O‘MKHT standartlarining joriy etilishi quyidagi
maqsadlarni ko‘zlaydi:
●
O‘MKHTning yuksak sifatini hamda mamlakatda
amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy
islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo
etish talabla
riga javob beruvchi raqobatbardosh
kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
●
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbolla ridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika
va tex
no logiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib
chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
●
O‘MKHTning demokratlashuvi, insonparvarligi va
ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va
iqtisodiy bilimlar darajasini, shuningdek ta’lim
jarayoni samaradorligini oshirish;
●
sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar
tay yorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlat-
ning manfaatlarini himoya qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |