3.3. Jek Londonning «Hayotga muhabbat» hikoyasidagi pragmatik xususiyatlarning tarjimada ifodalanishi
Jek London mashhur amerika yozuvchisi. U 1876-yil Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida kambag‘al fermer Jon London oilasida tug‘ilgan. Jek Londonning haqiqiy ismi Jon Griffitdir.
Jek Londonning yoshligi qashshoqlik va og‘ir mehnatda o’tgan. Oilasi juda qashshoq bo’lganligi sababli maktabni tamomlagach ishlashga majbur bo’lgan. U gazeta sotgan, turli xil fabrikalarda ishlagan, keyinchalik esa suzuvchi bo’lgan. Bir qancha muddat ishsizlikdan AQSh va Kanadani darbadar kezgan.
U yoshligidayoq hayotning bor mashaqqatlarini boshidan kechirgan. Yozuvchining adabiy faoliyati 1898-yilda boshlangan va o’sha yili uning birinchi hikoyasi nashr etilgan. O’zining eng yaxshi hikoyalarida u shavqatsiz hayotni va insonlarning tabiat bilan kurashini tasvirlagan.
U 1916-yilda 40 yoshida vafot etgan.
Jek London 16 yillik adabiy faoliyati davomida 19 roman, 18 to‘plam, 152 hikoya, 3 p’esa, 8 avtobiografik hamda publitsistik xarakterdagi kitob yaratdi.
Uning mashhur asarlari: «Dengiz bo‘risi» (1904), «Temir tovon» (1907), «Martin Iden» (1909),«Qor qizi» (1902), «Ayol mardligi» (1900), «Oqsoqollar kengashi» (1902), «Qish haqida qissa» (1904), «Sokramento sohillarida» (1904), «Hayotga muhabbat» (1906), «Ish tashlash» (1906), «Yo‘l» (1907), «Bir parcha go‘sht» (1900), «O’yin» (1905), «Katta uyning kichik bekasi», «Uch qalb», «Oltin vodiy», «Sarguzasht», «O’g‘rilik», «Oqtish», «Shimol hikoyalari», «Sovuq bolalari», «Otalar xudosi», «Bo‘rivachcha», «Oq sukunat», «Yo‘ldagilar sharafi uchun», «Qirq mil narida», «Tubanlik kishilari» (1903) va h.
Jek London o‘zining hikoyalarida tabiatning asov kuchlariga qarshi mardona kurashuvchi kishilar hayotini zo‘r badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. Uning «Hayotga muhabbat» hikoyasi fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Bu hikoyada hayotga bo‘lgan muhabbatning o‘lim ustidan g‘alabasi tasvirlangan.
Jek Londonning «Hayotga muhabbat» hikoyasi 1958-yilda Fattoh Abdullayev tomonidan o’zbek tikiga o’girilib nashr qilingan. Ingliz adabiyotidan qilingan juda ko’plab asarlar rus tili orqali o’zbek tiliga o’girilib kelingan. Bu esa rus tarjimoni tomonidan e’tibordan chetda qolgan asliyatdagi muhim pragmatik belgilarni o’zbek tarjimoni tomonidan ham takrorlanishiga, ayrim hollarda esa yanada qo’polroq xatolarga yo’l qo’yilishiga sabab bo’lgan. Ammo bu bilan o’zbek tarjimonini ayblab bo’lmaydi. Ular ingliz tilini bilmasa-da o’zbek kitobxonlarini ingliz adabiyotining ajoyib durdonalari bilan tanishtirib, madaniyatlararo kommunikasiyani amalga oshirishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqda. Amerika yozuvchisi Jek Londonning «Hayotga muhabbat» hikoyasi o’zbek tarjimonlari tufayli ko’plab kitobxonlarning sevimli asariga aylangan.
Asarning sodda, ravon tili, ruschadagi ayrim iboralar o’rniga ona tilimizdagi ifodali, obrazli iboralarni mohirona ishlatilganligi albatta e’tiborga loyiq. Bugungi kunga kelib bu tarjimani asliyat va ruscha matnga qiyoslab o’rganish orqali, asliyatdagi pragmatik xususiyatlar tarjimalarda qay darajada muvaffaqiyat bilan qayta tiklanganligini o’rganib chiqish imkoniyatiga egamiz.
Tarjimada pragmatik vositalardan o’rinli foydalanish asliyatda ifodalangan zaruriy ma’noni to’la-to’kis yetkazib berishga xizmat qiladi. Masalan quyidagi jumla tarjimasiga e’tibor beraylik:
- The man who followed slipped on a smooth boulder, nearly fell, but recovered himself with a violent effort, at the same time uttering a sharp exclamation of pain. He seemed faint and dizzy and put out his free hand while he reeled, as though seeking support against the air. (JackLondon “Loveoflife”-1905. pg.1.)
Do'stlaringiz bilan baham: |