O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Eritrositlarning cho‘kish tezligi



Download 9,19 Mb.
bet186/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Eritrositlarning cho‘kish tezligi (EChT). Mo‘tadil holatda qon beto‘xtov aylangani uchun eritrositlar plazmada muallaq holatda bo‘ladi. Qon tomirdan chiqarilgan qonni silindrga solib qo‘ysak, ma’lum vaqtdan keyin eritrositlar cho‘kadi. Bu jarayon tarkibida temir bo‘lgan eritrositlarning nisbiy zichligi (1,090) qon plazmasining zichligidan (1,020) kattaligidandir. Eritrositlarning cho‘kish tezligi erkaklarda – 5–7 mm/s, ayollarda – 8–12 mm/s. Eritrositlarni cho‘kish tezligi homilador ayollarda tezlashib – 25 mm/s gacha boradi. Eritrositlarni cho‘kish tezligi kasalliklar va yallig‘lanish jarayonlarida kattalashadi.
Gemoliz. Eritrositlarning qobig‘ini buzilib, gemoglabinni at- rofdagi suyuqlikka chiqishi gemoliz deyiladi. Gemolizga uchra- gan qon eritrositlarning buzilishi natijasida tiniq bo‘lib qoladi. Gemolizni osmatik, kimyoviy, biologik va mexanik turlari tafo- vut qilinadi.
Osmatik gemoliz gipotonik suyuqlikda ro‘y beradi. Bun- da suyuqlikning osmatik bosimi eritrositlarnikidan kam bo‘lgani uchun suv eritrositga kuradi va u shishib, bosimi oshishi natijasi- da yoriladi.
Kimyoviy gemoliz kimyoviy moddalar: benzin, efir, xloroform, ammiak ta’siri ostida ro‘y beradi. Bu moddalar yog‘ erituvchilar bo‘lib, eritrositlar qobig‘ini eritadi.
Biologik gemoliz biologik gemolizinlar ta’siri ostida (ilon, ari va chayon) chaqishi natijasida ro‘y beradi. Organizmda gemoli- tik bakteriyalar, gijjalar, shuningdek, guruhi mos kelmagan qon quyilishi ham gemoliz chaqirishi mumkin. Oxirgi holatda eritro- sitlar dastlab agglyutinatsiyaga uchrab (bir-biriga yopishib), keyin buziladi.
Mexanik gemoliz qonni chayqatganida bo‘lishi mumkin. Gemolizga uchragan qonni quyib bo‘lmaydi.
Qon guruhlari. Qadimgi davrlarda shifokorlar odamdan odamga qon quyishga harakat qilganlar. Bu urinishlar ko‘pincha o‘lim bilan tugagan. Qonni aralashtirganda bo‘ladigan hodisalar- ni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bir odamning eritrositlari boshqa odam plazmasiga kiritilganida bir-biriga yopishib (agglyutinat- siya), g‘uj bo‘lib qoladi va qonni aralashtirganda yo‘qolmaydi. Eritrositlar agglyutinsiyasi va keyinchalik ro‘y beradigan gemoliz natijasida og‘ir holat – gemotrasfuzion shok kelib chiqadi.
Bu holatlarni o‘rganish qonda alohida oqsil moddalar: eri- trositlarda agglyutinogenlar, plazmada esa – agglyutininlar bor- ligi aniqlandi. Eritrositlarda ikki xil: A va B agglyutinogeni, qon plazmasida esa ikki xil: grekcha α va β harflari bilan belgilanuv- chi agglyutinin bo‘lishi mumkin. Agar bir nomli agglyutinin va agglyutinogen α va A, β va B uchrashsa, agglyutinatsiya va ge- moliz bo‘ladi.
Qonda u yoki bu agglyutinogen va agglyutininlarni bo‘lishiga qarab odamlarni qoni to‘rt guruhga bo‘linadi.
0 (I) guruh qon eritrositlarida agglyutinogen yo‘q, qon plaz- masida esa α va β agglyutininlar uchraydi.
A (II) guruh qon eritrositlarida A agglyutinogeni, qon plaz- masida esa β agglyutinini bo‘ladi.
B (III) guruh qon eritrositlarida B agglyutinogeni, qon plaz- masida esa α agglyutinini bo‘ladi.
AB (IV) guruh qon eritrositlarida A va B agglyutinogenlari bo‘ladi, plazmada esa agglyutininlar bo‘lmaydi.
Bir odamning qonini boshqa odamga qon guruhini hisobga olgan taqdirda qiyish mumkin. Qon beruvchi odam donor, qon oluvchi odam restipiyent deb ataladi. Qon quyishdan avval donor- ni va restipiyentni qon guruhlari aniqlanadi. Hozirgi vaqtda faqat bir guruhdagi qonni quyishga o‘tilgan. Ya’ni I guruh qonni I gu- ruh qonli odamlarga, II guruh qonni – II guruhga, III guruh qon- ni – III guruhga va IV guruhni – IV guruhga quyish mumkin.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish