O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti


Milliy tamoyillar va qadriyatlarning demokratik jamiyat



Download 2,27 Mb.
bet202/241
Sana08.07.2021
Hajmi2,27 Mb.
#112973
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   241
Bog'liq
O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sh

11.2. Milliy tamoyillar va qadriyatlarning demokratik jamiyat

qurishda aks etishi
Milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishda tutgan o‘rni. Har bir millat o‘z qadriyatiga ega. Binobarin, uning har bir mamlakat, har bir xalq rivoji uchun imkoniyatlaridan qay darajada foydalanish - demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o‘rin egallaydi. Hozirgi davrda qadriyatlarning muhim xususiyatlaridan biri ham ana shundadir. Mustaqillikdan keyin milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishdagi o‘rnini aniqlash borasida jiddiy ilmiy izlanishlar ham, amaliyot bilan bog‘liq muammolar ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Negaki, biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbollarini tasavvur eta olmaydi. Ayniqsa, bizning Sharqda xalqning ming yillik milliy qadriyatlari uning uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Xalqimizning yaqin o‘tmishidagi uzoq vaqt davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganligi sababi ham ruhida, qalbida doimiy ravishda umumbashariy qadriyatlarga sodiq bo‘lganligidir. «Biz, deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»1. Demak, birinchidan, O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlarisiz, alohida ajratib bo‘lmaydi.

Ammo biron-bir narsa va hodisa, xoh u moddiy bo‘lsin, xoh ma’naviy bo‘lsin, qadriyatga aylanishi uchun ma’lum bir vaqt, davr o‘tishi kerak. Demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida shakllanishi ham shunday bosqichlarni bosib o‘tgan. Shunga o‘tmishdagi barcha narsalar ham milliy qadriyat hisoblanavermaydi. Ikknchidan, uning milliy qadriyatga aylanishi uchun o‘zini ko‘rsata olishi shart. Demak, biz demokratik jamiyat qurishdagi o‘tmishimizdagi barcha narsalarimizni to‘laligicha ololmaymiz. Negaki u hamma uchun ibratli emas.

Shu o‘rinda Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi «... o‘tmish qadriyatlarga, an’analarga va turmush tarziga betartib ravishda, orqa-ketini o‘ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka - hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin» edi. Ayni shu inkor etish onlarida ekstremistik ruhdagi muxolifatning vujudga kelish xavfi tug‘ildi. U aslini olganda, ma’naviyatga qarshi muxolifat bo‘lishi mumkin edi2. Uchinchidan, “Milliy qadriyatlar – millat uchun muhim va jiddiy ahmiyatga ega bo‘lgan jihat va xususiyatlar. O‘z milliy qadriyati bo‘lmagan millat yoki elat yo‘q. Millatning tanazzuli — milliy qadriyatlarning tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi”3. Negaki, milliy qadriyatlar nafaqat mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma’naviy asoslardan biri, balki demokratik, adolatli, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning asosiy manbai hamdir. Markaziy Osiyo xalqlarining asrlardan asrlarga meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan va ko‘plab og‘ir sinovlarni boshdan kechirgan. Darhaqiqat, mintaqamiz xalqlari 3000 yildan ortiq davrni o‘zida mujassamlashtirgan Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini yaratdi.

O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan tashqari diniy qadriyatlarimizga ham alohida o‘rin berilayotganligi tasodifiy hol emas. Chunki milliy va diniy qadriyat o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q. Ular doimiy ravishda o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘ladi, bir-biri bilan muloqotda, birgalikda mavjud bo‘ladi. Milliy va diniy qadriyatlar mutelikdan, fikr qaramligidan qutulish, milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilishi bilan ular jamiyatda demokratik umumbashariy tamoyillarining qaror topishiga zamin yaratadi.

Demokratik qadriyatlarning muayyan sharoitlarda shakllanishi. Ularning mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy shakllarda namoyon bo‘lishi. Demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mutanosibligi hamda rivoji. O‘zbekistonda adolatli demokratik jamiyat barpo etishda milliy qadriyatlarning ma’lum ma’noda umumbashariy ahamiyat kasb etishi.

Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tushunchalarining demokratik uyg‘unligi dialektikasining qiyosiy tahlili jarayonida Amir Temur siyosiy-huquqiy qarashlarini o‘rganish zarur. Amir Temur siyosatining bu g‘oyasi “Kuch-qudrat, iqtidor-adl-insofda”, deganidir. Saltanatni boshqarishida uchragan har qanday voqea va ishni to‘ra va tuzuk asosida boshqardim1 degan fikrlari umuminsoniy demokratik va milliy qadriyatlar tushunchasining ijtimoiy-falsafiy, ilmiy nazariy va metodologik ildizlarini tashkil etadi. Binobarin biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustaxkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.

Xalqlarning madaniy qadriyatlari, to‘rtinchidan, ma’naviy merosining ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qildi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov bu borada fikr yuritib, shunday deb ta’kidlaganlar: “Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi”2. Binobarin, har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.

Demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy qadriyatlarsiz barpo etib bo‘lmaydi. Qadriyatlar haqida fikr yuritganda uning ikkita tarkibiy qismini nazarda tutmoq kerak. Bunda, eng avvalo, insonning ob’ektiv olamga nisbatan bo‘lgan aktiv faoliyatini alohida tahlil qilish zarur. Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasiga moddiy va ma’naviy muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi va vorislik sodir bo‘lib, yangi-yangi qadriyatlarning shakllanishiga o‘tishdan meros bo‘lib qolganlari esa davr ruhi, yangi ijtimoiy ehtiyoj va taraqqiyot uchun asos bo‘lgan qadriyatlarga kiradi. Umuminsoniy qadriyatlarning asosiy vazifasi olamni bilish va uni amaliy o‘zgartirishning muhim omilidir.

Umuminsoniy va milliy qadriyatlar tamoyillar uyg‘unligi qiyosiy tahlili uning inson ma’naviy kamolatining muhim omili ekanligidan kelib chiqishi zarur. Bunga:

Yurtboshimizning “Mustaqillikka erishganimizdan keyingina biz buyuk ajdodlarimizning hurmatini o‘rniga qo‘ya oldik. Bizning bu intilishlarimizni Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarimiz, madaniy xalqaro hamjamiyat qo‘llab-quvvatladi. Bu hol tasodifiy emas — sohibqiron Amir Temur shaxsi uning avlodlari bo‘lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun ma’rifiy insoniyatning boyligidir” degan fikrlari har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo‘shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kirishini anglatadi. Shu nuqtai nazardan Amir Temur shaxsi buning yorqin isbotidir. Binobarin, Amir Temur qanchalik taqvodor, asl musulmon bo‘lmasin, qonunchilikning turli tizimlari — diniy va dunyoviy tomonlari borligini, ularni hisobga olish kerakligini juda to‘g‘ri anglagan. Amir Temur qonunchilik deganda faqat, Shariat qonunchiligini emas, balki boshqa xalqlar qadriyatlari, urf-odatlarini ham tushungan.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish