O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet54/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Prevertebral gangliylar umurtqa pog’onasidan chegara stvol gangliylariga nisbatan uzoqroq masofada joylashadi, shu bilan birga o’zidan innervatsiya oluvchi organlardan ham bir qadar uzoq turadi. Prevertebral gangliylarga kipriksimon tugun, bo’yinning yuqori va o’rta simpatik tugunlari, quyoshsimon chigal, ichaktutqichning yuqori va pastki tugunlari kiradi. Chegara stvol tugunlarida uzilmay kelgan simpatik preganglionar tolalar kipriksimon tugundan boshqa hamma tugunlarda uziladi. Ko’z muskullarini ninnervatsiyalaydigan parasimpatik preganglionar tolalar esa kipriksimon tugunda uziladi.
Vegetativ gangliy (tugun)larning funktsiyalari. Vegetativ gangliylar o’zidan o’tuvchi nerv impulslarining taqsimlanishi va tarqalishida anchagina rol o’ynaydi. Gangliylardagi nerv hujayralarining soni gangliyga keluvchi preganglionar tolalar soniga nisbatan bir necha baravar ortiq (bo’yinning yuqori simpatik tugunida 32 baravar, kipriksimon tugunda 2 baravar ortiq). Shu tolalardai har biri gangliyning ko’p hujayralarida sinapslar hosil qiladi. SHu sababli preganglionar tola orqali gangliiga kelgan nerv impulslari bir talay postganglionar neyronlarga va, binobarin, innervatsiyalanadigan organning yanada ko’proq muskul va bez hujayralariga ta’sir eta oladi. Shu tariqa, preganglionar tolalarning ta’sir ko’rsatadigan doirasi kengayadi.
Preganglionar tolalar orqali keluvchi nerv impulslari nechog’li keng tarqalishini quyidagi fakt ko’rsatib turibdi: itning qorin bo’shlig’idagi bir necha iirik organ — me’da osti bezi, ingichka ichak, buyrak usti bezlari va buyraklarga sayyor (adashgan) nervning o’rta hisobda 70 ga yaqin tolasi keladi. Sayyor nerv tolalarining bu chekli miqdori organ ichidagi nerv tugunlari va chigallarga sinaps orqali bog’lanib, yuqorida aytilgan hamma ichki organlarning parasimpatik innervatsiyasini ta’minlaydi.
Ko’pgina preganglionar tolalardan hosil bo’lgan sinapslar har bir postganglionar neyronda bor. Nerv impulslarining fazoda qo’shilish hodisasi shu bilan bog’langan. Preganglionar bir tolaga bo’sag’adan past kuchdagi stimul bilan ta’sir etilsa, postganglionar tolalarda harakat potentsiallari vujudga kelmaydi. Bir necha preganglionar tola bir tolaga ta’sir etish uchun qo’llanilgan kuchdagi stimullar bilan ta’sirlansa, postsinaptik qo’zg’atuvchi potentsiallarning fazoda — masofada qo’shilishi sababli postganglionar tolalarda harakat potentsiallari qayd qilinadi.
Preganglionar nerv tolalariga ta’sir etilganda nerv impulslarining vaqtda qo’shilish hodisasi ham ravshan ko’rinadi. Yakka stimul, hatto ta’sirot kuchi katta bo’lganda ham, effekt bermaydi (vegetativ nerv sistemasining neyronlari va markaziy nerv sistemasining ko’pgina neyronlari yakka stimullar ta’sirida qo’zg’ala olmaydi, bu xususiyatni iterativlik deb atashadi). Bunga qarama-qarshi o’laroq, preganglionar tolalarning ritmik stimullar bilan ta’sirlanishiga javoban postganglionar neyronlarda qo’zg’alish protsessi kelib chiqadi, chunki qo’zg’atuvchi postsinaptik potentsiallar vaqtda qo’shiladi.
Neyronlararo sinapslarda nerv impulslarining bir tomonlama o’tishi, tugunga kiruvchi ayrim preganglionar tolalar ta’sir ko’rsatadigan zonalarning bir-birini qoplashi, postsinaptik potentsiallarning vaqtda ham fazoda qo’shilishi va okklyuziya shuni ko’rsatadiki, markaziy nerv sistemasidagi neyronlar va sinapslarning tuzilishi va xossalari qanday bo’lsa, vegetativ nerv sistemaeidagi neyronlar va gangliy sinapslarining tuzilishi bilan xossalari ham o’shanday.
Vegetativ nerv sistemasi neyronlarining xarakterli xususiyati shuki, ularda vujudga keladigan impulslar birmuncha siyrak ritmli bo’lib, sekundiga 10—15 dan oshmaydi. Masalan, tomir toraytiruvchi nerv tolalari orqali o’tadigan impulslarning maksimal ritmi ko’pincha sekundiga 6—8 dan oshmaydi. Preganglionar tolalarning qo’zg’alishlar chastotasi vegetativ nerv sistemasining neyronlarida vujudga keladigan tabiiy impulslar chastotasidan oshib ketsa, sinapslarda qisman ushlanib qoladi (blokada) va postganglionar neyron siyrakroq ritmda qo’zg’aladi. SHunday qilib, nerv impulslarining ritmi o’zgartiriladi. Stimulyatsiyaning sekundiga 100 dan ortiq chastotasi qo’zg’alishlarning sinaps orqali o’tishini batamom to’xtatib (blokada qilib). qo’yady.
Vegetativ merv sistemasining gangliylari reflektor markazlarmi, ya’ni reflektor dugalar shu gangliylarda tutashadimi? Bu savol ko’p marta muhokama qilingan bo’lsada, hanuz uzilkesil oydinlashtirilgani yo’q. Ba’zi organlardagi nerv chigallarida, jumladan me’da va ichakdagi Auerbax chigalida tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladigan va o’zaro kontaktlanadigan ikki tipdagi nerv hujayralari borligi vegetativ nerv sistemasining gangliy va chigallarida reflektor dugalarning tutashuvi mumkinligini ko’rsatadi. Ammo vegetativ nerv sistemasining gangliy va tugunlarida retseptorlardan qo’zg’alish olib keluvchi va impulslarni shu yerdayoq effektor neyronlarga o’tkazuvchi retseptor neyronlar borligini ko’rsatadigan yetarlicha ishonarli dalillar keltirilgani yo’q.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish