III BOB.O‘QUVCHILARDA BOLALAR KITOBXONLIGINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARADORLIGI VA DIDAKTIK OMILLARI ………………………………
3.1. Kitobxonlik kechalari, ko’rgazmalar va bayramlar orqali o‘quvchilarda bilish faoliyatini shakllantirish yo‘llari………………………………………………….
3.2. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘quvchilarda bolalar kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning didaktik omillari …………….
Uchinchi bob bo’yicha xulosalar…………………………………………………..
UMUMIY XULOSA……………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………..
ILOVALAR………………………………………………………………………..
KIRISh
Mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Bugungi kunda yurtimizda barcha soha va yo’nalishlarda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intelektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning ,,Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida’’gi PQ-3271 sonli Qarori bu yo’nalishda tegishli huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlashda, tashkiliy-amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib borishda muhim hujjat bo’ldi. Dasturda belgilangan ustuvor vazifalardan biri kitob mutolaasi va kitob madaniyatini oshirishga doir targ’ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar, kutubxonachi va targ’ibotchilar o’rtasida ,,Eng kitobxon maktab’’, ,,Eng kitobxon oila’’ ,,Eng faol kutubxonachi’’ kabi ko’rik tanlovlarning saralash va respublika bosqichlarini yuqori saviyada o’tkazishni yo’lga qo’yish.
O’zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir kitob va kitobxonlik haqida to’xtalib shunday degan edi ,,Umrim davomida inkor qilaolmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning to’g’ri yo’lni topib dunyoqarashini shakllantirish, ahloq-odobini yo’lga solishda kitobdanda muhimroq narsa yo’q ekan, shuning uchun ham ota-onalarning birinchi vazifasi o’z farzandida kitobga mehr uyg’otish deb bilaman. Gohida fan-texnika tufayli adabiyotga e’tibor susayyapti degan gaplarni eshitib qolamiz. Menimcha, go’zallikkka ehtiyoj tuyg’usi bor ekan, san’at asarlari ham o’zining bahosini hech qachon yo’qotmaydi. Shu bois kitobga ixlos bilan qaraydigan, uni shavq bilan o’qiydiganlar soni ortib borayotganini ko’rish quvonarlidir’’. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar saviyasining o’sishida, shu jumladan, kitobxonlik madaniyatining shakllanishida , albatta, o’qituvchining roli katta. Ustozlar faqatgina kitob o’qinglar, kitob foydali deb uqtiribgina qolmasdan, avvalo, o’zlari bunda o’rnak bo’lishlari lozim. Bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish jarayonini oiladan boshlasak ijobiy natijalarga erishamiz va maktab bilan oila hamkorligini davom ettirsak samarali natijalarga erishishimiz mumkin.
Ushbu ilmiy tadqiqot ishda biz “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitobxonlik madaniyatini qanday shakllantirish mumkin?”, “O‘quvchilarning o’zaro kommunikativ munosabatlarida bolalar kitobxonligining o’rni qanday?” degan qator savollarga javob berishga harakat qildik.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarga tayangan holda biz ilmiy tadqiqot ish mavzusini “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda bolalar kitobxonligining o’rni va didaktik imkoniyatlari” deb rasmiylashtirdik.
Ilmiy tadqiqot ishning o’rganilganlik darajasi. Respublikamizda milliy g’oya va mafkuraning jamiyat hayotida tutgan o’rni, milliy tarbiyaning ma’naviy asoslari, o’quvchi shaxsida mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ma’naviy-axloqiy madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik masalalari mamlakatimiz olimlari Zaripov K.Z.,1 Begmatov A.,2 Rustamova R.3, Mirqosimov M.4, Olimov Sh.Sh.5, Yo‘ldoshev J.G‘.6,Voljskiy A.7 ,To’raqulov X.A8, Hasanboyev J9, Q. Abdullayeva, M.Yusupova, S.Rahmonbekova10 D.Anvarova, Q. Abdullayeva, M.Yusupova, O’.Asqarov, B.Adizov, O.Jamollidinova, U.Mahkamov, Sh.Mardonov, O.Musurmonova, B.Mirzalimov, N.Ortiqov, D.Ro’zieva, D.Sharipova, Sh.Sharipov, S.Nishonova, F.Norboeva, M.Quronov, Z.Qurboniyozova, Sh.Sh.Olimov va boshq. tomonidan, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning psixologik jihatlari esa psixolog olimlar G’.B.Shoumarov, Z.Nishonova, V.Karimova va boshq. tomonidan tadqiq etilgan. O’quvchi-yoshlar ma’naviyatini takomillashtirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari hamda o’quvchilar ma’naviy dunyoqarashiga ommaviy tadbirlarning ta’siri muammolari ijtimoiy fanlarning turli yo’nalishlari bo’yicha A.Begmatov, M.Bekmurodov, A.Mavrulov, M.Quronov, Q.Quronboev va boshq. ishlarida tadqiq etilgan.
O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyati, kommunikativ kompetentligi, uni faollashtirish, shakllantirish kabi muammolar bo‘yicha qator tadqiqot ishlari olib borilgan. Shunday tadqiqotlar sirasiga I.Ya.Lerner, A.M.Matyushkin, M.I.Maxmutov, O.Roziqov, K.Zaripov, N.Ortiqov, I.A.Allyorov, A.Rashidov, Sh.Rayhonov, B.Adizov, A.R.Hamroev, H.Hayitov, Z.L.Umurov kabi olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin.
Tadqiqot maqsadi: boshlang’ich sinf o’quvchilarida bolalar kitobxonli vositasida bilishga qiziqishlarni shakllantirish metodikasi ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari: ilmiy tadqiqot ishda qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgiladik:
tanlangan mavzuga oid adabiyotlar va metodik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish;
bolalar kitobxonligining har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatini asoslab berish;
boshlang’ich sinflarda bolalar kitobxonligining o‘ziga xos xususiyatlari va shakllarini ko‘rsatib berish;
boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
boshlang’ich sinflarda o‘quvchilari kommunikativ kompetentligini oshirishning usul va vositalarini belgilash;
o‘quvchilarning kommunikativ kompetentligini oshirishga qaratilgan bolalar kitobxonligi ishlari va ularni tashkil etish metodikasini ishlab chiqish;
darsdan tashqari kitobxonlik tadbirlari vositasida boshlang’ich sinf o‘quvchilari kommunikativ kompetentligini oshirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |