O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Katta yarim sharlar po’stlog’iga ta’sir etishning ba’zi turlarida elektroentsefalogramma ritmlarining o’zgarishlari



Download 9,19 Mb.
bet47/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Katta yarim sharlar po’stlog’iga ta’sir etishning ba’zi turlarida elektroentsefalogramma ritmlarining o’zgarishlari.
Yuzaga chiqarilgan potentsiallar. Tajribada har qanday retseptiv maydonning retseptorlariga ta’sir etilganda yoki efferent nerv tolalari bevosita ta’sirlanganda elektroentsefalogrammada xarakterli yuzaga chiqarilgan potentsiallar birlamchi yoki ikkilamchi javoblar shaklida paydo bo’ladi.
Katta yarim sharlar po’stlog’ining turli bo’limlaridan ajratib olishda qayd qilinadigan birlamchi javoblarni analiz qilish shunday xulosaga olib keldi: birinchi — musbat tebranish yarim sharlar po’stlog’ining I-IV qavatlaridagi piramidal hujayralarning qo’zg’olishiga bog’liq; ikkinchi — manfiy tebranish yarim sharlar po’stlog’idagi1-II qavatlarning qo’zg’alishini aks ettiradi, bu, ehtimol, I-II qavatlardagi apikal (uch tomondagi) dendritlarning sinxron depolyarizatsiyasiga bog’liq bo’lsa kerak.
Yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilish metodikasi analizatorlarning miya po’stlog’idagi vakillik kartalarini tuzishda, miyaning turli bo’limlari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashda, har xil sistemalarning o’zaro ta’sirini o’rganishda va farmakologik preparatlarning ta’sirini tekshirishda keng qo’llaniladi.
Narkoz. Narkozda elektroentsefalogramma xarakterli ravishda o’zgaradi. Bu o’zgarishlar beriladigan narkotik moddaning turiga qarab farq qiladi. Efir bug’lari nafasga olinganda yarim sharlar po’stlog’idagi ritmlar ancha tezlashadi va beta ritm paydo bo’ladi. Harakat va nutqning qo’zg’alishi narkozning shu fazasiga to’g’ri keladi. Narkoz chuqurlashgan sayin betaritm teta ritm bilan almashinadi. Teta to’lqinlar tez orada del’ta to’lqinlar bilan almashinadi, so’ngra «sukut» davrlari kelib chiqadi, ya’ni elektr tebranishlari qisqa vaqt yo’qolib turadi. Pirovard natijada, efir bug’lari ta’sir etaverganda elektr aktivligi batamom susayadi. Narkozdan chiqish davrida elektroentsefalogramma teskari tartibda o’zgaradi.
Efir narkozida elektroentsefalogrammaning o’zgarishi (E.B.Babskiy bilan S.N.Yefunidan).
Barbituratlar bilin yuzaga chiqariladigan narkozda ham avval beta ritm tipidagi tez tebranishlar kuzatiladi.
Narkozda katta yarim sharlar po’stlog’ining holatini elektroentsefalografiya metodi bilan kontrolь qilish xirurgiya klinikasida katta amaliy ahamiyatga ega bo’lib, narkotik modda berishni boshqarishga va narkozni zarur darajada chuqur saqlashga imkon beradi.
Gipoksiya. Nafas olishning to’xtashi yoki sof azotni nafasga olish sababli kelib chiqadigan gipoksiyada ham elektroentsefilogramma xarakterli ravishda o’zgaradi. Gipoksiyaning dastlabki davrida alьfaritm o’rniga sekundiga 15-40 tebranishlar chastotasiga ega bo’lgan betaritm paydo bo’ladi. Betaritm so’ngra delьtato’lqinlar bilan almashinadi. Odamda delьta to’lqinlarning paydo bo’lishi esxushning yo’qolishi bilan bir vaqtga to’g’ri keladi. Gipoksiya davom etaversa, yarim sharlar lo’stlog’idagi elektr aktivligining qayd qilinishi to’xtab qoladi. Bordiyu, shu payt yana kislorod berilsa, elektroentsefalogramma teskari tartibda o’zgaradi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish