Второй путник поскользнулся на гладком валуне и чуть не упал,
но удержался на ногах, громко вскрикнув от боли. Должно быть, у него закружилась голова, - он пошатнулся и замахал свободной рукой, словно хватаясь за воздух. (Джэк Лондон собрание сочинений., Том 5; М. 1961ст. 261.)
Orqada kelayotgan yo’lovchi silliq toshga siyg’anib ketib, yiqilishiga oz qoldi, og’riqdan qattiq ixrab yubordi-yu, ammo yiqilmadi. Boshi aylandi shekilli, munkib ketib xuddi havodan tayanch topishga intilgandek bo’sh qo’lini oldinga cho’zdi. (J.London “Hikoyalar”- T. 1955.57-b.)
Ingliz tilidagi “the man” so’zini mohir rus tarjimoni “o’sha kishi” deb emas, balki kontekstdan kelib chiqqan holda “путник” so’zi bilan almashtirib, “the man” so’zini yanada aniqlashtirgan. Rus tilidan tarjima qilgan o’zbek tarjimoni ham bu so’zni “yo’lovchi” sifatida talqin qilgan. Ammo rus tarjimoni ayrim o’rinlarda leksik birliklarning mos ekvivalenti bo’lsa-da ularni boshqa leksik birliklar bilan almashtirgan. Yuqorida ko’rib o’tgan jumlamizda “followed” so’zi “следующий” deb emas balki “второй” tarzida tarjima qilingan. O’zbek tarjimoni esa bu so’zning aniq ekvivalentini berib shakl va mazmun birligiga erishgan.
Tarjima jarayonida tarjimon ba’zan asliyatdagi pragmatik ma’noni saqlab qolish uchun, uni kitobxonga yanada tushunarli bo’lishi uchun ba’zi jumlalarni kontekstdan kelib chiqqan holda tarjima qiladi. Masalan, quyidagi jumlaning o’zbekcha tarjimasiga e’tibor beraylik:
"I say, Bill, I've sprained my ankle". (Jack London “Love of life”- 1905. pg. 3.)
Слушай, Билл, я вывихнул ногу! (Джэк Лондон собрание сочинений., Том 5; М. 1961ст. 262)
Menga qara, Bill, oyog’imni chiqarib oldim! – deb qichqirdi. (J.London “Hikoyalar” - T. 1955.57-b.)
Agar yuqoridagi inglizcha jumlani kontekstdan xabardor bo’lmagan tarjimon tarjima qilsa uni “Bill dedim, men oyog’imni chiqarib oldim” deb tarjima qilishi mumkin edi. Shuning uchun ham pragmatik ma’noni saqlashda kontekst muhim rol o’ynaydi.
Ammo shunday holatlar borki, unda faqat kontekstdan xabardor bo’lishning o’zi kamlik qiladi ya’ni, kontekstni bilish bilan birga tarjimon asliyat va tarjima tilida qo’llaniladigan frazeologik birliklar, iboralar, so’z birikmasi kabilardan ham xabardor bo’lishi talab etiladi. Chunki asliyat matnining pragmatik belgilari shu tilda gaplashuvchi xalqlarning urf-odatlarida, an’analarida, tushunchalarida, iboralarida ham o’z ifodasini topadi. Bir xalq tilining o’ziga xosligini ifodalovchi bunday pragmatik belgilarning tashlab ketilishi, umumlashtiruvchi so’z bilan o’girilishi yoki so’zma-so’z tarjima qilinishi asliyat matnining pragmatik potensialini kamaytiradi. Quyidagi jumla va uning tarjimalariga e’tibor beraylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |