Obrazovaniya respubliki uzbekistan


Markazlardagi faoliyatlarga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda



Download 224,07 Kb.
bet17/29
Sana18.07.2022
Hajmi224,07 Kb.
#819433
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
155 lotinda

Markazlardagi faoliyatlarga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, o‘sha markaz nomi va mavzu, unga kerakli jihozlar yoziladi. Markazlardagi faoliyatlar o‘zgarmagan holatlarda bu joy bo‘sh qoladi.
Umumiy guruh bo‘lib ishlash - bu frontal mashg‘ulot bo‘lib, unga nutq o‘stirish, matematika, savodga o‘rgatish, rus va o‘zbek tillari, ingliz tili, jismoniy tarbiya hamda musiqa mashg‘ulotlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxassislar bilan kelishgan holda ushbu frontal maashg‘ulotlarni o‘tish vaqti belgilanadi va rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi.
Esh tarbiyachilarga frontal mashg‘ulotlarni to‘liq ochib yozish, tajribaga ega bo‘lgan tarbiyachilarga esa frontal mashg‘ulotlarni tezis sifatida yoritib berish mumkin. Frontal mashg‘ulotni yozish daftari rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi va nazoratga olinadi.
Ish jurnalining sayr bo‘limi 5 qismdan iborat. Bu qismlarda tarbiyachi eng avvalo kuzatilayotgan ob’ektni yoritishi, ob’ektga mos bo‘lgan mehnat turini, harakatli o‘yin, ixtiyoriy o‘yinlarni rejalashtiradi. Tarbiyachi bolalarni ixtiyoriy o‘yinga jalb qilgan vaqtda, asosiy harakat turlarini mustahkamlashga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan ishlaydi va ularda sakrash, yugurish, tirmashib chiqish, uloqtirish, irg‘itish, turli usullarda yurish va boshqa harakatlar bo‘yicha olgan malakalarini mustahkamlaydi.
Ish jurnalidagi kunning ikkinchi bo‘limi bolalar bilan yakka ishlash, badiiy adabiyotlar, o‘yin va faoliyatlar qismlariga bo‘lingan bo‘lib, unda tarbiyachi bola bilan qaysi mavzuda yakka ishlashini, o‘qib beriladigan, sahnalashtiriladigan, hikoya qilib beriladigan, yod olinadigan asarlar nomini, syujetli-qoidali, ta’limiy, stol ustida o‘ynaladigan, rivojlantiruvchi o‘yinlar, tug‘ilgan kunlar, uchrashuvlar, qo‘g‘irchoq teatrlari, to‘garaklar va boshqa ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlar rejalashtiriladi.
Kechki sayrda esa tarbiyachi kuzatish, ixtiyoriy o‘yinlar, ota-onalar bilan suhbat qismlarini rejalashtiradi. Jurnalning davomida bolalar faoliyatini tashkil etishdagi o‘zgarishlar bo‘limi kiritilgan bo‘lib, unda tarbiyachi kun davomidagi faoliyatlarda o‘zgartishlar kiritgan bo‘lsa, bu hakda albatta ma’lumot yozib qo‘yadi. Masalan: Kun sovuq bo‘lganligi uchun rejalashtirilgan ekskursiyaning o‘tkazilmaganligi. Ish jurnalida “Hafta yakuni” bo‘limi bo‘lib, u 4 qismdan iborat:

  • Bolalar ilgari nimani bilishar edi?” - Bu savolga tarbiyachi hafta davomida berilayotgan mavzular haqida bolalarning qanchalik tushunchalari borligini yozadi;

  • Bolalar nimani bilishdi?” - Savoliga tarbiyachi hafta davomida bolalar tomonidan markazlar va umumiy guruhlarda ishlash jarayonlarida olgan yangiliklarini yozadi;

  • Bolalar nimani bilishni hohlaydilar?” - Bu savolga tarbiyachi bolalarda hosil bo‘lgan savollar, qiziqishlardan kelib chiqqan holdagi mavzularni kiritadi;

  • Kelgusi haftaga g‘oyalar”- da esa tarbiyachi bolalar qiziqishlari va hoxishlari asosida tashkil etiladigan faoliyatlarni yozadi.

Ish jurnalidagi haftalik ish rejasining so‘nggida rejaning qay holatda yozilganligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati (rahbar, metodist)ning tavsiya va ko‘rsatmalari beriladi. Bu tarbiyachiga kelgusi hafta ish rejasini tuzishda metodik yordam bo‘lib hisoblanadi.
Ish jurnali maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan, imzolangan, tikilgan, muhrlangan bo‘lishi shart.


Download 224,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish