« » 2019 года
2019 yil “ 30 ”
№ 1-55
“
Davlag maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining
ish xujjatlarini gasdiqlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida,
BUYURAMAN:
Quyidagilar:
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlari ro‘yxati 1 -ilovaga muvofiq;
Davlat maktabgacha ga’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritilishi bo‘yicha qo‘llanma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi boshliqlariga:
o‘n kun muddatda vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan mazkur ro‘yxat va qo‘llanmani barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga etkazish;
barcha tashkilotlarda pedagoglarning ish hujjatlari mazkur ruyxat va qo‘llanma asosida qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlash choralari ko‘rilsin.
Nazorat-tahlil boshqarmasi boshlig‘i (L.Berdieva) bir kun muddatda ushbu buyruqni Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, Maktabgacha ta’lim muassasalarining rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish instituti, Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti, Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi va Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markaziga etkazilishini ta’minlasin.
Uzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 14 avgustdagi 139-son “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagoglarning ish hujjatlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi
А. Шин
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil «30»
155-sonli buyrug‘iga
1-ILOVA
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjaglari
RO‘YXATI*