O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Muskul xarakatining boshqarilishi



Download 9,19 Mb.
bet18/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Muskul xarakatining boshqarilishi.
Motor birligi. Muskul tolalari skelet muskulining funksional birligi bo‘la olmaydi. Bu vazifani neyromotor yoki motor birligi amalga oshiradi. Orqa miyaning oldingi shoxlaridagi harakatlantiruvchi har bir motor nerv tolasi muskulning bitta tolasini emas, balki muskul tolalarining butun bir guruhini innervatsiya qiladi. Bu guruh harakatlantiruvchi neyron bilan birgalikda motor birligi deb ataladi. Motor birligi tarkibiga kiradigan muskul tolalarining soni turlicha, bu muskulning bajaradigan vazifasidan kelib chiqadi.
Odamning turli muskullarida motor birlik tarkibiga kiruvchi muskul tolalarining soni 10 tadan 3000 tagacha boradi. Aniq harakatlarni bajaruvchi tez muskullarning motor birligida tolalar soni ancha kam bo‘ladi. Masalan: ko‘z va qo‘l barmoqlarining muskullarida motor birliklari 10-25 ta, bunga qarama-qarshi o‘laroq, gavda holatini to‘g‘rilashda qatnashadigan va aniq nazoratga extiyoj sezmaydigan sust muskullarning motor birligida 2000 tagacha tola bor.
Harakatlantiruvchi nerv tolalari bo‘ylab muskulga kelgan harakat potensiali motor birligining tarkibiga kirgan muskul tolalarni bir vaqtda qo‘zg‘atadi. Sog‘lom odamlar muskullari bo‘shashgan davrda, elektr faollikka ega bo‘lmaydi, muskullarning biroz taranglanishi esa, (masalan gavda holatini to‘g‘rilashda) motor birliklarida sekundiga 5-10 chastotali razryadlar hosil bo‘ladi, muskul qicqarishining kuchi ortishi bilan impulslar chastotasi ham shunga muvofiq ortib boraveradi.
Insonlar skelet muskulida ikki xil: tez va sekin motor birliklari tafovut etilib, ular sekin va tez muskul tolalaridan tashkil topadi. Sekin motor birliklarida muskul qisqarishining davomiyligi 100 ms va undan ko‘p bo‘lsa, tez motor birlikda esa -10-30 ms ni tashkil qiladi. Shunday muskullar borki, ular faqat tez motor birliklaridan tashkil topgan bo‘ladi (masalan, ko‘z olmasining muskullari). Bundan tashqari, faqat sekin motor birliklaridan tashkil topgan muskullarni ko‘rsatishimiz mumkin (masalan, boldir muskullari). Lekin, ko‘pgina muskullar aralash, ya’ni ham sekin, ham tez motor birliklaridan tashkil topadi.
Motor birliklarining fiziologik xossalari ular tarkibidagi tolalarning qisqarish tezligiga bog‘liq. Asosan, sekin motor birliklaridan tashkil topgan boldir muskul unga ta’sir qiluvchi impulslar chastotasi sekundiga 10-15 marta bo‘lganda silliq tetanik tarzda qisqaradi. Tez motor birliklardan tashkil topgan barmoq muskullarining tetanik holda qisqarishi uchun chastotasi yuqoriroq, taxminan sekundiga 50 marta bo‘lgan impulslar zarur.
Muskul tolalarda tinchlik potensialining kattaligi -90 mv, harakat potensiali esa -120 -130 mv ga teng, harakat potensialining davomiyligi 1-3 ms ni tashkil qiladi.
Skelet muskullarining tonusi. Muskullar tinchlik holatida ham batamom bo‘shashmaydi, bir qadar taranglikni saqlab qoladi, bunday holat tonus deyiladi. Tonusning tashqi ifodasi shuki, muskullar ma’lum darajada elastik bo‘ladi. Elektrofiziologik tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, skelet muskullarining tonusi muskulga katta interval bilan ketma-ket keluvchi nerv impulslariga bog‘liqdir. Ana shu impulslar orqa miyaning motoneyronlarida vujudga keladi, bu motoneyronlar faolligini esa yuqoriroqdagi markazlardan, shuningdek, periferiyadagi muskullarning tolalaridagi cho‘zilish retseptorlaridan, muskul gulavasidan keluvchi impulslar ushlab turadi.
Muskul gulavasining sezuvchi impulslari orqa ildizlar orqali miyaga kiradi, shu ildizlarni qirqib qo‘yish natijasida muskulning batamom bo‘shashib qolishi skelet muskullarining tonusi refleks yo‘li bilan kelib chiqishini ko‘rsatadi.



Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish