An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha chegaralandi. Chunki an’anaviy jamiyatlarda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi adolat prinsiplariga asoslanmadi. Shuningdek, bu jamiyatlarda shaxslararo munosabatlarning o‘ta tabaqalashuvi, o‘zaro harakatlar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirilishi, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, urug‘chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘liqligi natijasida shaxs erkinligi ham ta’minlanmadi. Boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faolligini pasaytirib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko‘rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga imkon bermas, natijada o‘zaro munosabatlar biqiq tarzda ro‘y berar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |