Viloyatlar ichida hisob-kitoblar pochta va tashuvchilar orqali yagona hisoblash markazida
amalga oshiriladi. Bu jarayon bir haftani tashkil etar edi. Viloyatlararo hisob-kitoblar ham
pochta orqali avizo hujjatlari asosida amalga oshirilgan. Bunda mablag‘lar bir mijozning
hisobvarag‘idan ikkinchi mijozning hisobvarag‘iga bir oydan ikki oygacha bo‘lgan muddat
Markaziy bank Bosh axborotlashtirish markazida banklararo hisob-kitoblarda elektron
pochta usuli yaratish ustida ishlandi. Shuningdek bank amaliy ish kunini kompyuterlar
vositasida bajarish a
maliy dasturini yaratish va ularni banklarda tadbiq etish bo‘yicha ish
olib borildi.
1993 yil
Shu yili qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi
Qonunini bajarish yuzasidan Markaziy bankda va uning hududiy Bosh boshqarmalarida
axborotlashtirish boshqarmasi va bo‘limlari tashkil etildi. Banklararo maxsus ajratilgan
aloqa kanallari vazifasida elektron to‘lov tizimini ishga tushirish borasida ish olib borildi.
Respublika bank tizimini axborotlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Sobiq Ittifoq respublikalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish va ularga xizmat
ko‘rsatish amaliy dasturi yaratildi. Markaziy bankning hududiy boshqarmalari to‘liq
kompyuterlashtirildi. Ya’ni bir paytda respublika elektron to‘lov tizimini zamini yaratila
boshlandi. Shu yilning dekabr oyidan boshlab juda qisqa muddat uch oy mobaynida
Sobiq Ittifoq respublikalari bilan 1991, 1992 hamda 1993 yillardagi yig‘ilib qolgan o‘zaro
hisob-kitoblar, qarzlar hisoblab chiqildi va 1994 yilning mart oyiga kelib bu borada aniq
ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
1994 yil
18 mart kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 146-
sonli “Bank tizimini
takomillashtirish, pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Markaziy bank tizimida elektron pochtalarni joriy etishni
oktabrga qadar tugallash vazifasi yuklatildi. Shuningdek, Qarorda respublika bank
kompyuter tizimini yaratish uchun zarur valyuta mablag‘larini ajratish ham ko‘rsatildi.
13 iyul kuni Vazirlar Mahkamasin
ing “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi. Unga asosan banklar
qator soliqlardan ozod qilindi va bo‘shagan mablag‘larni o‘z faoliyatini
kompyuterlashtirishga sarflash shart
qilib qo‘yildi. Mazkur Qarorlarga binoan tijorat
banklarining bo‘limlari kompyuterlashtirila boshlandi va ular elektron to‘lov tizimiga
qo‘shib borildi.
Avgust oyi oxiriga kelib mustaqillikning uch yilligi sharafiga elektron to‘lovlar vaqtinchalik
Nizomi yaratildi.
Oktabr oyidan boshlab esa elektron pochta respublika bank tizimida ishga tushirildi.
Respublika bank tizimida buxgalteriya hisob-kitoblarni va bank amaliy ish kunini umumiy
bir ko‘rinishga keltirish uchun zarur ishlar amalga oshirildi.
Markaziy b
ank qilingan bu ishlar bilan cheklanib qolmasdan o‘zining mutaxassislari kuchi
bilan elektron to‘lov tizimi amaliy dasturini respublika miqiyosida tadbiq etish ustida ham
tinimsiz ish olib bordi va 1995 yil uchun zamin yaratdi.