3. Demokratik jamiyatga o‘tishning uchinchisi - evolyusion yoki bosqichma-bosqich yo‘l hisoblanadi. Uning xarakterli xususiyati shundaki, mamlakatda amaldagi siyosiy hokimiyat tugatilib, uning o‘rniga yangi hokimiyat vujudga kelishi bilan, eskini keskin, bir «zarb» bilan tugatmasdan, bosqichma-bosqich, vazminlik bilan tugatilib boriladi. Hatto, ularning ayrim imkoniyatlaridan ham foydalanib boriladi. Xuddi ana shu jarayonda iqtisodiy islohotlarni olib borishda va bu yo‘nalishda yangi munosabatlar shakllantiriladi. Bu yo‘lning o‘ziga xosligi siyosiy va iqtisodiy hayotda o‘tkazilayotgan islohotlar bilan hamohang ravishda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni ham yangi ehtiyojlar asosida rivojlantirilib borilishidir.
Xo‘sh nima uchun asta-sekin, bosqichma-bosqich o‘tish zaruriyati tug‘iladi? Agar asta-sekin o‘tiladigan bo‘lsa, uning klassik yo‘ldan farqli tomoni nimada? Unda ham asta-sekinlik bilan demokratik jamiyatga o‘tilgan-ku? Albatta, evolyusion yo‘lning klassik (an’anaviy) yo‘ldan farqli tomonlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |