7.4-ChIZMA
Œzbekiston tanlagan ustuvor
šadriyatlar
-
Demokratik šadriyatlar
|
|
Shaxsning qušuš va erkinliklarini ta’minlash
|
|
Erkin bozor ištisodiyotini barpo etish
|
QISQAChA XULOSA
Demak, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun ma’naviyat siyosatning bosh tayanchi bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov demokratik fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish uchun “insofli, diyonatli odamlarninggina rahbarlik to‘nini kiyishga ma’naviy haqi bor”ligini ta’kidlab kelmoqda.
Prezidentning Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasidagi “O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari” ma’ruzasida islohotlarning bosh yo‘nalishini va samaradorligini belgilab beradigan quyidagi ustuvor vazifani belgilab berdi: “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat.
Bu hayotiy haqiqat biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog‘i hamda o‘zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog‘i lozim. Bu tizim markazida ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi o‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak”.1
Ma’naviyat inson ruhiyatida voqe bo‘ladi. Shuning uchun u avvalo, alohida olingan inson bilan bog‘liq tushuncha. Ammo inson jamiyatdan ajralmas bo‘lib, jamiyatdan tashqarida o‘z insonlik mohiyatini yo‘qotar ekan, ma’naviyat insonni o‘zga odamlarga, jamiyatga, butun borliqqa daxldor qiladi. Shu jihatdan ma’naviyat ijtimoiy mazmun kasb etadi. “Inson o‘zini xalqning bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o‘ylab, mehnat qilib yashagandagina, ma’naviyat bilan tutashadi”2. Demak, har bir kishi o‘zining yashash tarziga, o‘zgalar bilan bo‘lgan munosabatiga jiddiy e’tiborni qaratmasdan turib, jamiyat bironta muammoni hal etishi mushkul.
Bugungi kunda har qanday milliy tiklanish va milliy rivojlanishning asosi bo‘lgan ma’naviy meros, urf-odatlar, an’analar, yuksak qadriyatlar, tarixiy xotira xalqimizga qaytarildi. Milliy o‘zligini, huquqlarini tobora teranroq anglab borayotgan xalqimiz uchun buyuk kelajakni barpo etish yo‘lida bu boy imkoniyatlardan foydalanish, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni milliy rivojlanishga, O‘zbekistonda demokratik-huquqiy jamiyat qurish ishiga yo‘naltirishga safarbar etishdek ulkan imkoniyatlar yaratildi.
MUHOKAMA UChUN SAVOLLAR
Ma’naviy yangilanishning mustaqillik bilan bog‘liqligi nimada?
Milliy-ma’naviy merosning yangicha ma’no va mazmunini bayon eting?
Agressiv millatchilik, shovinizm nima uchun demokratiya va milliy-ma’naviy negizlarga zid?
Ekstremizmning terrorizm bilan bog‘liqligini izohlab bering?
Qanday shaxs demokratik jamiyat mezoni bo‘ladi?
Prezident Islom Karimovning “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” ma’ruzasini sharxlab bering?
ADABIYoTLAR:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: «O‘zbekiston», 2003.
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. -T.: «O‘zbekiston», 1997, 31-40, 125-135, 149-162-betlar.
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: «O‘zbekiston», 2000, 6-12, 14-26, 28-38, 47-48-betlar.
Karimov I.A. O‘zbekistoning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T.1. -T.: «O‘zbekiston», 1996, 36-85-betlar.
Karimov I.A. O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T.1. -T.: «O‘zbekiston», 1996, 274-284, 301-322, 341-359-betlar.
Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.3. -T.: «O‘zbekiston», 1996, 175-181, 183-191, 202-226, 227-246-betlar.
Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish - har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutq. T.12. – T.: O‘zbekiston, 2004. – 285–312-b.
Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo‘lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlangan nutq. T.12. – T.: O‘zbekiston, 2004. –313–337-b.
Karimov I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun faravon turmush sharoitini yaratish – asosiy vazifamizdir. – T.: O‘zbekiston, 2007. – 11-b.
Karimov I.A. O‘zbek xalqmi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. T.13. – T.: O‘zbekiston, 2005. –156–223-b.
Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. – T.14. – T.: O‘zbekiston, 2006. – 61–97, 139–153, 248–265-b.
Rahimov I., Zohidov A., Azizov Sh., Ayupov A. va boshq. Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. -T.: «Universitet», 2001. 232-bet.
Pugachev V.P., Solovev A.I. Siyosatshunoslikka kirish. T.: «Yangi asr avlodi», 2004, 202-255-betlar.
Levitin L., Karlayl S. Islom Karimov - yangi O‘zbekiston Prezidenti. -T.: «O‘zbekiston», 1996, 40-46, 117-119-betlar.
Odilqoriev X.T., Foyibnazarov Sh.F. Siyosiy madaniyat. T.: O‘zRIIV Akademiyasi, 2004, 278-296-betlar.
Saifnazarov I va boshq. Xalqimizning hamjihatligi terrorizmga qarshi kafolatdir. T.: «Yangi asr avlodi», 2004, 3-52-betlar.
O‘zbekiston: 13 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida. T.: «O‘qituvchi», 2004, 24-44-betlar.
O‘zbekiston: 13 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida. T.: «O‘qituvchi», 2004, 3-44-betlar.
Do‘stjonov T., Hasanov S. O‘zbekiston demokratik taraqqiyot yo‘lida. T.: Toshkent Moliya instituti, 2004, 3-180-betlar.
Sharifxo‘jaev M. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati. – T.: Sharq, 2005. – 240 b.
Aliev B., Hoshimov T. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. – T.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot nashriyoti”, 2005. – 160 b.
Abdullaev M. va boshqalar. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at. – T.: “Sharq”, 2006. – 528 b.
Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlari. – T.: “Ma’naviyat”, 2006. – 160 b.
To‘xliev N. va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashr., 2006. – 280 b.
Qirg‘izboyev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T.: Yangi asr avlodi, 2006. – 204 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |