81
inflyatsiya kamaygani, maoshlar va dollar kursi oshgani,
yalpi mahsulot hajmi
ko’paygani va hokazo-hokazo yutuqlar haqida izchil ravishda gapirilaversa-chi?!
Bu holda auditoriyada tabiiy ravishda oltin milliard jamiyatlarida (rivojlangan
mamalakatlarni shunday atashadi) hamma narsa yaxshi, boshqalarida esa unchalik
emas, deb o’ylaydi. Shu tariqa ko’zga ko’p tashlanavermaydigan tarzda, asta-sekin
boshqa mamlakatlarga noto’g’ri axborot yo’llanadi – bilib qo’yingki, bizga hamma
sohada muvaffaqiyatlar yor, sizda esa unday emas. Vaholanki, ishsizlik va inflyatsiya,
shuningdek mehnat haqi va milliy valyuta kursi ham muntazam ravishda
ko’tarilib-tushib turishi ma’lum narsa. Biroq kamchiliklar to’g’risida, odatda, gapirishni
u
qadar yoqtirishmaydi, ko’proq g’arbcha turmush tarzining afzalliklarini ta’kidlashga
harakat qiladilar.
Ushbu qonuniyat, ya’ni xabarlar soni pirovardida zarur sifatni berishi jahon
axborot bozorida ko’p yillardan beri amalda. Sayyoramiz G’arbiy Evropa va AQSh
xalqlari qanchalar yaxshi yashayotgani va dunyoning qolgan qismida hamma narsa ham
u qadar muvaffaqiyatli emasligi haqida yildan-yilga ko’rib, eshitib va o’qib kelmoqda.
Jahondagi etakchi axborot agentliklari va kompaniyalari hamda radiotelekompaniyalar,
bir tomondan, hayotning iste’molchilik xarakteri, yoshlarning o’z ideallaridan
qoniqmasligi oshib borayotganligi, o’sha ishsizlik va inflyatsiya, an’anaviy dindan yuz
o’girish, G’arbiy Evropa mamlakatlari va AQSh xalqlari hayotidagi boshqa salbiy
jihatlar haqida,
ikkinchi tomondan, boshqa davlatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy
hayotidagi yutuqlar to’g’risida juda kam gapirishadi.
O’zbekiston fuqarosiga xorijiy OAV tomonidan amalga oshirilayotgan kundalik
yopirilma bosimni tajovuz deb atasak, to’g’ri bo’ladi. Bunday ta’sir o’tkazishni
boshqacha ta’riflab ham bo’lmaydi. Endi shu fikrni isbotlashga harakat qilaylik.
Har bir inson o’z jamiyatida yashaydi, muayyan ijtimoy institutlar va guruhlar
muhitida bo’lib turadi. Umumga dahldor bo’lish - ijtimoiylashuv (sotsializatsiya), ya’ni
tug’ilgan kunidan to 25-29 yoshga kirguniga qadar davom etadigan jamiyatga kirishish
davrida u mazkur muhitda barcha tomonidan qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarni
o’zlashtirib oladi. Bu davr oxiriga borib u o’zi o’sib-ulg’aygan va shaxs sifatida kamol
topgan muhitga xos qimmatli yo’l-yo’riqlar majmuini egallagan bo’ladi.
Mana endi u xorijiy OAV ta’sirida o’zi amal qilishga o’rgatilgan qadriyatlarning
to’g’riligiga shubhalana boshlaydi. Individning shaxs sifatida o’z mo’ljalini yo’qotib
qo’yishi uni halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Natijada unda hamma narsaga
ishonchsizlik,
nigilizm,
boshqa
odamlar
taqdiriga
beparvolik,
hayosizlik,
madaniyatsizlik va hokazo illatlar namoyon bo’lishi hech gap emas.
Qolaversa, xorijiy qadriyatlar ham har xil bo’ladi. Ularning ko’pgina
qismi
O’zbekistonning katta yoshdagi aholisi va yoshlari tomonidan muvaffaqiyatli
o’zlashtirilmoqda. Lekin shundaylari ham borki, ular bizda ko’karib keta olmaydi.
Birinchi navbatda bu protestantchilikda qo’llab-quvvatlanadigan va G’arbiy Evropa
hamda AQShda jamiyatlarning gullab-yashnashiga yordam bergan egotsentrizm,
individualizm, karerizm va boshqa shunga o’xshash sifatlarga taalluqlidir. Protestant
odobining mohiyatiga xos xususiyatlardan biri shundan iborat bo’lib, taniqli sotsiolog
M.Veber bu haqida yozib, mazkur mamlakatlarda juda mashhur bo’lib ketdi.
Biroq bu jamoaviy hayot tarziga ega mamlakatlar tomonidan so’zsiz qabul qilinishi
mumkin emaski, O’zbekiston ham shunday davlatlar jumlasiga kiradi. Bizda agar oila,
mahalla, mehnat jamoasi manfaatlariga to’g’ri kelmasa, insonnning yakka holda va
shaxsan o’zini ko’zlab muvaffaqiyatga intilishi ma’qullanmaydi.
Bu erda qavmning
82
vazifalari, jamoa miqyosidagi ijobiy natija shaxs darajasidagi yutuqqa qaraganda yuksak
qadrlanadi.
Shuning uchun agar xorijiy OAV mahalliy shart-sharoitlarni nazar-pisand
qilmasdan, puxta yo’lga qo’yilgan axborot yordamida o’z ko’rsatmalarini
o’zbekistonliklar ongiga singdiradigan bo’lsalar, vatandoshlarimiz azaliy tanlangan
hayotiy mo’ljallarini yo’qotib qo’yadilar va bu jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi.
Aslida, xorijiy ommaviy axborot manbalari ko’pincha ayni shu maqsadni ko’zlab
ish olib boradilar. Lekin ular o’zbekistonliklarning aniq qadriyatlarini, masalan,
madhiyamiz mazmunini, Toshkentning ko’rki-tarovatini yoki tarixdagi yutuqlarimizni
maqsadli obro’sizlantirishga intilmaydilar. Yo’q, chet el OAV boshqacha yo’l tutadilar.
Ular O’zbekistonda demokratiya yo’q, ommaviy axborotni tarqatish nazorat qilinadi,
odamlar o’z fikrlari, orzu-umidlarini
erkin izhor qila olmaydilar, degan gaplarni
qilishadi. Haqiqatan ham bizdagi gazeta va jurnallarning muharrirlari, radioeshittirish va
teleko’rsatuvlarni efirga chiqarish uchun mas’ul kishilar, agar behayolarcha, dag’al yoki
axloq-odob qoidalariga to’g’ri kelmaydigan, ya’ni jamoaviy hayot tarzi an’analariga zid
bo’lsa, bunday ishlar qilinishiga ijozat bermaydilar. Boshqa barcha masalalarda
ommaviy kommunikatsiya vositalarida chiqish qiluvchi mualliflarga mamlakatimiz
qonunlari amal qilish uchun zarur erkinlik berib qo’ygan.
Ma’naviy-ma’rifiy sohada xorijdan turib axborot yordamida ta’sir ko’rsatishning
maqsadi bo’lgan O’zbekiston fuqarolarining umum tomonidan qabul qilingan
qadriyatlari, istaklari va yo’l-yo’riqlari buzilishi jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun
ma’lum xavf tug’diradi. Bu kategoriyalar o’zbekistonliklarning hayotiy dasturlari
bo’lganligidan biz ularning xorijiy axborot manbalari tomonidan surbetlarcha poymol
etilishiga befarq qarab turolmaymiz. Barcha tomonidan qabul qilingan huquqiy va
axloq-odob me’yorlarini obro’sizlantirish maqsadida mamlakatimizga
qarshi amalga
oshirilayotgan turli hujumlarni fosh etish ma’naviy-ma’rifiy ish va axborot-psixologik
xavfsizlikni ta’minlash sohasi har bir mutaxassisning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Shu ma’noda O’zbekiston fuqarosining axborot hujumlaridan davlat va
jamoatchilik tomonidan himoyalanishi zarurligi kunday ravshan bo’lib turibdi.
Yuqorida tushuntirish berib o’tganimizdek, individga yopirilayotgan axborot to’lqini
hajman kattaligi va mazmunan murakkabligi bois bu masalani uning yolg’iz o’zi hal
qilishga ojizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: