O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti


-MAVZU. JAMIYaT IQTISODIY HAYoTINI ERKINLAShTIRISh



Download 2,27 Mb.
bet160/241
Sana08.07.2021
Hajmi2,27 Mb.
#112973
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   241
Bog'liq
O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sh

9-MAVZU. JAMIYaT IQTISODIY HAYoTINI ERKINLAShTIRISh

VA DEMOKRATLAShTIRISh
Ma’ruza rejasi:

9.1. Demokratik jamiyatda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va uning mazmuni.

9.2. O‘zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish bosqichlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

9.3. Tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlash – demokratik jamiyat rivojining zarur sharti.
9.1. Demokratik jamiyatda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va uning mazmuni
Iqtisodiyot va demokratik jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi. Iqtisodiy hayot kishilik jamiyati hayotining muhim sohalaridan biri bo‘lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tirikchilik ne’matlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar. Shuningdek, ular taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishga qaratilgan faoliyatlarida o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.

Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.

Sobiq totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida iqtisodiy hayot soxta siyosat, mafkuraviy maqsadlarga bo‘ysundirilgan edi. Mafkura iqtisodiyotdan ustun bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-kooperativ mulk shakllaridan iborat umumxalq mulki deb atalmish, egasiz mulk tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig‘iga ega bo‘lib, iqtisodiyotda yakka hokimlikni o‘rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan ma’muriy-buyruqbozlik asosida boshqarib, nimani, ya’ni qanday mahsulot va xizmatlarni qancha miqdorda, qanday texnologiyadan foydalanib, kimlar uchun ishlab chiqarishni rejalashtirib, belgilab berar edi.

Jamiyat a’zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish mulkdorlik huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shug‘ullanish qonun bilan man etilgan edi. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar.

Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganliklari tufayli, mehnat motivatsiyasi va ijtimoiy adolat tamoyillari buzilgan edi. Pirovard natijada sobiq ittifoq chuqur tanazzulga uchrab, tarqab ketdi.

Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo‘lish, erkin kasb tanlashi, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, o‘zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug‘ullanish hamda shunga muvofiq cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo‘lish kabi demokratik ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini amalga oshirishni faqat ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir.

Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston xalq turmush farovonligini, iqtisodiy faoliyat tadbirkorlik erkinliklarini, eng muhimi, mulkdor bo‘lish imkoniyatlarini ta’minlaydigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.

Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining ting huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi»1 deb belgilab qo‘yilgan.

Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Biz tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishar ekanmiz, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish quruq maqsad emas, degan aniq-ravshan xulosaga kelganmiz. Barcha islohotlarning-iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat»2, - deb ta’kidlagan.

Erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bo‘lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk shakllari va xo‘jalik yuritish usullarining xilma-xil bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Shu boisdan ham ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p ukladli iqtisodiyot bo‘lib, unda turli mulk shakllari va xo‘jalik ukladlarining teng huquqligi, muvozanatda bo‘lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta’minlanadi.

Demokratik jamiyatga monand demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o‘z ifodasini topadi. 1) xususiy mulk; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) shaxsiy manfaatning inson xatti-harakatining bosh motivi ekanligi; 4) raqobat; 5) erkin narx tizimi; 6) hukumat, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi (qarang: 9.1-chizma).


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish