Katta yarim sharlar po’stlog’idagi elektr hodisalari.
Katta yarim sharlar po’stlog’ining yuzasiga yoki bosh terisiga ikkita elektrodqo’yib, usilitelga (kuchaytirgichga) ulansa, elektr potentsiallarining shakli, amplitudasi va chastotasi turlicha bo’lgan uzluksiz tebranishlarini qayd qilsa bo’ladi. Bu tebranishlar yozuvi elektroentsefalogramma deb, tekshirish metodining o’zi esa elektroentsefalografiya (epsero1op — miya so’zidan) deb ataladi. Elektroentsefalogrammani V. V. Pravdich Neminskiy 1913 yilda torli galьvanometr yordamida birinchi marta hayvonlarda qayd qilgan. Keyinchalik G. Berger elektron usilitelь texnikasini tatbiq etib, odamning shikastlanmagan bosh terisi orqali elektroentsefalogramma olish mumkinligini ko’rsatib berdi. Bu metod o’sha vaqtdan buyon eksperimental va klinik tadqiqotlarda keng rasm bo’ldi.
Elektroentsefalogrammani ajratib olishning ikkita metodi: bipolyar va monopolyar usullari bor. Bipolyar metodda katta yarim sharlar po’stlog’iga yoki bosh terisining tegishli bo’laklariga ajratuvchi ikkita elektrod qo’yiladi. Bu holda yarim sharlar po’stlog’ining elektrodlar ostidagi qismlari o’rtasida elektr potentsiallari ayirmasining tebranishlarini zlektroentsefalograf degan asbob qatsd qiladi.
Monopolyar metodda bir elektrod (aktiv elektrod) po’stloq sohasiga qo’yiladi, (ikkinchi (indiffgrent) elektrod odam qulog’ining yumshog’iga yoki hayvonning burun suyagiga joylashtiriladi. Bu usulda aktiv elektrod ostidagi potentsiallarning tebranishlari qayd qilinadi. Odam bosh terisidan ajratib olinadigan potentsiallar amplitudasi 5-10 dan 200-300 mkv gacha, chastotasi sekundiga 0,5 dan 70 tebranishgacha va undan ortiq bo’ladi.
Yarim sharlar po’stlog’i va po’stloq ostidagi tuzilmalarning turli qismlarida elektr potentsiallarining tebranishlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar elektroentsefalografiya metodi bilan o’rganiladi. Buning uchun ko’p kanalli elektrozntsefalograflar ishlatiladi, bu asboblar miyaning 4 dan 32 tagacha nuqtasidagi elektr aktivligini bir yo’la qayd qilishga imkon beradi. M. N. Livanov va V. M. Ananev taklif etgan elektroentsefaloskopiya metodikasi bu jihatdan yanada katta imkoniyatlar ochib beradi. Ular yasagan asbob — elektroentsefaloskop yarim sharlar po’stlog’ining 50 ta va hatto 100 ta bo’lagidagi elektr aktivligini yorib va ravshanligini uzluksiz o’zgartirib turadigan nuqtalar shaklida qayd qiladi. Shu nuqtalarning hammasidagi potentsiallar tebranishi o’rtasida mavjud munosabatlarni analiz qilish uchun elektronhisoblash mashinalaridan foydalaniladi.
Elektroentsefalogramma ritmlari. Elektr tebranishlarining chastotasi, amplitudasi va fiziologik xarakteristikalari jihatidan elektroentsefalogrammada to’rtta asosiy tip tafovut qilinadi.
Alfaritm potentsialning deyarli sinusoidal shakldagi, sekundiga 8-13 chastotali, 50 mkv gacha amplitudali ritmik tebranishlaridan iborat.
Tekshirilayotgan kishi jismoniy va aqliy tinchlik sharoitida — yotib yoki qulay kresloda o’tirib, muskullarni bo’shashtirgan va ko’zlarini yumgan holda tashqaridan ta’sir olmayotgan bo’lsa, alьfaritm ro’yrost seziladi. Aksari tadqiqotchilarning fikricha, yarim sharlar po’stlog’ining alьfaritm ko’proq doimiyligi bilan ta’riflanadigan va amplitudasi kattaroq bo’ladigan ikkita sohasi bor: shulardan biri ensa bo’lagida, ikkinchisi tepa bo’lakda. Ensa bo’lagidagi alьfaritm yarim sharlar po’stlog’ining ko’ruv zonasida vujudga keladi; qoida o’laroq, ko’rlarda bo’lmaydi yoki sust bilinadi. Tepa bo’lakdagi alьfa ritm Roland ritmi deb ataladi, chunki u proprioretseptiv (harakat) analizatorning miya po’stlog’idagi uchini o’z ichiga olgan Roland sohasining aktivligiga bog’liq.
Odamdagi alьfa ritmga o’xshaydigan tebranishlar shunga o’xshash sharoitda laboratoriya hayvonlarida ham kayd qilinadi va alьfasimon ritmlar deb ataladi.
1-rasm. Elektroentsefalogrammaning asosiy ritmlari sxemalashtirilgan). I- betaritm; II- alьfaritm; III- tetaritm; IV-delьtaritm; V- tutqanoq razryadlari.
Betaritm sekundiga 13 dan ortiq tebranishli va 20-25 mkv gacha amplitudali chastotalar bilan ta’riflanadi. Bu ritm yarim sharlar po’stlog’ining peshana bo’limlarida ko’proq va tepa bo’limlarida birmuncha kamroq seziladi. Har xil ta’sirotlar berilganda, ayniqsa yorug’lik tushirilganda, aqliy ishda, masalan, arifmetik masala yechilganda, emotsional qo’zg’alishda va shunga o’xshash hollarda yarim sharlar po’stlog’ining ensa sohasida alьfaritm tezda betaritm bilan almashinadi. Aqliy faoliyatda diqqate’tiborga qancha ko’proq zo’r berilsa yoki retseptorlar qancha kuchliroq ta’sirlansa, alьfaritm shuncha tezroq betaritm bilan almashinadi. Turli ta’sirotlar berilganda Roland ritmi ham betaritm bilan almashinadi, lekin qo’loyoq harakatlanganda vujudga keladigan proprioretseptiv ta’sirotlar bu ritmga ayniqsa kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Tetaritm potentsiallarning sekundiga 4-8 chastotali, 100- 150 mkv amplitudali tebranishlaridan iborat. Uyqu vaqtida va turli patologik sharoitda: gipoksiyada va o’rtacha chuqur narkozda shunday ritm kuzatiladi.
Deltaritm potentsiallarning sekundiga 0,5-3,5 chastotali, 250-300 mkv amplitudali sekin tebranishlari bilan ta’riflanadi. CHuqur uyqu vaqtida, chuqur narkozda, gipoksiyada va katta yarim sharlar po’stlog’idagi turli patologik protsesslarda deltato’lqinlar qayd qilinadi.
Elektroentsefalogramma to’lqinlarining kelib chiqish masalasi hali to’la hal etilgani yo’q. Markaziy nerv sistemasining boshqa bo’limlaridagi hujayralar kabi, yarim sharlar po’stlog’ining neyronlari ham ta’sirlanganda yoki ularga boshqa nerv hujayralaridan impulьslar kelganda harakat potentsiallarini vujudga keltira olishi hujayra ichiga kiritiladigan yoki hujayra sirtyga qo’yiladigan mikroelektrodlar yordamida tekshirib aniqlandi. Katta yarim sharlar po’stlog’idagi ko’pgina sinapslarda, bundan tashqari, harakat potentsiallaridan oldin postsinaptik (qo’zg’atuvchi va tormozlovchi) potentsiallar paydo bo’ladi va ular ancha sekinroq o’tadi.
Elektroentsefalogrammaning sust to’lqinlari asinxron ishlayotgan yakka neyronlardan ko’pchiligidagi harakat potentsiallarining algebraik yig’indisidan iborat, deb faraz qilinardi. Ammo E. Edrian ilgari surgan bu fikr hozir e’tirof etilmay qo’ydi, chunki yakka neyronlarning impulьs aktivligi bilan elektroentsefalogramma to’lqinlari o’rtasida qandaydir bog’lanish yo’qligi isbot etildi.
Ba’zi bir ta’sirotlarda elektr aktivligining bu ikki turi butunlay tarqalib ketishi mumkin. Masalan, efir narkozida yarim sharlar po’stlog’ining hujayralari harakat potentsiallarini vujudga keltira olmaydigan bo’lib qoladi, ayni vaqtda elektroentsefalogramma potentsiallarining sust tebranishlari qayd qilinaveradi va kuchayib qoladi. Aksari tadqiqotchilarning fikricha, elektroentsefalogramma to’lqinlarining kelib chiqishi postsinaptik potentsiallarning algebraik yig’indisiga bog’liq. Qatta yarim sharlar po’stlog’iga markaziy nerv sistemasining boshqa bo’limlaridan impulьslar kelishiga qarab, postsinaptik potentsiallarning yig’indi natijalari har xil bo’ladi.
Katta yarim sharlar po’stlog’idagi va hujayralarining katta gruppasi sinxron qo’zg’alganda postsinaptik potentsiallarning qo’shilishi (yig’ilishi) natijasida ajratib oluvchi elektrodlarda elektrozntsefalogrammaning yuksak amplitudali, sust, alьfasimon yoki delьtasimon to’lqinlari qayd qilinadi.
Katta yarim sharlar po’stlog’iga afferent impulьslar kamroq kelganda (odam ko’zini yumganda, tinch va qorong’ilatilgan binoda turganda), shuningdek uyqu va narkoz vaqtida shunday holat kuzatiladi. Yarim sharlar po’stlog’iga afferent impulьslar kelib tursa, elektrod ostidagi turli hujayralarda postsinaptik potentsiallar bir vaqtda vujudga kelmay, elektroentsefalogrammada potentsiallarning betaritm tipidagi past amplitudali teztez tebranishlari qayd qilinadi. Uyqudan uyg’onish vaqtida va tiyraklikda elektroentsefalogramma shunday o’zgaradi. Miya stvolining retikulyar formatsiyasiga ta’sir etilganda elektroentsefalogrammada sust ritmlar tez ritmlarga aylanadi. Bu hodisa desinxronizatsiya yoki aktivatsiya reaktsiyasi deb ataladi (G. Jasper). Odam ko’zini ochganda alьfaritmning betaritm bilan almashinishi aktivatsiya reaktsiyasining vujudga kelish misollaridan biridir.
Yarim sharlar po’stlog’ini tilish tajribalari elektroentsefalogramma ritmlarining vujudga kelishi va davom etishida afferent impulьsatsiyaning yetakchi rolь o’ynashidan guvohlik beradi. Yarim sharlar po’stlog’ining kichik bir qismiga po’stloq ostidagi yadrolardan keluvchi barcha nerv tolalari qirqib qo’yilsayu, shu qismning tomirlar bilan bog’lanishi saqlab qolinsa (yarim sharlar po’stlog’ining yakkalan gan «xoshiyasi» preparati), shu qismdagi elektr aktivligi'batamom to’xtaydi. Ammo shu qismga elektr toki bilan bevosita ta’sir etilsa, unda potentsiallarning sekinasta so’nuvchi tebranishlari seriyasi yana paydo bo’ladi.
2-rasm. Mushuk miya po’stlog’idagi ayrim neyronning impuls aktivligi (mikroelektrod bilan ajratib olishda) (1) va miya po’stlog’iniig ichkarisidan (2) hamda yuzasidan (3) ajratib olingan elektroentsefalogrammaning bir yo’la yozuvi. (V. B. Golovchinskiydan)
3-rasm A.Ko’z ochilganda (yukrriga qaragan strelka) miya po’stlog’i ensa sohasidan olingan elektroentsefalogrammaning o’zgarishlari alьfa ritmdan beta ritmga o’tishni ko’rsatadi. Ko’z yumilganda alьfa ritmning tiklanishi (pastga qaragan strelka).
Do'stlaringiz bilan baham: |