§ 2. MAFKURA TUSHUNCHASI, UNING MOHIYATI.
Har qanday nazariya yoki ta`limot bir tizimga solingan g’oyalar majmuidan iborat bo`ladi. Dunyo qarashning negizini va muayyan ishonch-e`tiqodning asosini ham g’oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatning manfaatlari va maqsadlari ham g’oyalarda ifoda etiladi.
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy ma`naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraga shunday ta`rif bergan: “Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko`zlagan va uning dunyodagi o`rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o`rtasida o`ziga xos ko`prik bo`lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”.1
Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq millatni millat qiladigan uning yo`li va maqsadlarini aniq-ravshan jarayon etadigan mayoqdir. Mafkuralar, ma`no-mohiyatiga ko`ra falsafiy dunyoviy, diniy va boshqa turli ta`limotlar asosida yaratiladi. Xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o`z mafkuralarini yaratishda siyosiy g’oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi.
Mafkuraning falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning falsafa, ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi.
Bunga g’arbdagi uyg’onish davrni hamda o`rta asrlarda o`z milliy davlatchilikni tiklay boshlagan Evropa xalqlarining har biri o`ziga xos mafkurasini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur mafkuralar rim imperiyasi parchalanganidan keyin o`z davlatchiligiga ega bo`lgan xalqlarning o`ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy faosafalari asosida shakllandi. Shu bois o`sha davrdagi italiyat, ingliz, francuz falsafasi o`z mansub bo`lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi.
Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma`rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume`tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy imoralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi.
Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog’liq ekani va shu bois uning g’oyaviy ildizlari diniy ta`limotlarga borib tarqalishi tushuniladi. Ya`ni ko`pgina mafkuralar Avesto, Veda va Upanishadilar, Zabur, Tavrat, Injil va Qur`on kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g’oyalar muayyan darajada o`z ifodasini topganini ko`ramiz.
Dunyoviy va diniy g’oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko`tariladi. Bunga bashariyat tarixida o`chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Motrudiy va Abu Rayxon Beruniy, Imom G’azzomiy va Abu Nasr Farobiy singari buyuk zakovat sohiblari yonma-yon yashab faoliyat ko`rsatgan davr yorqin misol bo`la oladi.
Insoniyat tarixida o`z talab ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobga qondirish isboti talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor millatchilik, fashizm va ekstremizm g’oyalarini yuzaga keltirgan. Bunday g’oyalar xalqlar boshiga ko`p kulfat va munosabatlar solgan.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki ba`zan buzg’unchi mafkura o`zining soxta jozibasi aldov makri bilan omma ongini zaharlab, jamiyatda hukmron mavqeini egallab olishi mumkin. Masalan, XX asrning 30 yillarida Italiya va Germaniyada fashizmning g’alaba qozonishi nafaqat italiyat va nemis xalqining, balki dunyodagi millionlab insonlarning boshiga cheksiz kulfat solgani tarixining achchiq saboqlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |