot, mashhur kishining jozibali timsolini yaratishga imkon beradi. 
Global infosferaning vujudga kelishi, o’z navbatida, bir qator muammolarni hosil 
qildi. Media TMK yangi ramziy (yoki turli mazmundagi) muhit, matn va efir materiali, 
barcha odamlar uchun birdek timsollar yaratilishiga, tomoshalar, kino va 
videomahsulotning ko’p adadlab chiqarilishiga olib keldi. Ko’plab musiqali, sport 
ko’rsatuvlari, shou-biznes, moda dunyo bo’ylab yoyildi. Bularning barchasi ijobiy 
mazmunga ega bo’libgina qolmay, hali qudratli aloqa bazasiga ega bo’lmagan yoki 
endigina xalqaro miqyosda tijoratchilik va tadbirkorlikka qadam qo’yayotgan 
xalqlarning milliy madaniyatlari va ijtimoiy yutuqlariga ma’lum darajada xavf soladi. 
Media sanoati mamlakatlarning axborot sohasida texnologiya jihatidan 
rivojlangan va kambag’al, qoloq mamlakatlarga ajratilishiga asos bo’ldi. F.Uebsterning 
qayd qilishicha, 1990-yillarda amerikaliklarning yigirmata filmi butun dunyoda eng 
ko’p daromad keltirgan filmlar bo’ldi. “Titanik”, “Samoviy urushlar”, “Qora libosli 
odam”, “Alouddin”, “Yura davri bog’i”, “Forest Gamp” va boshqa filmlar shular 
jumlasidandir. Ularning barchasi 500 mln dollar, “Titanik”ning bir o’zi esa 2 mlrd 
dollar daromad keltirdi. Germaniya, Angliya, Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Avstriya, 
AQShda – xullas, qaerdaki kino bo’lsa, hamma joyda ular etakchilik qilishdi. Shu tariqa 
talablari va munosabatlari turlicha auditoriyalarda umumiy ramziy muhit vujudga 
keltiriladi. Los-Anjeles va Londondan taralgan rok musiqa butun dunyodagi o’z 
muxlislarini kiyinish va eyish-ichishda o’z pirlariga taqlid qilishga majbur etadi. 
Kastels axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet va umuman multmedia 
ta’sirini har tomonlama qarab chiqadi. U elektron pochta ustunligi va qulayligini, 
elektron hamjamiyat paydo bo’lganligini, aloqa vositalari interfaolligini va boshqa 
holatlarni ajratib ko’rsatadi. Tarmoqqa kirish imkoni va unga kirishib ketish madaniyat 
uchun eng muhimdir. Kastels aytganidek, iste’molchi tarmoqqa bog’lanmagan ekan, u 
tarmoq jamiyati hayotida to’laqonli ishtirok eta olmaydi. Biroq olimda madaniy 
an’analar nuqtai nazaridan kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning ayrim oqibatlari 
xususida jiddiy o’ylar paydo bo’ladi. Unga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
joriy etishdan olinadigan madaniy samara demokratik kommunikatsiyalarning oddiy 


26 
imkoniyatidan ko’ra ancha jiddiy bo’lib tuyuladi. Tarmoqqa ulanganlik uchun uning 
mantiqi, tili, “o’tish ball”iga, kodirovkasi va dekodirovkasiga moslashish talabi tarzida 
narx qo’yiladi, deb yozadi u. 
Kompyuter tarmoqlari, Internet, televidenie singari ommaviy aloqa tizimiga 
muqobillik qiladi. Ular bir xillashtirilgan (homogenizatsiyalashtirilgan)
auditoriya 
uchun markazlashtirilgan ishlab chiqarish va ko’rsatish bo’lmish televideniega xavfdan 
darakdir. Internet paydo bo’lishiga qadar aloqa texnologiyalaridan foydalanish 
natijasida ijtimoiy hayotni bo’laklarga bo’lib ko’rsatish mayli paydo bo’lgan edi. Kabel 
va sun’iy yo’ldosh televideniesi bu jarayonni chuqurlashtirib yuborib, auditoriyaning 
turli bozorlari paydo bo’lishiga olib keldi. Bu ko’rsatish-eshittirish vositalari aniq 
maqsadli auditoriyaga ega bo’lgan holda, uni oldindan tanlangan axborot bilan 
ta’minlaydi. Natijada, bunday “tabaqalashtirilgan
va xilma-xillashtirilgan dasturlar” 
tomoshabinlarni ajratib tashlaydigan bo’ldi. Kastels kelajakda dunyo yaxlit bir global 
qishloq bo’lishini oldindan xabar bergan Maklyuenga e’tiroz bildirgannamo aytadiki, 
biz dunyoviy qishloqda emas, balki “alohida tabaqalashtirilgan kottejlarda” yashashimiz 
juda ehtimol ko’rinadi. Maklyuen fikrini o’zgartirib, u “meeage is the medium” -
“xabar berish vositasi - nomadir“, ya’ni media auditoriyaning turli doiralari nimani talab 
qilishsa, nimaga qiziqishsa, o’shani uzatadi, deb yozadi. Bu umummilliy televidenie 
qo’llab-quvvatlab turgan umumiy madaniyatni boy berish xavfini tug’diradi. Zotan, 
mediamagnat Rupert Merdokga tegishli New Corporation axborot mahsuloti voqealar 
ana shu tarzda rivojlanishini tasdiqlovchi dalillardan biridir.
Muayyan axborot mahsulotining turli doiralarga bo’lib tashlangan hamda 
o’yin-kulgi va xursandchilikka yo’naltirilgan auditoriyaga etkazib berilishi bilan 
bog’liq xonanishin, biqiq turmush tarzining roli oshib borayotganligi ham tashvish 
tug’diradi. Kastelsni xavotirga soladigan narsa shuki, turmushning asosiy qismini
ko’ngilxushlik tashkil qiladigan bo’lsa, bu shunga olib boradiki, odamlar, oddiy 
foydalanuvchilar interfaol muloqotni o’zlari amalga oshirmaydigan bo’lib qoladilar. 
Dasturlarni ishlab chiquvchilar, prodyuserlar, san’at va kinematografiya sohasi 
mutaxassislaridan iborat markazlashtirilgan kuchlar bunday muloqotni yo’naltiradigan 
bo’ladi. Tarmoq jamiyati muvaqqat cheklovlar borgan sari bekor qilina boradigan 
abadiy olamni vujudga keltiradi. Bu turmush tarzlarining emirilish, maromiylikning 
buzilish xavfini yuzaga keltiradiki, buning ustiga inson hayotining biologik bosqichlari 
hiyla-nayranglar domida qoladi. Inson go’yoki ikki xil makonda – kosmopolit sifatida 
global kenglikda, ma’lum etnik, mehnat guruhining vakili o’laroq mahalliy muhitda 
yashayotgandek taassurot tug’diruvchi holat jiddiy fiziologik zo’riqish keltirib 
chiqaradi. Birinchi holda u tarmoqda etakchi rol o’ynash, boshqaruv elitasi muhitida 
hukmronlik qilish uchun faol aloqa bilan mashg’ul bo’ladi. Ikkinchi holda u birlikni 
yo’qotmaslik, o’z guruhi, qarindosh-urug’laridan uzoqlashib ketmaslik uchun aloqa 
bog’lab turishi kerak bo’ladi. 
Televidenie va tarmoq auditoriyasi unga yo’naltirilgan materiallar, 
eshittirish-ko’rsatuvlar, ularning mazmuni, ta’sir ko’rsatish yo’sinlari jihatidan ham 
tashvish uyg’otadi. Evropada, hamonki sen siyosat bilan shug’ullanar ekansan, 
televidenie bilan ish ko’rmasliging mumkin emas, degan fikr taomilga aylanib qolgan. 
Davlat etakchilarining, saylov kampaniyasida qatnashuvchi nomzodlarning siyosiy 
chiqishlari ko’pincha ulkan bir shou tarzida beriladi. Ko’p hollarda bunday 
tomoshalarning personajlari ekranda real chiqishlar bilan navbatma-navbat ko’rsatib 
turiladi. Matn bilan audioko’rish yo’sinlarining bunday omixtaligi yangi virtual reallikni 


27 
yaratishga olib keladiki, o’z navbatida, bu muayyan tajriba bo’lib yashab qoladi. 
Kastelsning fikricha, multimedia – bu tizim bo’lib, unda reallik to’liq ilg’ab olingan va 
virtual obrazlarga, o’ylab topilgan olamga jo etilgan, ekranda aks etgan tashqi tasvirlar 
shu olamdagi qandaydir tajribadan xabar beribgina qolmasdan, o’zlari ham tajribaga 
aylanadi. 
O’ylashimizcha, Kastels ekran sanoati taraqqiyotining salbiy tomonlarini ham 
ma’lum ma’noda oldindan ko’ra bilgan. Bugungi kunda hayotiy tajribaga va uydirmani 
haqiqiy faktdan ajratish ko’nikmasiga ega bo’lmagan tomoshabin namoyish 
qilinayotgan hamma narsani haqiqat, voqelik deb qabul qilishi ravshan ko’rinib turibdi. 
Tabiiyki, ayrim tomoshabinlarda OAV namoyish qilayotgan lavhalar, epizodlar va 
o’zlarini “hayajonga solgan” xatti-harakatlar psixikasiga taqlid qilish, o’xshatma amal 
qilib ko’rish ishtiyoqi tug’iladi. Kompyuter o’yinlari, tomosha qilingan jangari filmlar, 
ekranda ko’rsatilgan zo’ravonlik, vahshiylik sahnalari ta’siri ostida yoshlar sodir etgan 
jinoyatlar, qotilliklar, terroristik harakatlar soni ko’paygani bunga dalildir. 
Jamiyatning ijtimoiy qatlamlaridagi bo’linishlarda, farqlanishlarda ham 
o’zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qilmaslik mumkin emas. Kastels nazdida, 
axborotlashuvchi kapitalizm jamiyatning qatlamlarga ajralishini tubdan o’zgartirib 
yubordi, Evropada iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Tashkiloti mamlakatlarida 
aholining 30 % axborot mehnati sohasida bandligi shundan dalolat beradi. Tarmoq 
jamiyatining rivojlanishi aholining ilgarigidek qatlamlarga ajralish shakllarining 
o’zgarishi va tengsizlikning yangi shakllari paydo bo’lishi bilan bir vaqtda davom 
etmoqda. Mehnat bilan kapital o’rtasidagi ilgarigi taqsimot ham yo’qolib borayapti. 
Foydali natijani nazorat qilishda asosiy rolni ekspertlar, ko’p sonli aktsiyaga ega 
guruhlar, top-menejerlar, tahlilchilar, elektron boshqaruvchilar o’ynaydigan bo’lishdi. 
Ular 
zamonaviy 
kompyuterlashtirilgan 
ishlab 
chiqarishning 
tepasidadirlar. 
Kompaniyalar faoliyatini yo’naltiruvchi kishilar ularga doimiy o’zgarib turgan 
sharoitlarda yashovchanlikni saqlab qolish imkonini beradigan axboriy ko’nikmalarga 
ega bo’lishlari lozim. Hozirgi paytda katta hajmdagi tovarlar, xizmatlar sohibi 
bo’lishning o’zi kamlik qiladi, buning ustiga keng tarmoqli axborot, ma’lumotnoma 
materiallariga ham ega bo’lish darkor. Busiz sur’atni, istiqbolni boy berib qo’yish hech 
gap emas. Tahlil qilishga, strategiyani belgilashga, samarali muloqot olib borishga va 
ommaviy axborot vositalari yordamida taqdimot tadbirlarini o’tkazishga qodir axborot 
xodimlari zamonaviy tadbirkorlikning o’zagini tashkil qiladi. O’zlarini dasturga tuzgan, 
zarur bo’lgan taqdirda o’qish va qayta o’qish mahoratini egallagan bu kishilarning 
aksariyat qismi obro’li oliy o’quv yurtlarini bitirgan, biznesdagi va loyihalashtirishdagi 
shaxsiy ishtiroklari bayon etilgan salmoqli hujjatlarga
ega mutaxassislardir. 
Bugungi yangi dunyoda axborotlashgan mehnat asosiy qiymatni ishlab 
chiqaruvchi bo’lib qolmoqda va unga yuksak talablar qo’yiladi. Ilgarigi ishchilar sinfi 
tezda moslashuvga, sur’atni ushlab turishga va “sahnani” o’z vaqtida tark etishga qodir 
emasligi ochiq-oydin bo’lib qoldi. Globallashgan dunyoda u o’zini nochor sezadi. 
Malakasiz va yaxshi tayyorgarlikdan o’tmagan ishchi kuchi jamiyat nazar-e’tiboridan 
chetda qoladi. Bu odamlar eng yaxshi deganda, o’zlariga kam haq to’lanadigan ish topa 
oladilar, omad kulib boqmasa – turli jinoyatkor guruhlar qo’liga, uyushgan jinoyatchilik 
muhitiga tushib qoladilar. G’arb mamlakatlarida, deb qayd etadi tadqiqotchi, bilimsiz, 
axborotlashuvchi kapitalizm koriga yaramaydigan odamlar “to’rtinchi dunyo”ni tashkil 
qiladi, chunki ular uchun globallashgan kapitalizmda kerakli rol ham, ko’nikmalar ham 
qolmagan (shaharlik qashshoqlar, AQSh va boshqa mamlakatlardagi gettolar aholisi 


28 
shundaylar jumlasidandir). Natijada yirik megopolis-shaharlarda jahon iqtisodiy 
tizimining markaziga aylangan axborotlashgan xodimlar qatorida kambag’allar, o’z 
sinfi bilan aloqasini yo’qotgan aholi qatlamlari yashashadi. Bunday ayanchli ahvoldan 
chiqish yo’li faqat bir narsada ko’rinadi: ilgarigi “umumiy tipdagi xodimlar” bilim olish 
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash ko’nikmalarini o’zlashtirish 
orqaligina yangi iqtisodiyot talablarini qondira oladilar.
Tarmoq jamiyati o’xshashlikning o’tmishga murojaat qilinmaydigan yangi 
shaklini ham yaratadi. Bu erda e’tibor markazida ijtimoiy harakatlar turadi, deb 
hisoblaydi Kastels. Ular qadriyatlarni, jamiyat institutlarini o’zgartiradigan va insonga 
uning o’xshashlik bobidagi asosiy unsurlarini ato etuvchi maqsadga yo’nalgan jamoaviy 
harakatlarni namoyon qiladilar. Mehnat bozorida axborot xodimlari sanoatlashgan 
jamiyatning ilgarigi ishchilar sinfi o’rnini bosgan o’ziga xos yangi sinf bo’lib qoldi, 
degan fikrga ham yo’l beriladi. Ijtimoiy hayotda ham avvalgi sinfiy ajratishlar yo’qolib, 
siyosiy jihatdan uyushuvning boshqa, yangi shakllari paydo bo’layotir. Tarmoq jamiyati 
qarshilik ko’rsatish harakatini va “loyihalashtirilgan o’xshashlik” harakatini dunyoga 
keltiradi. AQShdagi Patriots yangi fashistik harakatni, Kataloniyadagi hududiy 
separatizmni va boshqa tashkilotlarni qarshilik ko’rsatish harakatiga misol qilib 
keltiradilar. Loyihalashtirilgan o’xshashlikni esa ekologik, feministik va milliy 
harakatlar ifodalaydilar. Ularning paydo bo’lishiga ikki xil nuqtai nazardan qaraladi. 
Birinchidan, an’anaviy sinfiy harakatlarga qaraganda ancha keng bo’lgan bu harakatlar 
o’z tarafdorlarining turli xil turmush tarzlariga va qadriyatlariga murojaat qiladilar. 
Boshqa tomondan, mazkur harakatlar - tarmoq jamiyati faoliyat ko’rsatishining qonuniy 
natijasidirki, bu jamiyat insonlarga o’z g’oyalarini yoyish, muloqot qilish hamda o’z 
masalalarini hal etishda keng imkoniyatlar beradi. Umuman olganda, “juda katta va 
tobora kuchayib borayotgan bosimga javoban yangi o’xshashliklar shakllanishining 
dalolati”ni ayni shu harakatlarda ko’rmoqdalar. Axborot asrining ruhiy zarbalari va 
zo’riqishlariga munosabat sifatida ham qarash mumkin bo’lgan bu harakatlarning 
barchasi axborot mehnati bilan sug’orilgan. Masalan, “Grinspis” yoki “Zamin do’stlari” 
tuzulmalari global tarmoqlarga, o’z a’zolarining elektron ro’yxatiga, yuqori bilimli va 
mediatexnologiyalarni o’zlashtirib olgan xodimlarga ega. 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish