Tayanch iboralar:sensor tizim, retseptor, vestibulyar, vistseproretseptsiya, taktil tizim.
Sensor tizimning umumiy fiziologiyasi.
Sensor tizimga umumiy tavsifnoma Sensor tizim (I.P.Pavlov bo’yicha analizator) nerv tizimining bir qismi hisoblanib, u qabul qilishga ixtisoslashgan elementlar – sensor retseptorlar deyiladi, ular tashqi va ichki muhitdan ta’sirotlarni qabul qiluvchi, retseptorlardan olingan axborotni miyaga o’tkazuvchi nerv yo’llari va olingan axborotni qayta ishlovchi bosh miyadan iboratdir. Sensor tizim bosh miyaga axborotni yetkazib beradi. Har qanday sensor tizimning ishi turli ko’rinishda qabul qilingan ta’sirotlarni nerv impulslariga aylantirib, ularni neyronlar zanjiri orqali markaziy nerv tizimiga yetkazib berishdan iborat bo’ladi. Impulslar kelishi tufayli bosh miya katta yarim sharlari sezgilar, idroklar, tasavvurlar, ya’ni tashqi olam xissiy in’ikosining turli shakllari yuzaga chiqadi. Bosh miya yarim sharlariga kelgan axborotlar oddiy reflekslardan tortib, to insonning ruxiy faoliyati uchun zarurdir. Shuning uchun I.M.Sechenov «Bosh miya reflekslari» asarida «Psixik akt ongda tashqi hissiy qo’zg’alishdan tashqari xosil bo’la olmaydi» - deb yozgan edi.
I.P.Pavlov retseptorlarni – analizatorning periferik bo’g’ini, afferent neyronlar o’tkazuvchi yo’llar bo’limini tashkil etsa, katta yarim sharlar po’stlog’i analizatorlarning markaziy oxirlari deb hisoblanadi.
Sensor tizimning tekshirish usullari. Sensor tizimning elektrofiziologik, neyrokimyoviy, morfologik hamda asosan sog’lom va nosog’lom insonlarda qabul qilishning psixofiziologik analizi o’tkaziladi, bundan tashqari, sensor tizimni o’rganishda modellashtirish va protezlash usullari ham qo’llaniladi.
Modellashtirish – sensor tizimning biofizik va kompyuter modellaridir, hozircha eksperimental usullar bilan o’rganib bo’lmaydigan vazifalarni va xossalarni modellashtirish orqali o’rganiladi.
Protezlash - sensor tizim faoliyatini qanday darajada bilishimizni tekshiradi. Elektrofosfen ko’ruv protezlari bunga misol bo’la oladi.
Sensor tizim tuzilishining umumiy tarzlari. Hayvon va shu jumladan insonlarda sensor tizim quyidagi tarzlar asosida tuzilgan.
1. Ko’pqatlamlilik-sensor tizim ko’p qatlamdan iborat topgan nerv hujayralaridan tashkil topib, ularning birinchisi retseptorlar bilan bog’ hosil qilsa, oxirgisi bosh miya katta yarim sharlaridagi neyronlar bilan bog’lanadilar. Sensor tizimning bu xossasi organizmning turli xildagi axborotlarga tezda javob berishini ta’minlaydi.
2. Ko’p kanallik-sensor tizim axborotni bir vaqtning o’zida juda ko’p kanal orqali (har bir kanalda o’n mingdan milliongacha nerv hujayralari bo’ladi) ular o’zaro bir-birilari bilan bog’langan bo’ladi. Sensor tizimdan bir-biriga bunday parallel joylashgan kanallarning bo’lishi, axborotlarni uzatish va qayta ishlashini aniq va atroflicha sintezini ta’minlaydi.
3. Qo’shni qatlamlarda, elementlarning har xil bo’lishi «sensor voronkalari»ni hosil qiladi. Ko’zning to’r pardasida 130 mln ga yaqin fotoretseptorlar mavjud, to’r pardaning ganglioz hujayralari qavatida esa 100 marotaba kam neyronlar topilgan (torayuvchi voronka). Ko’ruv tizimining keyingi qismida esa «kengayuvchi voronka» kuzatiladi. Po’stloqning birlamchi ko’ruv qismida to’r pardaning ganglioz qavatiga nisbatan neyronlar soni ming marotaba ko’p.
4. Sensor tizimning vertikal va gorizontal bo’yicha shakllanishi:
Sensor tizimning vertikal bo’yicha shakllanishining ma’nosi shundan iboratki, bir necha neyron qavatlari maxsus bo’limlarni hosil qiladi. Shunday qilib bunday bo’lim yirik morfofunktsional tuzilma bo’lib hisoblanadi. Har bir bo’lim (masalan, hidlov piyozchasi, eshituv tizimning xoxlear yadrosi yoki tizzasimon tana) muayyan aniq bir vazifani amalga oshiradi.
Sensor tizimning gorizontal bo’yicha shakllanishida retseptorlar va neyronlar orasidagi bog’lanish shu qavatlar ichida yuz beradi.
Sensor tizimning asosiy vazifalari. Sensor tizim quyidagi asosiy vazifalar yoki operatsiyalarni amalga oshiradi.
1) signallarni topish (aniqlash),
2) signallarni bir-biridan ajratish,
3) signallarni o’tkazish va o’zgartirish,
4) ma’lumotlarni kodga solish,
5) signallarning u yoki bu xossalarini detektorlash,
6) obrazni topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |