FLORA VA UNING AHAMIYATI
Reja:
Flora nima?
Muhofaza qilish chora tadbirlar
Dunyodagi qo’riqxonalar
Xulosa
Kirish
Tabiatda har qanday o‘simlik turining yo‘qolishi uni tiklab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi. Respublikamiz florasi nihoyatda boy. Yurtimiz tabiatidagi lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simliklarimiz noyob turlar hisoblanadi, dunyoga dong‘i ketgan.
«Botanika» ilmiy ishlab chiqarish markazi olimlarining tadqiqotlari o‘z samarasini berayapti. Keyingi yillarda viloyatlarda olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz tufayli ba’zi yo‘qolib borayotgan o‘simliklarimiz turi ko‘paydi va areallari kengaydi. Masalan, Korolkov za’faroni, Noksimon normushk, Suvorov piyozi, Anzur piyoz
Tabiatimizning biologik va landshaft xilma-xilligi milliy boyligimiz. Bu boylik bir necha ming-ming yillik evolyutsiya davomida paydo bo‘lgan hamda ajdodlarimiz ulardan oqilona foydalanib, bizga meros qoldirgan
Afsuski, o‘tgan yuz yillikning so‘nggi 50-60 yilida tabiiy yaylovlarimiz shiddat bilan o‘zlashtirildi, suv, botqoq tizimiga putur yetdi. Oqibatda cho‘l, yarim cho‘l, dashtlardagi betakror cho‘l biologik majmualarimiz keskin qisqarib ketdi.
O’zbekiston bioxilma-xilligini saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarkibidagi qo’riqxonalar va milliy bog’lar katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq davlat tabiiy qo’riqxonalari qat’iy muhofaza qilinadigan hududlar bo’lib, ularda yovvoyi tabiatning hayoti yil bo’yi kuzatib boriladi. Respublikamizdagi davlat qo’riqxonalarining asosiy vazifalari: tabiat landshaftlari, noyob va nodir hayvon va o’simlik turlarini tabiiy ahvolda saqlab qolish va keyinchalik boshqa hududlarni ular bilan boyitishdan iborat.
Respublikamizdagi davlat qo’riqxonalarining asosiy vazifalari: go’zal landshaftlar va ularning yovvoyi vakillarini muhofaza qilish bilan birga ekologik turizmni rivojlantirish, insonlarning tabiat bilan aloqasini kuchaytirishdir. Kamol topayotgan yosh avlodning yashashi uchun qulay sharoitni ta’minlashga yo’naltirilgan, uzoqni ko’zlagan ekologik siyosat milliy tabiiy bog’, qo’riqxona,tabiiy resurslarni o’zida jamlagan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni barpo etishda ko’zga tashlanadi.
Shu nuqtai nazardan ekologik va huquqiy madaniyat tushunchalarining uyg’unligini o’quvchilar ongiga singdirish, insonning tabiat oldidagi burchi xususida va o’lkamizning qo’riqxonalari va milliy bog’lari haqida o’quvchilarga ma’lumot berish, o’quvchilarning ekologiyaga, o’lkamizning qo’riqxonalari va milliy bog’lariga oid bilim-ko’nikmalarini o’stirish, nutq boyligini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini boyitish, o’quvchilarni tabiatga, o’lkamizning qo’riqxonalari va milliy bog’lariga nisbatan mehrli qilib tarbiyalash, uni asrab-avaylashga o’rgatish, ekologik va huquqiy madaniyatli insonni tarbiyalash hamda o’quvchilarning o’zaro hamfikr bo’lishga, huquqiy bilimlarni bilishga o’rgatish maqsadida 2016 yilning 6 yanvar kuni “Barkamol avlod” Respublika bolalar o’lkashunoslik va ekologiya markazida “11 yanvar- Qo’riqxonalar va milliy bog’lar kuni” munosabati bilan “O’lkamizning qo’riqxonalari va milliy bog’lari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini “Barkamol avlod” Respublika bolalar o’lkashunoslik va ekologiya markazi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari X.Boyirov so’zi bilan ochib berdi va yig’ilganlarni “11 yanvar- Qo’riqxonalar va milliy bog’lar kuni” bilan qutladi.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi San’at arbobi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Komoliddin Behzod nomli milliy Rassomlik va Dizayn Instituti katta o’qituvchisi, rassom Ortiqali Qozoqov, markaz pedagog xodimlari, to’garak rahbarlari va “Tasviriy san’at”, “Vetraj”, “Liboslar dizayni” to’garak a’zolaridan iborat 60 nafar o’quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. “Tasviriy san’at” to’garagi a’zolarining tabiat, o’simliklar, hayvonlar va qushlarni tasvirlab chizgan rasmlari asosida ko’rgazma tashkil etildi.
Davra suhbatida “Barkamol avlod” Respublika bolalar o’lkashunoslik va ekologiya markazi to’garak rahbari Xusniddin Narmuxamedov tadbir ishtirokchilariga “O’lkamizning qo’riqxonalari va milliy bog’lari”, bugungi kunda O’zbekistonda 9 ta davlat qo’riqxonasi, 2 ta milliy tabiat bog’i, 10 ta davlat buyurtmaxonasi, Respublikamizda yagona hisoblangan nodir hayvonlar turlarini ko’paytirishga ixtisoslashtirilgan “Jayron” ekomarkazi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) qatoriga kirishi haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.
Davra suhbatida keyingi navbat “Tabiat rassomlar nigohida” sahifasiga berildi va O’zbekiston Respublikasi San’at arbobi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Komoliddin Behzod nomli milliy Rassomlik va Dizayn Instituti katta o’qituvchisi, rassom Ortiqali Qozoqov so’zga chiqib, o’quvchilarga rassomlik san’ati, uning sir-asrorlari, o’zining chizgan rasmlari, ko’rgazmalari, ayniqsa tabiat, O’zbekistonning go’zal manzaralari, to’rt fasli aks ettirilgan go’zal rasmlari haqida so’zlab berdi. Taniqli rassom tomonidan “Master klass” o’tkazildi. O’quvchilar ko’z o’ngida “Sharq ayoli” tasviri chizib ko’rsatildi. Shuningdek, tadbir davomida Ortiqali Qozoqovning hayoti va ijodi haqidagi “Tabiat bilan suhbat” telefilmi namoyish etildi.
Davra suhbatida “Barkamol avlod” Respublika bolalar o’lkashunoslik va ekologiya markazi “Tasviriy san’at” to’garagi rahbari Shaymurodov Tohir “Tabiat rassomlar nigohida” mavzusida o’quvchilarga o’z tajribasidan foydalanib tushuncha berib o’tdi. Jumladan, “Tasviriy san’at” to’garagining 2015 yildagi faoliyati haqida va hozirgi kunda markazdagi faoliyati davrida shogirdlaridan 6 tasi xalqaro tanlovlarda faxrli 1-o’rinni egallaganligi, Abdulg’ofur Abdulhaev, Shahrizoda Mo’minova, Muhammadali Ahmedov, Anora Xoshimxo’jaeva va boshqalar ustozning izdoshlari bo’lib etishib kelayotganligi haqida alohida to’xtalib o’tdi.
O’quvchilar tomonidan chizilgan beg’ubor, bolalik nigohi asosida yaratilgan rasmlarga rassom Ortiqali Qozoqov tomonidan juda yuqori baho berildi va ushbu yoshlarimiz orasidan kelajakda mohir rassomlar etishib chiqishiga yuksak ishonch bildirildi. O’tkazilgan davra suhbatida o’quvchilarning ekologik aql idroki, tabiatga, o’simliklar va hayvonlar va ularni asrab-avaylash haqidagi bilimlarini, ekologiya va o’lkashunoslikka oid bilimlarini yanada oshirish maqsadida markaz to’garak a’zolari o’rtasida “Tabiat ne’matlarini asraylik!” mavzusidagi qiziqarli savol-javoblar bahsi o’tkazildi. Qiziqarli bahsning ikkinchi sharti “Boshqotirma” deb nomlandi. To’garak a’zolari tomonidan qisqa vaqt ichida tabiat va o’simliklarga oid so’zlar yashiringan boshqotirmalarga o’quvchilar tomonidan javoblar topildi. Davra suhbati davomida to’garak a’zolari tomonidan aytilgan Vatan, ona va tabiatni madh etuvchi she’rlar tadbirga ko’tarinki ruh bag’ishladi.
Davra suhbati yig’ilganlarda va o’quvchilar va ularning ota-onalarida katta taasurot qoldirdi. Davra suhbati yakunida mehmonlarga o’quvchilar qo’l mehnati bilan yasalgan buyumlar sovg’a qilindi.
O‘ylaymizki, tabiatda hech kim oq qoplonlami uchratmagan. Bundan chorak asr avval insonning xo ‘jalik faoliyati oqibatida mazkur noyob va go ‘zal hay vonlar o‘z yashash joylarini tark etib ketishdi. Ular umuman yo‘q boiib ketish xavfi ostida edi. Ammo bugungi kunda o‘nta oq qoplondan iborat bir oila Hisor togiarining g‘arbiy qismida yashab kelmoqda. Bunga Hisor tog‘-archa qo‘riqxonasini tashkil qilish natijasida erishildi.
0‘zbekistonda 9 ta qo‘riqxona bor. Ularning umumiy maydoni 2164 km.kv va ular davlat tomonidan himoyalanadi. Ushbu hududlarda barcha xo‘jalik faoliyati ta’qiqlangan.
Qo‘riqxonalar - o‘simliklar va hayvonlaming ayrim turlarini yoki ekotizimni himoya qilish uchun moijallangan tabiatning hech kim tegmagan hududlaridir.
Davlat qo‘riqxonalari doimiy ilmiy-tadqiqot o’tkazuvchi xodimlar va qo‘riqxona tashkil qilingan vaqtdan buyon yigib kelinadigan (ayrim hollarda 30- 40 yil davomida) hujjatli materiallarga ega. Bundan tashqari, qo‘riqxona sharoiti ekologik izlanishlar o‘tkazish uchun qulaydir.
Qo‘riqxonalar dastlab tashkil qilinganda ilmiy ishlar tabiiy sharoitlami o‘rganish, fauna va florani ro’yxatga ohshdan iborat edi, xolos. Hozirgi vaqtda ayrim qo ‘ riqxonalarda j onivorlar va о‘simliklarning yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash va saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Respublikamiz hayotida qo‘riqxonalarning о‘mi juda kattadir. Ular ajoyib va betakror landshaftlarni saqlab qolmoqda. Masalan, Zarafshon qo‘riqxonasi to ‘qayzorlar, hayvonot olamining noyob vakillari - Buxoro kiyigi, Seversov qo‘yi yoki Qizilqum qo'yi, tog‘ echkisi, oq qoplon va boshqa yo‘qolib ketayotgan hayvonlami saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan.
O‘zbekiston hududida Chotqol biosfera qo‘riqxonasi mavjud. U 1995 yilda Jahon biosfera qo‘riqxonalari tizimigakiritilgan. Qo‘riqxona g'arbiy Tyan-shon tog'li ekotizimni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Chotqol qo‘riqxonasi 1947 yilda tashkil qilingan va Toshkent viloyati hududida joylashgan.
Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.
Qo'riqxonalar tartibiga qat’iy rioya qilish natijasida yildan-yilga ulardagi hayvonot olami boyib bormoqda. 0‘zbekiston tog‘larida Nurota yong‘oq-meva qo‘riqxonasi tashkil qilinguncha Qizilqum qo‘yi (Seversov qo‘yi)ning soni yuztaga ham yetmasdi, hozir esa ularning soni 1000 taga yetib qoldi.
20 yillar avval Amudaryo qirg‘oqlaridagi to‘qaylarda 100 dan ziyod Buxoro kiyigi yashab kelar edi. Beshta qo‘riqxona tashkil qilingach ushbu go’zal jonivorlar soni 1000 boshdan oshib ketdi.
1976-yilda Buxoro yaqinida jayronlarni ko‘paytirish va keyinchalik ularni Turkistonning barcha cho‘lli hududlari bo‘yicha tarqatish va shuningdek, ushbu hayvonlaming biologiyasini o‘rganish uchun maxsus qo‘riqxona tashkil qilingan edi. So‘nggi 15 yil ichidajayronlar soni 44 tadan 1000 tagacha yetdi.
Biz o’nlab qo‘riqxonalar, tabiiy milliy bog'lar tashkil qilmaylik, inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdon bilan yondashmasa barcha harakatlar behuda ketadi.
Tabiatni kelgusi avlodlar uchun tabiiy, buzilmagan holda saqlab qolish - bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |