Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
1. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlaridan bir paytda yoki ketma-ket ro`y beradigan voqea-hodisalar anglashilsa, ular bir-biridan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Qushbegiga qaradim, ul ham manim og`zimga qarab turar edi. (A.Qodiriy). Siz marg`ilonlik og`aynilarni qipchoqlarga qarshi oyoqlantirmoqchi bo`lasiz, buni ham yaxshi bilamiz... (A.Qodiriy).
2. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari mazmun jihatdan mustaqilroq bo`lsa yoki ular turkibida vergul ishlatilgan bo`lsa, qo`shma gap tarkibidagi qismlar bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratilib yoziladi. Masalan: Ishing bo`lmasa kitob o`qi, husnixat ol; sen kulolning qizi emassan... (A.Qodiriy). YOsh chog`ida ... qattiqchilikda o`sdi; uning ba’zi yarashmagan harakatlari balki o`sha qattiqchilikning ruhga singib qolgan yomon ta’sirdir. (A.Qodiriy).
3. Bog`lovchisiz qo`shma gap tarkibidagi ikkinchi gap birinchi gapning biror bo`lagini izohlasa, uning mazmunini to`ldirsa, qismlar orasiga ikki nuqta qo`yiladi. Masalan: Arslonbob yong`oqlariga kelganda shuni aytmoqchiman: bular nihoyatda noyob, zotli yong`oqlar. (J.Abdullaxonov). Xolbek bir narsani endi sezmoqda edi: Avaz bilan Hulkar unga negadir kerak edi. (P.Qodirov).
4. Bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari bir-biridan tire orqali ajratiladi. Quyidagi holatlarda qo`shma gap qismlari orasiga tire qo`yiladi:
1) qo`shma tarkibidagi gaplar mazmunan zid bo`lsa: Kiygan to`ning eskiydi – kiydirganing eskimas. (Maqol).
2) birinchi gap ikkinchi gap kesimidan anglashilgan ish-harakatning bajarilish natijasi yoki shartini bildirsa: Qaring bor – barang bor. (Maqol).
3) birinchi gap mazmuni ikkinchi gap mazmuniga o`xshatilsa: Qor yog`di – don yog`di. (Maqol). Vaqting ketdi – baxting ketdi. (Maqol).
4) qismlardan tez almashinuvchi voqea-hodisalar anglashilsa: - Hoy, oyimcha, sen yaxshi bo`lding – biz yomon bo`lib qoldikmi hali?... (P.Qodirov). SHu payt oy bulutlar orasidan suzib chiqdi – kamtigi bulutning chetiga urilib, sho`x bir silkinib qo`yganday ko`rindi. (P.Qodirov).
O'zaro bog'lovchi yoki bog'lovchi vazifasidagi vositalarsiz, faqat mazmun va oharig jihatdan bog'langan oddiy qo'shma gap bog'lovchisiz qo'shma gap deyiladi. Masalan: Bulbulo, keltir bahor xabarin, boyqushga qo'ygin yomon so'z barin. (S. Sh.) Daryo bo'lib oqdim, qushbo'lib uchdim. (S.Z.)
Bog'lovchisiz qo'shma gaplar qismlarning o'zaro munosabatiga ko'ra: 1. Bog'langan qo'shma gapga sinonim bo'lgan bog'lovchisiz qo'shma gap. 2. Ergashgan qo'shma gapga sinonim bo'lgan bog'lovchisiz qo'shma gap. 3. Bog'lovchisiz qo'shma gap sinonim bo'lmagan bog'lovchisiz qo'shma gaplarga bo'linadi.
1. Bog'langan qo'shma gaplarga sinonim bo'lgan bog'lovchisizqo'shma gap ikki xil munosabatni ifodalaydi:
payt, chog'ishtiruv: Mard bir o'lar, nomard yuz o'lar. (Maqol.)To'g'ri til tosh yorar, egri til bosh yorar. (Maqol.)
zidlov munosabatini: Tig' yarasi bitar, til yarasi bitmaydi..(MaqoL) 2. Ergashgan qo'shma gapga sinonim bo'lgan bog'lovchisizqo'shma gap: Hamal kirdi—amal kirdi. (payt). savr kirdi—davrkirdi (payt), it huradi—karvon o'tadi (to'siqsiz), qor yog'di—nuryog'di (o'xshatish), Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh -tarozi (sabab.)
3. Bog'lovchisiz qo'shma gapga sinonim bo'lmagan bog'-lovchisiz qo'shma gap: Tong yaqinlashib qoldi: onda -sonda xo'rozlarning qichqirig'i eshitila boshladi. (S. Z.) Xushxabar olib keldim: garmizon yengildi, shahar o'zimiznikilar qo'liga o'tdi.(Sh.)
Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari kesimlarning qanday ifodalanishiga ko'ra ikki xil: l.Bir xil qismlardan tuzilgan bog'lovchisiz qo'shma gap. Masalan: Quyosh daraxt orqasiga cho'kdi, dala qoraydi.(P. T.) Daryo ketar tosh qolar, o'sma ketar qosh qolar. (Maqol.)
2. Turli xildagi qismlardan tuzilgan bog'lovchisiz qo'shma gap:Bilib turibsiz, men hech narsa deganim yo'q. Havasim kuchli.o'ylarim, xayollarim dunyo-dunyo. (O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |