Rezus-faktor. Eritrositlarda asosiy agglyutinogenlardan tashqa- ri, birinchi marta makakus rezus maymuni qonida topilgan yana bir omil rezus-faktor bor. U 85 %ga yaqin odam qonida uchray- di va bunday qon rezus-musbat (Rh+) qon deyiladi. Rezus-faktor bo‘lmagan qon rezus-manfiy (Rh–) qon deyiladi. Bunday qon- ga ega odamda antirezus-agglyutinin bo‘lmaydi. Agar rezus-man- fiy qoni bo‘lgan odamga rezus-musbat qon quyilsa, rezus-manfiy odam qonida antirezus agglyutinin hosil bo‘ladi. Shu rezus-man- fiy qonli odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta quyilsa, Rh+ musbat eritrositlar antirezus agglyutinin ta’sirida agglyutinatsiyaga va gemolizga uchrab, gemotrasfuzion shok kelib chiqadi.
Rezus-faktor homiladorlikning kechishida alohida ahamiyat- ga ega. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-manfiy ayol homilador bo‘lsa, homilaga rezus-faktor otasidan o‘tishi mumkin va rezus- musbat bo‘lishi mumkin. Homila eritrositlaridagi rezus-faktor yo‘ldosh orqali ona qoniga o‘tib, unda antirezus-agglyutinin paydo qiladi. Immunizatsiya sekin o‘tgani uchun, birinch bola yaxshi tug‘ilishi mumkin. Qayta homiladorlik ro‘y bersa, ona qonida- gi antirezus-agglyutininlar yo‘ldosh orqali homila qoniga o‘tadi va homila eritrositlarini agglyutinatsiya va gemolizga uchratadi. Agar antirezus-agglyutininlar konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, bu ja- rayon kuchayib ketib, homila halokatga uchrashi mumkin. Rezus mos kelmaslik uncha kuchli bo‘lmasa, bola gemolitik sariqlik bi- lan tug‘iladi. Bunday holatda bolaning qonini to‘liq almashtirish kerak bo‘ladi.
Qon guruhlarini aniqlash. Qon guruhlari ma’lum agglyutininlar saqlovchi standart sivorotkalar yordamida aniqlanadi. Likopchaga bir tomchidan (aralashtirmasdan!) tarkibida tegishli agglyutininlar α va β, β, α bo‘lgan I, II va III guruh qonning standart sivorotkasi tomiziladi. Ularga tayoqcha bilan bir tomchidan tekshirilayotgan qon tomiziladi. Sivorotkada agglyutinatsiya – eritrositlarning bir- biriga yopishib qolishi ro‘y berishi eritrositlarda bir nomdagi ag- glyutenogen borligini ko‘rsatadi. Masalan: agar agglyutinatsiya β agglyutinin saqlovchi II guruh qon sivorotkasida bo‘lsa, tekshiri- layotgan qon eritrositlarida agglyutenogen B bo‘lib, agglyutinogen A bo‘lmaydi. III guruh qoni ham shunday xususiyatga ega.
Qon guruhlarini ikkita: II va III guruh sivorotkalari bilan aniqlash mumkin; I guruh sivorotkasi nazorat uchun olinadi. Qonning guruh xususiyatlari nasldan naslga o‘tadi va umr bo‘yi o‘zgarmaydi. Eng yaxshi natija bir xil guruh qonni quyilganda bo‘ladi.
Rezus-faktorni albuminli ekspress usul bilan aniqlash uchun standart antirezus sivorotkadan foydalaniladi. Bu sivorotka qonda- gi antirezus-antitela rezus musbat qonni qayta quyish yoki homi- ladorlik bilan chaqirilgan rezus-manfiy odamlar qonidan tayyor- lanadi.
Likopchaga bir tomchidan standart va nazorat sivorotkalar joy- lashtiriladi. Nazorat uchun albumin bilan suyultirilgan, tarkibida rezus-antitela bo‘lmagan AB (IV) guruh qoni sivoratkasi olinadi. Sivorotkalarga barmoqdan olingan qon qo‘shiladi va aralashtirila- di. So‘ngra likopchani 3–4 daqiqa chayqatiladi va bir tomchi nat- riy xloridning izotonik eritmasidan qo‘shiladi. Sivorotkada agglyu- tinatsiya bo‘lsa – qon rezus-musbat (Rh+), agglyutinatsiya bo‘l- masa – rezus-manfiy (Rh–) qon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |