O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Nerv tolalari bo’ylab qo’zg’alishni o’tishi



Download 9,19 Mb.
bet13/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Nerv tolalari bo’ylab qo’zg’alishni o’tishi.
Nerv tolalarida qo’zg’alishning tarqalishi. Nerv o’zani bir yoki bir necha nerv tolalaridan iborat, ular umumiy perinerval parda bilan qoplangan. Nerv tolalari nerv hujayralarining o’siqlari hisoblanadi. Ular mielinli va mielinsiz tolalarga bo’linadi. Mielinli tolalar somatik nerv tizimining, ya’ni sezgi a’zolari va skelet muskullariga boradigan sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarning tarkibiga kiradi. Mielinsiz tolalar umurtqali hayvonlarda, asosan, vegetativ nerv tizimida uchraydi. Mielinli nerv tolasi 7-rasmda ko’rsatilganidek, o’q tsilindrdan va shu tsilindrni qoplovchi mielinli hamda Shvan pardalaridan tashkil topgan. O’q tsilindr membrana va aksoplazmaga ega. Aksoplazmadan juda ingichka neyrofibrillalar o’tgan, shu neyrofibrillalar orasida esa bir talay mitoxondriyalar va mikrosomalar bor. Mielin qavat Shvan hujayra o’q tsilindrni ko’p marta aylanib o’rashidan hosil bo’ladi. U 80 % lipidlardan va 20 % oqsillardan tashkil topgan. Mielin pardasi har 1-2 mm da uziladi. O’q tsilindrning mielinsiz qismlari (ularning kengligi 0,1-0,2 mm) Ranve bo’g’imlarida bo’lmaydi. Ularning o’q tsilindri faqat SHvann pardasi bilan qoplangan.
Mielinli nerv tolalaridan qo’zg’alishlarning o’tishi mielinsiz nerv tolalaridan farq qiladi.
Nervlarda qo’zg’alashining o’tkazilishi qonunlari. Nerv tolalarida qo’zg’alishning o’tkazilishi o’rganilganda shu jarayonining kechishidagi bir necha qoida (qonun) aniqlangan.
Nervning anatomik va fiziologik uzuluksizligi qonuni. Nerv tolasidan qo’zg’alishning o’tkazilishi uchun o’q tsilindrning qo’zg’aluvchan membranasi anatomik va fiziologik jihatdan butun bo’lishi shart. Agar nerv tolasini qirqib, anatomik butunligi buzilsa, qo’zg’alishlarning o’tishi to’xtaydi. Nervni qirqib qo’yishgina emas, balki o’q tsilindr membranasini har qanday yo’l bilan ta’sirlab, shikastlash, masalan, nervni bog’lab qo’yish yoki nerv tolalarni xaddan tashqari taranglash natijasida qo’zg’alish o’tkazilmaydigan bo’lib qoladi. Bundan tashqari nerv impulsining generatsiyasiga xalal beruvchi ta’sirlarda ham nerv qo’zg’alishlarini o’tkaza olmay qoladi. Masalan: nervni xaddan tashqari sovutish yoki isitish, qon kelishini to’xtatish va x.k.
Shunday dalillarga asoslanib nerv tolalarining anatomik va fiziologik uzluksizligi bo’lgandagina qo’zg’alish o’tishi mumkin, degan qonun ta’riflab beriladi.
Ikki tomonlama o’tkazish qonuni. Nerv tolasiga ta’sir etilganda qo’zg’alish ikki tomonlama uzatiladi, ya’ni markazdan qochuvchi yo’nalishda ham, markazga intiluvchi yo’nalishda ham tarqaladi. Bu quyidagi tajribada isbot etiladi. Nerv tolasiga ikki juft A va B elektrod qo’yib, ular ikkita elektr o’lchov asbobiga ulanadi. Nerv tolasining shu ikkala elektrod oralig’idagi qismiga ta’sir etiladi. Qo’zg’alishlar ikki tomonlama o’tganligi natijasida ikkala asboblar ham qo’g’alishni qayd etadi. Nervning ikki tomonlama o’tkazilishi faqat laboratoriya fenomeni emas. Tabiiy sharoitlarda, harakat potentsiali hujayra tanasidan o’simta-akson boshlanish (boshlang’ich segment) joyida vujudga keladi va boshlang’ich segmentdan qo’zg’alishlar ikki tomonlama: aksondan nerv oxiriga tomon va hujayra tanasiga va uning dendritlari tomon o’tkaziladi.
Qo’zg’alishning nervdan ajratilib o’tkazilish qonuni. Har qanday periferik nerv o’zani bir talay harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ nerv tolalaridan iborat. Bu tolalar orqali bir vaqtning o’zida chastotasi bo’yicha farq qiladigan turli yo’nalishdagi impulslar o’tadi va bu tolalar bir-biridan juda uzoqda turgan bir talay periferik tuzilmalarni idora qiladi.
Agar impulslar nervning har bir tolasida alohida tarqalib, bir toladan ikkinchi tolaga o’tmasagina periferiyadagi barcha a’zo va to’qimalar normal ishlay oladi. Tolalarni qoplagan SHvann va mielin pardalar yuqori elektr qarshilikka ega bo’lganligi uchun tolalarni ajratib turadi.
Bu qonunni isbotlash uchun baqaning orqa miya ildizlari ajratiladi. Bu ildizlar qo’shilib, muskulni innervatsiyalovchi o’zan hosil qilinadi. Butun nerv o’zani elektr toki bilan ta’sirlansa, muskulning hamma qismi qiskaradi. Nerv o’zanini tashkil qiluvchi ildizlar alohida–alohida ta’sirlansa, faqat shu ildiz tarkibidagi tola innervatsiyalovchi muskulning qismigina qisqaradi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish