4.2. O‘tish davrining «klassik», «inqilobiy», «evolyusion»,
«Shok terapiyasi» va islohot yo‘llari.
Bugungacha demokratik tamoyillar asosida rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘tish davri tajribalariga asoslanib, o‘tishning uchta asosiy yo‘li yoki «model»i shakllanganligini ta’kidlash mumkin.
1. Uning birinchisi - klassik an’anaviy yo‘l hisoblanadi. «Klassik yo‘l» – deganda, insoniyatning demokratik taraqqiyot yo‘liga o‘tishning dastlabki shakli va uning dunyodagi ko‘pchilik mamlakatlar taraqqiyotida samara berganligi asosidagi andozasi tushuniladi. Bu yo‘lning xarakterli xususiyati shundaki, unda tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mamlakatning o‘z ichki imkoniyatlariga tayangan xolda demokratik jamiyatga o‘tishi amalga oshadi. Bu yo‘lning yana bir asosiy hususiyati shundaki, u uzoq tarixiy bosqichda amalga oshadi. O‘tish davrida siyosiy sohada qancha burhonlar sodir bo‘lishiga qaramasdan asosiy o‘tishning islohotlari iqtisodiy sohada amalga oshirila boshlanadi. Bu sohadagi muhim tadbir xususiy mulkchilikni qaror toptirish hisoblanadi. Xuddi ana shu tadbirning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, mamlakat hayotining boshqa sohalarini, xususan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy madaniy sohalarda ham islohotlarning amalga oshirilishi imkonini beradi.
O‘tish davrining klassik yo‘lidagi bunday jarayonning xarakterli tomoni shundaki, iqtisodiy sohada xususiy mulkchilikning rivojlanishidan aholining aksariyat ko‘pchilik qismining ish bilan ta’minlashi imkoniyatini beradi. Ammo asosiy moddiy boylikning bir qism odamlarda to‘planib qolishi, boshqalarning esa unga qaram bo‘lib qolishlari mamlakat ichki hayotida katta bo‘hronlar, hatto fuqarolar urushlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu jarayon mulk egalarining aholi farovonligini ta’minlash tomon qiladigan harakatlari o‘zining samarasini bera boshlaganicha davom etadi. Xuddi ana shu jarayonlar zaminida aholining siyosiy ongi ham o‘sib boradi. Ularning o‘z huquqlarining ta’minlanishiga erishishga intilishi kuchayadi. Bu o‘z navbatida mamlakat siyosiy hayotida demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi va uning o‘sib borishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
O‘tish davri klassik yo‘lning boshlanishi kapitalistik munosabatlarning yuqori bosqichi, uning iqtisodiyotda islohotlar o‘tkazmasdan taraqqiy qilishiga imkoniyat yetmay qolishi oqibatida yuzaga keladi.
Bu yo‘lning klassik (an’anaviy) yo‘l deyilishiga sabab shuki, mamlakatlarning demokratik jamiyatga o‘tishi dastlab xuddi ana shu ko‘rinishda namoyon bo‘lgan edi. Bugun yuksak taraqqiyotga erishgan AQSh, Angliya, Kanada, Braziliya va boshqa Yevropadagi ko‘plab mamlakatlarning aksariyati ana shu yo‘ldan borganlar. Klassik yo‘l muammolarning ko‘pligi, ularni hal qilishning murakkabligi, aholining bu jarayonga «ko‘nikib» borishi kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham, Yevropa mamlakatlarida bu jarayon ikki, ikki yarim asrgacha davom etdi. Ana shu muhlat ichida mamlakatlarda iqtisodiy sohadagi yutuqlarning zaminida demokratik qadriyatlari ham shakllanadi va ularda bugun fuqarolik jamiyatini takomillashtirish jarayonlari davom etmoqda.
2. Demokratik jamiyatga o‘tishning ikkinchisi - inqilobiy yo‘l hisoblanadi. Uning xarakterli xususiyati shundaki, davlatlarda vujudga keltirilgan katta iqtisodiy salohiyat aksariyat ko‘pchilik aholining turmush tarzi nisbatan yuqori bo‘lganligiga asoslanib, dastlab mamlakat siyosiy hayotida keskin o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Ya’ni, amaldagi hokimiyat shakli barbod bo‘ladi va uning o‘rniga yangi, demokratik jarayonlarni rivojlantirishga moyil bo‘lgan hokimiyat shakli va uning infratuzilmasi vujudga keladi. Ular o‘z navbatida iqtisodiy hayotda keskin islohotlar o‘tkazadilar. Xususan, amaldagi milliy valyuta bekor qilinadi (sindiriladi). Bu esa iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish shart-sharoitlarining imkoniyatlarini izlashni taqozo qiladi. Buning oqibatida aholining qo‘lidagi pul, mablag‘lar ham o‘z qiymatini yo‘qotadi va mamlakat siyosiy hayotida bo‘lgani kabi, iqtisodiy hayotda ham demokratik jarayonlarning rivojlanishi sodir bo‘ladi. Bu yo‘l o‘ta xavflidir.
Inqilobiy yo‘l uchun zarur bo‘lgan asosiy omillar qatorida:
a) sobiq tuzum sharoitida xususiy mulk kurtaklarining saqlanib qolganligi;
b) demokratik qadriyat kurtaklarining mavjudligi;
v) mamlakat hayotini demokratik tamoyillar asosida qayta qurishga qodir bo‘lgan intellektual salohiyatning yetarli bo‘lishi;
g) aholining ma’lum bir qismi ana shu demokratik jarayonga hech bo‘lmaganda «moyil» bo‘lishi kabi jihatlar hal qiluvchi omildir. Ularning har biri inqilobiy yo‘l uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, intellektualning rolini olib ko‘raylik. Ular mamlakat hayotida bo‘ladigan har bir o‘zgarishni yuzaga keltiruvchi asosiy qudrat hisoblanadi. Xalq hokimiyatdan ko‘ra, ularga ko‘proq ishonadi va ergashadi. Shu ma’noda ham ular ommani uyushtiradi va demokratik jarayonlarga yo‘naltiradi. Shuning bilan birga intellektualning o‘zi ham demokratik jarayonlarning murakkab muammolarini hal qilishda bardosh bera oladigan, uyushgan kuch darajasiga ko‘tarilgan bo‘lishi lozim.
Intellektualning xarakterli xususiyati shundaki, u boshqa ijtimoiy tabaqalardan ko‘ra, jamiyat hayotida yuzaga keladigan jarayonlarni oldindan bilishga intiladi va bu o‘zgarishlarning boshida tura oladi. Yoki aholi ma’lum bir qismining mamlakatning o‘tish davridagi murakkab sharoitlarga (moyil) bo‘lishi zarurligi omili ham demokratik jamiyat uchun alohida ahamiyatga egadir. Bu jarayonda aholi murakkab muammolarni hal qilishda faqat kuzatuvchi bo‘lib, ularni hal qilishda faol ishtirok qilmas ekan, inqilobiy yo‘l hech qanday samara bermaydi. Aksincha, inqilobiy yo‘l mamlakatni taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga olib keladi. Intellektuallarning ana shu keskin o‘zgarishlardagi yakdilligi uyushgan tashkilotlari va harakatlantiruvchi kuchlariga aylanishini taqozo etadi.
2-slayd
Do'stlaringiz bilan baham: |