1.1.Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad: ijtimoiy pedagogika yuzasidan tuzilgan mazkur dastur bo’yicha ishlashdan maqsad bo’lg`usi boshlang`ich ta`lim o’qituvchilariga, yordamchi maktab o’qituvchilariga ijtimoiy pedagogika fani yuzasidan bilim berish, talabalarning pedagogika, ijtimoiy pedagogika fani bo’yicha savodxonligini oshirish, takomillashtirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi: ijtimoiy pedagogikaning asoslarini, metodikasi, kategoriyalarini puxta o’zlashtirish jarayonida pedagogika institutlarining boshlang`ich ta`lim, defektologiya fakultetlari uchun nashr etilgan mavjud darslik, qo’llanmalar materiallariga ijodiy yondashish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |