O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet19/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Muskulning charchashi.
Hujayra, a’zo va butun organizm ish qobiliyatining vaqtincha kamayishi va dam olishdan keyin esa tiklanadigan holat charchash deyiladi. Ozgina yuk osilgan muskulga uzoq vaqt elektr stimullar bilan ta’sirlansa, shu muskul qisqarishlarining amplitudasi asta-sekin nolga yetgunicha kamayib boradi. Bu holatni egri chiziq bilan tasvirlansa, charchash egri chizig‘i olinadi. Muskul charchaganda qisqarishlar amplitudasi o‘zgarishi bilan bir qatorda qisqarishning latent davri uzayadi, bundan ma’lumki, qo‘zg‘aluvchanlik pasayadi.
Bunday o‘zgarishlar muskul ishlay boshlagandan keyin darhol yuz bermaydi, balki bir qadar vaqt o‘tadi, bu davr mobaynida qisqarishlar amplitudasi ortadi va muskulning qo‘zg‘aluvchanligi ham bir qadar ortadi. Bunday paytda muskul ta’sirotning muayyan ritmi va kuchida ishlashga moslashib qoladi, ya’ni «o‘rganadi». Ta’sirot yanada uzoq davom etsa muskul tolalari charchaydi.
Organizmdan ajratib olingan muskulga uzoq ta’sir etilganida ish qobiliyatining pasayishiga ikkita asosiy sabab bo‘ladi. Birinchisi, muskul uzoq vaqt ishlab turganda modda almashinuvi chiqindilari to‘planadi, bular esa muskul tolalarining ish qobiliyatini pasaytiradi. Shu bilan birga kaliy ionlari tolalardan tashqariga-hujayra atrofiga to‘planib, qo‘zg‘aluvchan membrananing harakat potensiallarini vujudga keltirish qobiliyatini susaytiradi.
Organizmdan ajratib olingan muskul charchashining ikkinchi sababi, muskulda energiya zahirasining sekin-asta kamayishidir. Ajratib olingan muskul uzoq ishlaganda glikogen zahiralari keskin darajada kamayadi, qisqarish uchun zarur bo‘lgan ATF, kreatinfosfatning resintez jarayonlari buziladi.
Ajratib olingan muskulda, biz yuqorida tahlil qilgan charchashga olib keluvchi sabablarni tirik organizm ishlab turganda yuz beradigan charchashga olib keluvchi sabablarga solishtirib bo‘lmaydi. Buning sababi, organizmda muskulning uzluksiz qon olib turishida, qon bilan oziq moddalarning kelib turishida va modda almashinuvi chiqindilarining chiqib ketishi bilan izohlanadi. Asosiy tafovut shundaki, organizmda nervdan muskulga qo‘zg‘atuvchi impulslar kelib turadi. Nerv-muskul birlashmasi muskul tolalariga nisbatan tezroq charchaydi va shu munosabat bilan nervdan muskulga qo‘zg‘alishlar o‘tmay qolishi sababli muskul uzoq ishlab, toliqishdan saqlanadi.
Butun organizmda nerv markazlari ish vaqtida nerv-muskul birlashmasidan ham ilgariroq charchaydi. Organizmdagi charchash jarayonining kelib chiqishida nerv markazlari holati o‘zgarishining ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatuvchi ishonchli dalillar bor. Masalan, tekshirilayotgan kishiga «engilgina savatni ko‘tarib turibsan», deb ishontirilsa, u og‘ir qadoq toshli savatni ko‘tarib tura oladi. Yengil savat ko‘tarib turgan kishiga «og‘ir qadoq toshli savat tutqazildi», deb ishontirilsa, aksincha u tez charchaydi.
Yuqorida bayon etilgan faktlardan anglashiladiki, organizmdan ajratib olingan skelet muskuliga bevosita ta’sir etilganda, uning charchashi, harakatlantiruvchi nervga ta’sir etilganda nerv muskul birlashmasida charchash va tabiiy faoliyat sharoitida butun organizmdagi harakat apparatining charchashi faqat tashqi ifodasi bilan bir-biriga o‘xshaydi, ularda muskullar qisqarishining kuchi va amplitudasi pasayadi, lekin kelib chiqish mexanizmi jihatidan esa bir-biridan katta farq qiladi.
Qisqarish jarayonida issiqlik hosil bo‘lishi va qisqarish energiyasi. Gelmgols va Danilevskiylar XIX asrning ikkinchi yarmidayoq muskul ishlayotgan paytida issiqlik ajratib chiqishini ko‘rsatib berdilar.
Xill va uning safdoshlari yuksak darajada sezuvchan asboblar yordamida muskul bilan nervning tinchlik holatida hamda quzg‘algan paytida hosil bo‘lgan issiqlikni qayd qildilar va o‘lchadilar. Xill issiqlik hosil bo‘lishining kelib chiqishi va issiqlik ajralish vaqtining avj olishiga qarab ikkita davrga bo‘ldi. Birinchi davr ikkinchisidan 1000 marotaba qisqa bo‘lib, bu davrning boshlang‘ich issiqlik hosil bo‘lish davri deb atadilar. Bu davr muskul qo‘zg‘algandan tortib to muskulning bo‘shashishigacha davom etadi. Boshlang‘ich issiqlik hosil bo‘lish davri o‘z navbatida bir necha qismga bo‘linadi: a) faollashish issikligi; b) qisqarish issiqligi; v) bo‘shashish issiqligi.
Faollashish issiqligi- ta’sirot berilganidan keyin muskul tolalari qisqarguncha ajralib chiqadi. Shu sababli issiqlikning bu qismi muskulni qo‘zg‘almagan holatdan faol holatga o‘tkazuvchi kimyoviy jarayonlarning issiqlik effekti deb qaraladi.
Qisqarish issiqligi-muskulning qisqarish jarayoni paytida ajralib chiqadi. Muskulning qattiq cho‘zib, qisqarishiga to‘sqinlik qilinsa bu issiqlik ajralib chiqmaydi.
Bo‘shashish issiqligi - muskul bo‘shashgandan so‘ng ajralib chiqadigan issiqlik qismidir. Agar muskul qisqarish davomida yuk ko‘targan bo‘lsa, qisqarib bo‘lgach, issiqlik ko‘proq ajralib chiqadi.
Issiqlik hosil bo‘lishining ikkinchi davri, muskul bo‘shashgandan so‘ng bir necha daqiqa davom etadi va kech qoluvchi yoki tiklanuvchi nomi bilan ataladi. Bu davr issiqlik hosil bo‘lishi ATF resintezini ta’minlovchi kimyoviy jarayonlarga bog‘liq, Xillning ta’kidlashicha, bu davrda oldingi davrdan farqli o‘laroq, 90 % i tiklanuvchi issiqlik oksidlanish jarayonida hosil bo‘ladi va issiqlikning atigi 10 % i moddalar almashinuvining anaerob jarayonlarida yuzaga keladi. Tiklanuvchi issiqlik o‘zining kattaligi bo‘yicha, muskul qisqarganda ajralib chiqadigan issiqlikning kattaligi bilan tengdir. ATF resintezida va pirouzum kislotaning oksidlanish jarayonlarining ahamiyati kattadir. Muskul monoyodatsetat kislotasi bilan zaharlansa, sut va pirouzum kislotalarining glikoliz yo‘li bilan hosil bo‘lishi to‘xtaydi. Bu holatda kechikuvchi issiqlik hosil bo‘lishi va ATF resintezi, hatto kislorod yetarli bo‘lganda ham deyarli barham topadi.
Muskullar ishi va kuchi. Skelet muskulining asosiy vazifasi ish bajarishdadir. Eksperimental va klinik fiziologiyada muskul ishini va kuchini bilish katta ahamiyatga ega.
Muskul ishi u ko‘targan yukning muskul qisqarish kattaligiga ko‘paytmasi bilan o‘lchanadi, yani kg/m yoki gramm/sm larda ifodalanadi.
A=F.S
Agar muskul yuksiz qisqarsa (izotonik rejimda) u holda mexanik ish nolga teng bo‘ladi. Muskul ko‘tara olmaydigan darajada yuk osilsa va u qisqara olmasa, bu holda ham mexanik ishning qiymati nolga teng bo‘ladi. Yukning kattaligi muskulning qisqarish darajasi va bajaradigan ishining o‘rtasida bog‘lanish bor. Bir qadar o‘rtacha yuk berilganda muskul ko‘proq ish bajarganligi o‘tkazilgan tajribalardan ma’lum bo‘ldi.
Muskul kuchini o‘lchash uchun u ko‘tara oladigan maksimal yuk aniqlanadi. Bu kuch juda katta bo‘lishi mumkin. Masalan, itning jag‘ muskullari gavda vazniga nisbatan 8-9 barobar ortiq yukni ko‘tara olishi aniqlangan. Bir xil sharoitda muskul kuchi uning uzunligiga bog‘liq bo‘lmay, balki ko‘ndalang kesimiga bog‘liq: muskulning fiziologik ko‘ndalang kesimi, ya’ni muskuldagi hamma tolalar ko‘ndalang kesimlarining yig‘indisiga to‘g‘ri proporsional. Agar tolalar kesimlarining yig‘indisi qancha katta bo‘lsa, u ko‘tara oladigan yuk shuncha katta bo‘ladi. Tolalari uzunasiga ketgan muskullardagina fiziologik ko‘ndalang kesim geometrik ko‘ndalang kesimga mos keladi, tolalari qiyshiq yotgan muskullarda tolalar ko‘ndalang kesimlarning yig‘indisi muskulning geometrik ko‘ndalang kesimidan ancha ortiq bo‘ladi.
Shu sababli tolalari qiyshiq yotgan muskulning kuchi tolalari uzunasiga yotgan xuddi shunday qalinlikdagi muskulning kuchidan ancha ortiq bo‘ladi. Muskul kuchini topish uchun u ko‘tara oladigan maksimal yuk fiziologik ko‘ndalang kesimning kvadrat santimetrlari soniga bo‘linadi. kg/sm2 hisobidan ifodalangan absolyut kuch odamning boldir muskulida 5,9, yelka muskulida 8,1, chaynov muskulida 10 ga teng bo‘ladi. Odamlardagi muskullarning aksarisi patsimon tuzilgan. Patsimon muskulning fiziologik ko‘ndalang kesimi katta, shuning uchun ham kuchi ortiq bo‘ladi.
Odamlar muskul tizimi funksional holatini baholash. Odamlarda muskul tizimining funksional holatini baholashda ko‘pgina usullardan foydalaniladi.
Ergometrik usullar. Bu usul yordamida insonlarning jismoniy ish qobiliyati aniqlanadi. Odam ma’lum sharoitda ish bajaradi va bajarilgan ish yozib olinadi va shu bilan birga quyidagi parametrlar ham aniqlanadi: nafas chastotasi, puls, arterial bosim, harakatlanayotgan qonning hajmi, yutilgan O2 va chiqarilgan CO2. Maxsus qurilmalar yordamida (veloergometr) inson organizmi ma’lum kattalikdagi ish bajaradi.
Elektromiografik usullar. Bu usullar yordamida skelet muskullar faoliyatini tekshirish tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanilmokda. Tadqiqotchi oldiga quygan maqsadidan kelib chiqib, elektromiogrammani (EMG) yozib oladi yoki bo‘lmasa yakka muskul potensiallarini yozib oladi. Ignali elektrodlar yordamida yozib olingan EMG yoki yakka muskullarining elektr faolligini aniqlash, sog‘lom va bemor insonlar o‘rtasidagi ayrim o‘zgarishlarni tahlil qilishga yordam beradi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish