O ‘zbekiston tarixi (xvi—xix asrning birinchi yarmi)



Download 0,85 Mb.
bet81/86
Sana09.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#645834
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
Ўзбекистон тарихи 8 2014

"Balx oQunNdu/
\ 0 / Hindi





Kobul


| | Qo‘qon xonligiga vaqtincha qaram yerlar
11 91 1 1
/ = Xonliklarning taxminiy chcgaralari


davrda amalga oshmay qoldi. Rossiya imperiyasining „Shimoliy urush“ bilan bandligi bunga sabab bo‘ldi.
1713-yili Astraxanga kelgan Xiva elchisi Xoja Nafas rus ma’muriariga, Sankt-Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boybgini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko‘p miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi. Ana shu mahumotlar ta’sirida Pyotr I o‘zbek xonliklariga kirib borish maxfiy rejasini tuzadi. U ikki harbiy ekspeditsiya tashkil etadi. Biriga Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni, ikkinchisiga kapitan Ivan Buxgolsni rahbar etib tayinlaydi.
Bekovich-Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi tarkibida katta harbiy qo‘shin bor edi. Ular 1717-yilda Xiva xonligi hududlariga kirib keladi va harbiy to‘qnashuvlar bo‘ladi. Xiva xoni Sherg‘ozixon hiyla ishlatib Bekovich-Cherkasskiyni qabul qiladi va uning qo‘shinlarini qirib tashlaydi. Pyotr I uyushtirgan ekspeditsiya- ning halokati Xiva — Rossiya munosabatlarini keskinlashtirib yubordi.
„Buxgols ekspeditsiyasi“ga kelsak, uning qo‘shini 1715-yili Toboldan Irtish bo‘ylab Yorkentga yo‘l oladi. Bu guruh Yamish- chev ko‘lida bo‘lib, u yerda istehkom quradi. Biroq, ular qal- moqlar hujumiga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo‘ladilar.
1717-yili Buxoro xoni Peterburgga o‘z elchisini yuboradi. Elchi Qulibek Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g‘alabasi munosabati bilan yozilgan qutlov maktubini topshiradi. Abulfayzxon o‘z maktubida, ayni paytda, Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini so‘ragan edi. Bunga javoban Rossiya hukumati 1721-yili Florio Benevenini elchi qihb jo‘natadi. Rossiya elchisiga Sharq mamlakatlariga olib boradigan suv va quruqlik yo‘llarini o‘rganish; rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash; Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko‘ndirish; xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; qayerda qancha oltin borligini aniqlash va ulami xaritaga tushirish; xonlikdagi qafa va qo‘shinlar ahvolini o‘rganish hamda xonlikning Eron va Xiva bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish vazifalari yuklatilgan edi. F. Beneveni Buxoroga yetib keladi va Abulfayzxon qabulida bo‘ladi.
F. Beneveni Buxoroda 3,5 yil turdi va o‘z oldiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qimmatli mahumotlar to‘plashga muvaffaq


144




bo‘ldi. Ulami Sankt-Peterburgga ochiq va shifrlangan xat orqali jo‘natib turdi. Hukumatning barcha topshiriqlarini bajargan F.Beneveni 1725-yilda Peterburgga qaytib ketdi.
XVIII asming birinchi choragida Kichik, 0‘rta, Katta juzga bo‘lingan qozoq sultonlari o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi. Natijada ular nochor ahvolga tushib, tashqaridan yordam so‘rashga majbur bo‘ldilar. 1730-yilda Kichik juz sultoni Abulxayr Rossiyaga elchi jo‘natib, Rossiya tobeligiga o‘tish istagini bildiradi. 1732-yilda Kichik juz, 1739—1740-yillarda Semekexon boshchiligidagi 0‘rta juz, 1747-yilda Katta juz ham Rossiya tobeligiga o‘tdi. Natijada Rossiya hukumati uchun Markaziy Osiyoni o‘z ta’siriga bo‘ysundirish yo‘lida qulay imkoniyat yuzaga keldi.
1734-yili senat kotibi LKirillov boshchiligida harbiy gumh tayinlandi. U „Orol dengizida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarishi“, „Buxoro va undan Hindistonga“ boradigan yo‘lni ochishi, oltin konlarini izlashni davom ettirishi lozim edi. 1735-yilda Kirillov gumhi Or daryosi bo‘yida Or qaFasini qurdi (keyinchalik bu qafa atrofida Orenburg shahri vujudga keladi), Yoyiq va Irtish sohillari (Sibir)da istehkomlar barpo etdi. Xonliklar savdogarlari Rossiya bilan Orenburgda savdo-sotiq qiladigan bo‘lishdi.
XVIII asming ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya savdo- iqtisodiy aloqalarida Markaziy Osiyo xonliklarining ahamiyati yanada orta bordi. Bunda, birinchidan, Rossiyada rivojlanib borayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish, ikkinchidan, Osiyoda, xususan, Hindistonda Buyuk Britaniya ta’sirining kuchayib borayotganligi sabab bo‘lgan.
XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida rus sarmoyasi Markaziy Osiyo bozorida yetakchi o‘rinni egalladi. Ingliz mollari Rossiya orqali olib kelinar edi. Nijegorod yarmarkasida ms savdogarlaridan tashqari o‘zbek xonliklari, Eron va Hindistondan kelgan savdogarlar ham qatnashgan. XIX asr boshlarida Rossiya o‘zbek savdogarlari uchun katta imkoniyatlar yaratdi, ba’zi cheklashlar bekor qilindi. Endi ular Rossiyaning ichkari shaharlariga ham borib savdo qila oladigan bo‘lishdi.


10 — 0‘zbekiston tarixi, 8-sinf


145






  1. Rossiya va Markaziy Osiyo xonliklari o‘rtasida savdo aloqalari-
    ning rivojiga qanday omillar sabab bo‘ldi?

  2. XVI—XVII asrlarda elchilik qilgan shaxslarning ro‘yxatini tu-
    zing.

  3. Elchilarga qanday vazifalar yuklanardi?

  4. Qachon va nima uchun Rossiyaning xonliklarga nisbatan muno-
    sabatda tazyiq o‘tkazishi boshlandi? Bu nimalarda namoyon
    bo‘ldi?

  5. Rossiyaga boradigan karvon yo‘llarining xaritasini chizing.



  1. Download 0,85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish