11
“Internet-jurnalistika”, “Globallashuv va jurnalistika”, “Ijtimoiy immunitet”, “Ijtimoiy
psixologiya”, “Falsafa asoslari”, “Sotsiologiya asoslari”, “Tarmoqli sotsiologiya”,
“Siyosatshunoslik asoslari”, “Davlat va huquq asoslari”, “Milliy istiqlol g’oyasi va
ma’naviyat asoslari” va h.k. shular jumlasidandir
Mazkur fanlar haqida chuqurroq bilimga ega bo’lish orqali ochiq axborot tizimida
mafkuraviy psixologik xavfsizlik haqida yanada mukammalroq tasavvur hosil qilish
mumkin. Chunki butun dunyo xalqlari bir vaqtning o’zida xabar etkazishni ta’minlashga
qodir bo’lgan hisoblash texnikasi, axborot-kommunikatsiya,
Internet tizimlari,
shuningdek boshqa axborot texnologiyalari inson va jamiyat hayoti va faoliyatida
axborotning ahamiyatini keskin oshirib yubordi.
Zero,
globallashayotgan
dunyoda
axborot
xalqlararo
va
davlatlararo
munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, hozirgi jahon taraqqiyotida yangi
umumsayyoraviy tartib, tamadduniy bosqich mazmun-mohiyati, davlatlar va kishilar
o’rtasidagi o’zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashuvi, dunyo miqyosidagi
axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozorida tamoman yangicha
vaziyatning
vujudga kelishi, atrof-muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy
madaniyat namunalarining keng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-
ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishi, xullas, jamiyat hayotining barcha
sohalarini –
iqtisodiyot, siyosat, mafkura, madaniyat, hatto shaxsiy turmush tarzini
qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan bog’lanmoqda. Mazkur jarayon global
kommunikatsiya tarmog’ininig vujudga kelishiga imkon yaratgan axborot inqilobi,
kapitalning baynalmilallashuvi, jahon bozorida raqobatning kuchayishi, tabiiy zaxiralar
taqchilligi va ularga egalik qilish uchun kurashning keskinlashuvi, ommaviy qirg’in
qurollarining tarqalishi, umumsayyoraviy falokat xavfi kabi omillar bilan belgilanadi.
Bu omillar ma’lum maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan
ochiq axborot tizimlari
shakllanishida va bugungi dolzarb vazifalarni belgilab olishda muhim o’rin tutmoqda.
Ma’lumki, har bir fuqaro o’z shaxsiy nuqtai nazari, o’z qarashlari, ma’naviy-
ma’rifiy, axloqiy-ruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko’rsatadi, o’z olami
hududida yashaydi va tashqi dunyoga o’z aqli darajasida shaxsiy munosabatini bildiradi.
Har bir individ mustaqil inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan
kelib chiqib o’ziga mos axborotni qabul qiladi, uni tahlil etadi. Uning atrofida
mushohada yuritadi, fikrlaydi va shu tahlillar asosida o’z xulosasiga ega bo’ladi,
natijada shaxsiy nuqtai nazarini shakllantiradi.
Yana
shuni qayd etish joizki, ayrim rivojlangan mamlakatlar sanoat mahsulotlari,
axborot va mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositalari orqali keng ko’lamdagi geosiyosat
yuritish bilangina cheklanmay, o’z xalqining tabiati, madaniyati, mafkurasiga xos
jihatlarni muntazam ravishda
dunyo xalqlari turmush tarziga, ongu shuuriga, bir so’z
bilan aytganda, ular hayotining barcha sohalariga izchil singdirishga intilmoqda. Bu hol,
ayniqsa, endigina mustaqillikka erishgan mamlakatlar xalqlarining milliy o’zligiga, o’z
madaniyatiga vorislik an’analari hamda mentalitetiga putur etkazishi turgan gap.
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “... Ba’zan beozor bo’lib tuyulgan musiqa,
oddiygina multfilm yoki reklama lavhasida ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va
intilishlar ifodalanadi”
1
. Fanning maqsadi hamda vazifalarini belgilashda ushbu holatga
alohida e’tibor qaratiladi.
1
“Тафаккур”. 1998. №2. – Б. 6.
12
Yuqorida qayd etilganlarning barchasi mazkur muammolar O’zbekiston
Respublikasi uchun ham g’oyat muhim ekanligini alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Buning
dolzarbligi davlatimiz uchun milliy mustaqillikni yanada mustahkamlashda, iqtisod va
bozor munosabatlarining tadrijiy rivolanishini ta’minlashda, ijtimoiy islohotlarni
chuqurlashtirishda yaqqol ko’rinadi. Bunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga
oshirish, milliy an’analarni
hayotga qaytarish, o’zaro murosa ruhini tarbiyalash ham
katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, mustaqil dunyoqarashga ega ma’lumotli
kishilargina turli xil talqindagi tazyiqlarga ruhan barqaror qarshilik ko’rsata oladilar.
Mana shuning uchun ham mazkur muammolarni o’rganishda axborotning shakli
va mohiyati; axborot xavfsizligini ta’minlash; ochiq axborot tizimlarining o’ziga
xosligi; shaxs, jamiyat va davlat axborot-psixologik xavfsizligini joriy etish manbalari
va turlari; axborot sohasidagi milliy xavfsizlikni ta’minlashning ahamiyati va
tamoyillari; OAV
va axborot qarama-qarshiligi; axborot-psixologik xavfsizlikka
erishishning asosiy yo’nalish va usullari; ochiq axborot tizimlarida shaxsning o’z-o’zini
himoya qilishi; jamoatchilik fikri va jamiyatning axborot-psixologik xavfsizligi;
O’zbekiston OAV va jamiyatning psixologik xavfsizligi kabi mavzularni oydinlashtirish
fanning asosiy vazifalarini belgilaydi.
Fanning asosiy vazifalari
1.
Axborot asrining o’ziga xos xususiyatlari, mohiyati va ahamiyatini hamda
istiqbolli va xavfli jihatlarini ochib berish.
2.
Axborot qarama-qarshiligining mohiyatini anglash, tamaddunlar (tsivilizatsiyalar)
to’qnashuvi nazariyasiga va axborot-psixologik urushning bugungi holatiga xolis baho
berish.
3.
O’zbekistondagi axborot xavfsizligi tizimining o’ziga xos xususiyatlari,
imkoniyatlari va ayrim muammolari haqida fikr-mulohaza yuritish.
4.
Axborot-psixologik ta’sir
jarayoniga davlat, jamiyat va shaxs mavqei nuqtai
nazaridan baho berish.
5.
Xalq ongida milliy istiqlol g’oyasini mustahkam qaror toptirish va mafkuraviy
immunitetni shakllantirish axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili
ekanligini ochib berish.
6.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan kuchli davlatdan
kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish kontseptsiyasining ishlab chiqilishi va uning
mamlakat axborot-psixologik xavfsizligi uchun ahamiyati va keng ko’lamini psixologik
imkoniyatlari haqida tegishli mulohazalar yuritish.
Mazkur vazifalarning mazmun-mohiyatini yanada to’liqroq talqin etish uchun
fanni o’qitish davomida ishlatiladigan asosiy terminlar va tushunchalar haqida tegishli
ma’lumotga ega bo’lish talab qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: