Nazorat savollari .
1. Divergentsiya va konvergentsiya xaqida tushuncha bering.
2. Irradiatsiya va summatsiya nima ?
3. Oyoqlar kafti butunlay kislotaga tushirilganda refleks vaqti nima uchun o’zgaradi?
Ishning xulosasi
____________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
10-LABORATORIYA. Vegetativ nerv tizimining tuzilishi: simpatik, parasimpatik va metasimpatik nerv tizimlari.
Avtonom nerv tizimi organizmning o‘sishida ishtirok etadigan a’zolar faoliyatini boshqaradi. U a’zolar faoliyatini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, natijada a’zolarning tonusi o‘zgaradi.
Avtonom nerv tizimi ikki: markaziy va periferik qismlarga bo‘- linadi. Uning markaziy qismi bosh va orqa miyaning ayrim sohala- rida joylashgan to‘rt qismdan iborat:
1. Mezensefal qism – o‘rta miyada, ko‘zni harakatlantiruvchi nervning qo‘shimcha (Yakubovich) o‘zagi.
2. Bulbar qism – uzunchoq miyada va ko‘prikda joylashgan VII, IX, X juft bosh miya nervlarining avtonom o‘zaklari.
3. Torokolumbal qism – orqa miyani CVIII –ThI –LIII segment- larining oraliq lateral ustunlaridagi avtonom o‘zaklar.
4. Sakral qism – orqa miyaning SII–IV segmentlari sohasida joy- lashgan oraliq medial o‘zaklar.
Avtonom nerv tizimining periferik qismi tarkibiga:
1. Avtonom nervlar, ularning shoxlari va tolalari. Avtonom tolalar tugun oldi (preganglionar) va tugun orqa (postganglionar) tolalarga bo‘linadi. Tugun oldi tolalar markazdan avtonom tugun- gacha borsa, tugun orqa tolalar tugundan a’zolargacha boradi.
2. Avtonom nerv tugunlari joylashishiga qarab:
a) paravertebral tugunlar – umurtqa pog‘onasining yon tomoni- da joylashadi.
b) prevertebral tugunlar – umurtqa pog‘onasining old tomonida joylashadi. Bu ikki guruh tugunlar simpatik nerv tizimiga taalluqli.
d) intramural tugunlar – ichki a’zolar devorida joylashadi. Ular mushak pardada (harakatlantiruvchi, Aurbax), shilliq osti (sezuvchi, Meysner) va seroz osti asosda (sezuvchi, Vorobev) joylashgan tugun- lariga bo‘linadi.
e) oxirgi yoki a’zolar yaqinida (uch shoxlik nerv yo‘nalishida) joylashgan tugunlar. Bu ikki guruh tugunlar parasimpatik nerv tizi- miga taalluqli.
3. Avtonom nerv chigallari bo‘shliqlarda qon tomirlar va a’zolar atrofida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |